This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsiya #ishlanma
#muhandislik_oyligi
⚡️Bu kafellarni bossangiz ham tok chiqaradi ham kislorod!
Tasavvur qiling, oddiygina kafelni bossangiz:
✔️ Tok ishlab chiqariladi
✔️ Kislorod ajraladi
✔️ Vodoroddan esa bioyoqilg‘i tayyor bo‘ladi!
Bu — oddiy g‘oya emas, bu kelajak energiyasi!
“Kelajak muhandislari” festivali doirasida Islom Karimov nomidagi texnika universiteti,
O‘zbekiston Milliy universiteti,
hamda Prezident maktabining iqtidorli talabalari va ustozlari birlashib yaratgan ajoyib innovatsion qurilma bu.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍28😱2🔥1🤔1🤩1
#Xalqaro_reyting #natija
🌐 Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan Osiyo universitetlarining 2025-yil uchun reyting natijalari THE Asia University Rankings – 2025 e’lon qilindi. Ushbu reyting har yili Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
🔸 ilmiy tadqiqot ishlari sifati va samaradorligi;
🔹 ta’lim sifati;
♦️ xalqaro xilma-xillik (talaba va professor-o‘qituvchilarning global miqyosdagi faolligi);
🔹 ilmiy maqolalar iqtibosligi;
🔹 sanoat bilan hamkorlikdan olingan daromad (ya’ni bilimlar almashinuvi va innovatsion faoliyat).
ℹ️ Shu orqali reyting nafaqat universitetlarning ilmiy salohiyatini, balki ularning mintaqaviy va global darajadagi ta’sir kuchini ham namoyon etadi.
📈 Joriy yilda e’lon qilingan ushbu nufuzli reytingda O‘zbekistonning 3 ta universiteti ilk bor yuqori o‘rinlarni egallab, xalqaro miqyosda e’tirof etildi.
🏛 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 201–250-o‘rinlar;
🏛 O‘zbekiston milliy universiteti — 501–600-o‘rinlar;
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 601+ o‘rinlarda qayd etildi.
⭐️ Reytingning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu baholashda qatnashish uchun oliygohlar THE agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qat’iy mezonlarga javob berishi lozim. Xususan, talabgor universitetlar so‘nggi besh yillik faoliyati davomida innovatsion yondashuvlar, ilmiy natijalar, xalqaro hamkorliklar va barqaror rivojlanish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishgan holda dunyo universitetlari orasida TOP-1000+ ro‘yxatiga kirgan bo‘lishi kerak.
✔️ Bu natija O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy islohotlar va o‘zgarishlarning samarali natijasi ekanini ko‘rsatadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️ Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37👏5🔥3❤1
#xalqaro_hamkorlik
Oʻzbekistonda Oʻzbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi: Fransiya elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Orianna Bushez oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda ikki davlat hamkorligida tashkil etiladigan Oʻzbek-Fransuz universitetiga oid masalalar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48159

👍13😱3🔥1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-149-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi. 🗣 Qarorga…
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️ Qarorga ko‘ra, universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
🗓 2025/2026 o‘quv yilidan magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi.
🏢 Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi.
🎓 Universitetga talabalarni o‘qishga qabul qilish 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi.
📕 2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.
📁 Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan to‘ldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi

👍8🔥3👏1
#xalqaro_forum
Polsha va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari II forumi yalpi yig‘ilish va sessiyalar bilan davom etdi
Dastlab, forum doirasida Yevropa Ittifoqi dasturlari asosida Polsha va Oʻzbekiston universitetlari oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlariga bagʻishlangan yalpi yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Shundan so‘ng, oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokidagi sessiyalar ishida konstruktiv muzokaralar olib borildi.
Sessiyalar yakunida ishtirokchilar bildirgan tashabbuslar va amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olgan holda, Polsha va Oʻzbekiston universitetlari oʻrtasida fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida samarali aloqani yoʻlga qoʻyish yuzasidan 37 ta hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48163

👍22❤1🔥1👏1