#rektor_kubogi #hakaton
19–21-aprel kunlari Toshkentdagi INHA universitetida virtual yordamchilar va sunʼiy intellekt sohasida oʻzbek tilida innovatsion yechimlar yaratishga bagʻishlangan ikki kunlik “Rectorʼs Cup–2025” hakatoni oʻtkazidi.
Mazkur hakaton sunʼiy intellekt, robototexnika va kiberxavfsizlik kabi ustuvor yoʻnalishlardagi startap loyihalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, ikki kun mobaynida talabalar tajribali mentorlar rahbarligida oʻz loyihalari ustida ishladilar.
Hakaton yakunida ikki yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar hakamlar hayʼati tomonidan aniqlandi.
👉 Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Rectorʼs Cup–2025: Sunʼiy intellektga bagʻishlangan innovatsion hakaton yuzlab yoshlarni birlashtirdi
19–21-aprel kunlari Toshkentdagi INHA universitetida virtual yordamchilar va sunʼiy intellekt sohasida oʻzbek tilida innovatsion yechimlar yaratishga bagʻishlangan ikki kunlik “Rectorʼs Cup–2025” hakatoni oʻtkazidi.
Mazkur hakaton sunʼiy intellekt, robototexnika va kiberxavfsizlik kabi ustuvor yoʻnalishlardagi startap loyihalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, ikki kun mobaynida talabalar tajribali mentorlar rahbarligida oʻz loyihalari ustida ishladilar.
Hakaton yakunida ikki yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar hakamlar hayʼati tomonidan aniqlandi.
👉 Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤2🔥1
#qonunchilik_yangiliklari
🗣 Hukumat qarori (245-son, 19.04.2025 й.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
📎 Nizom Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
✅ Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:
➡️ kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv-metodik ta’minotini mustahkamlash, o‘quv adabiyotlarini yaratish, chop etish va ularning kitob fondini to‘ldirish;
➡️ “Kasbiy ta’lim” platformasini ishlab chiqish va uning lozim darajada ishlashini ta’minlash;
➡️ pedagog kadrlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish.
📍 Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.
📝 Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlarni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar ro‘yxatlari Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📊 Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati tartibga solindi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤6🔥1😁1
#sport_futbol
#U17_chempion
U-17 terma jamoamizning zafarli yutugʻi tarixga muhrlandi
Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi–2025 musobaqasida gʻalaba qozongan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Vatanga qaytib keldi. Qahramon oʻgʻlonlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Guldasta va bayroqlar bilan bezatilgan maydonda, milliy kuy-qoʻshiqlar sadosi ostida yurtdoshlarimiz gʻoliblarni qarsaklar bilan qarshi olishdi. Ushbu ulugʻ zafarni nishonlash marosimida davlat rahbariyati, sport va jamoat arboblari, OAV va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tabrigi Odil Abdurahmonov tomonidan oʻqib eshittirildi.
Bu gʻalaba nafaqat futbol ixlosmandlari, balki butun Oʻzbekiston xalqi uchun faxr va gʻurur manbayi boʻldi.

👍36🔥5👏5❤1😱1
✅#Olimlar_minbari
14–21.04.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Ma’rifat jonkuyari, yoshlar homiysi” — Oqil SALIMOV, akademik;
“Sun’iy intellekt, innovatsiya, raqamli texnologiya iqtisodiyotda“Katta sakrash” davrining asosiy formulasi” — Fazliddin MO‘MINOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
“Global ishtirok – keng imkoniyatlarga yo‘l ochadi” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;
“Barqaror taraqqiyotning yangi imkoniyatlari” — Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;
“Turizm sohasi uchun malakali kadrlar fan va amaliyot integratsiyasi asosida tayyorlanadi” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;
«Мечта Бабура осуществилась, или Как Андижан превращается в «тигра» Узбекистана» — Шерзодхан КУДРАТХОДЖА, ректор Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана, профессор;
“O‘zbek talabalarining “Amerika orzusi” ushalmoqda” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro nordik universiteti rektori, professor;
“Ko‘p qutbli dunyoda yangi integratsion ufqlar ochilmoqda” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillar instituti rektori, professor;
“Bugun Boburning armoni yo‘q. U tavallud topgan Andijon vodiy gavhari sifatida eng zamonaviy shaharga aylandi” — Sherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti rektori, professori;
“Hayotiy tashabbuslar, insonparvar g‘oyalar” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat unversiteti rektori;
“Mintaqaviy birdamlikning yorqin ifodasi” — G‘ofurjon ZOHIDOV, Qo‘qon universiteti direktori, dotsent;
“Sayohatdan – daromadga” — Gulnora ABDURAHMONOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;
“Odamlarning hayotdan rozilgi – ahillik va taraqqiyot demakdir” — Shavkat TO‘RAYEV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori;
“Shaffoflik, tenglik, halollik korrupsiyadan xoli muhit yaratishning muhim omili” — Ahror HOSHIMXONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti birinchi prorektori;
“Iqtisodiyot tarbiya shiddatli davrda uning ahamiyati juda muhim” — G‘ofur ABDILAKIMOV, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori;
«Драйвер национальной экономики» — Мурат ИКРАМОВ, профессор Ташкентского государственного экономического университета;
“Qadriyatlarga hurmat xalqimizga xos odat bo‘lishi zarur” — Ulug‘bek YAZDONOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqot universiteti professori;
«Туризм в современном мире – мост между культурами и экономиками» — Нозима ЗУФАРОВА, декан факультета туризма ТГЭУ, доцент;
«Обучение на дистанции: инновационный подход к непрерывному образованию» — Гулнора ЖАМАЛОВА, доцент кафедры общественных и точных наук Ташкентского государственного экономического университета;
«Узбекистан против тройного планетарного кризиса: новая политика и глобальные инициативы» — Сарбиназ РАСБЕРГЕНОВА, преподаватель кафедры ТГЮУ;
«Генеральная конференция ЮНЕСКО в Самарканде: новые горизонты культурной дипломатии Узбекистана» — Нигорахон ФАЙЗУЛЛАЕВА, преподаватель кафедры УМЭД.

👍20❤2🔥1
#xalqaro_hamkorlik
Sloveniya bilan hamkorlik istiqbollari kengaymoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Sloveniya Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi, professor Zlatko Shabich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etildi.
Jumladan, o‘zaro akademik almashinuvlarni kengaytirish, 2+2 shaklida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Sloveniya Savdo-sanoat palatasi va “SPIRIT” biznesni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda investitsion va ta’lim-fan hamkorligini rivojlantirish, birgalikda forumlar tashkil etish borasida muzokaralar olib borildi.
Tomonlar uchrashuv asnosida ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan ishchi formatda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

👍16❤1🔥1
#Mirzo_Ulugbek_vorislari
Joriy yilning mart oyida respublikamizning turli hududlaridagi 206 ta tuman (shahar)larda tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov nizomiga muvofiq har bir tuman (shahar)lardan 5 tadan g‘oliblar aniqlanib, tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanma berildi.
Tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning 2-bosqich grafigi bilan tanishing.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Respublikamiz hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining 1-bosqichi yakunlandi
Joriy yilning mart oyida respublikamizning turli hududlaridagi 206 ta tuman (shahar)larda tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov nizomiga muvofiq har bir tuman (shahar)lardan 5 tadan g‘oliblar aniqlanib, tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanma berildi.
Tanlovning 2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning 2-bosqich grafigi bilan tanishing.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥4
#sport #uchrashuv
Talabalar sportini rivojlantirish borasida yangi tashabbuslar
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev hamda ushbu sport turi bo‘yicha Olimpiada va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbatda asosiy e’tibor yoshlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlariga qiziqishni kuchaytirish, ularni sog‘lom turmush tarziga, sportga faol jalb etish masalalariga qaratildi. Eng muhimi, talabalar sportini rivojlantirish va bu borada dastlabki qadam sifatida may oyida “Sport oyligi”ni tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi belgilab olindi.
Uchrashuv davomida talabalar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, oliygohlarda boks seksiyalarini yo‘lga qo‘yish, mashhur sportchilar bilan motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha taklif va rejalar muhokama qilindi.

– Sport, xususan, boks orqali yoshlarimizda iroda, matonat, g‘alabaga ishonch kabi fazilatlar shakllanadi. Olimpiya ruhini yoshlikdan his etgan talaba ertaga Vatan sha’nini himoya qilishga ham doim tayyor bo‘ladi, – deya ta’kidladi vazir.
Uchrashuv davomida talabalar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, oliygohlarda boks seksiyalarini yo‘lga qo‘yish, mashhur sportchilar bilan motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha taklif va rejalar muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍37🔥2❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_amaliyot
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Moskva ta’lim dasturida ishtirok etishmoqda
Xalqaro ta’lim dasturi doirasida “International House Toshkent” va “Interhouse Lyceum” litseylarining 100 nafar o‘quvchisi Moskva shahridagi “Oliy iqtisodiyot maktabi” (HSE) Milliy tadqiqot universitetida o‘quv amaliyotini o‘tkazmoqda.
O‘quvchilar yetakchi professorlarning ma’ruzalarida qatnashib, seminarlar va o‘quv jarayoni bilan tanishmoqda. Dastur tanqidiy fikrlash, akademik ko‘nikmalar va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan.

👍15❤1
#Talabaga_qulaylik
Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Yoshlar markazi” ishga tushdi
Markaz institutning budjetdan tashqari manbalari hisobidan qurilgan bo‘lib, 3 qavatli binoda kutubxona, konferensiya zali, media studiya hamda zamonaviy interaktiv doskalar va o‘quv jihozlari bilan jihozlangan o‘quv xonalari mavjud.
Markazda, shuningdek, Shahrisabzning boy tarixiy va madaniy merosini raqamlashtirish, global miqyosda targ‘ib qilishni maqsad qilingan.

👍20❤1🔥1