Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_forum

Polsha va Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari II forumi yalpi yig‘ilish va sessiyalar bilan davom etdi

Dastlab, forum doirasida Yevropa Ittifoqi dasturlari asosida Polsha va Oʻzbekiston universitetlari oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlariga bagʻishlangan yalpi yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Shundan so‘ng, oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokidagi sessiyalar ishida konstruktiv muzokaralar olib borildi.

Sessiyalar yakunida ishtirokchilar bildirgan tashabbuslar va amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olgan holda, Polsha va Oʻzbekiston universitetlari oʻrtasida fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida samarali aloqani yoʻlga qoʻyish yuzasidan 37 ta hamkorlik hujjatlari imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48163

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤1🔥1👏1
#Xalqaro_olimpiada
#Talabalar_yutuqlari

Oʻzbekistonlik talabalar OMOUS–2025 xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok edilar

2025-yil 13–18-aprel kunlari Turkmaniston talabalar oʻrtasidagi V Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2025) boʻlib oʻtdi. Joriy yilgi olimpia Turkmaniston, Oʻzbekiston, Indoneziya, Eron, Ruminiya, Polsha, BAA, Rossiya va Hindiston kabi toʻqqizta davlatdan kelgan iqtidorli talabalarni birlashtirdi. Ular kombinatorika, algebra, geometriya va boshqa yoʻnalishlarda bellashib, murakkab masalalarni hal etishdagi qobiliyatlarini xalqaro maydonda namoyon etishdi.

Olimpiada ikki toifada oʻtkazildi, bu esa talabalarga har xil murakkablik darajasidagi masalalarda oʻzlarining matematik salohiyatlarini ko‘rsatish imkonini berdi.
Mazkur nufuzli olimpiadada Oʻzbekiston oliygohlari talabalari ham ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar:

A kategoriyada (matematika yoki kompyuter fanlari yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun) jami 3 ta oltin, 7 ta kumush va 22 ta bronza medallar qoʻlga kiritildi. Jumladan:

➖Urganch davlat universiteti: 1 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medal;
➖Qoraqalpoq davlat universiteti: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medal;
➖Samarqand davlat universiteti: 1 ta oltin medal;
➖Buxoro innovatsiyalar universiteti: 1 ta kumush, 2 ta bronza medal;
➖Termiz davlat pedagogika instituti: 2 ta bronza medal.

B kategoriyada (boshqa yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun) esa jami 6 ta oltin, 6 ta kumush, 23 ta bronza medallar qoʻlga kiritildi. Jumladan:

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti: 5 ta oltin, 2 ta bronza medal;
➖Buxoro davlat universiteti: 1 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medal;
➖Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti: 1 ta kumush, 4 ta bronza medal;
➖Namangan davlat texnika universiteti: 1 ta kumush, 2 ta bronza medal;
➖Urganch davlat pedagogika instituti: 1 ta kumush, 1 ta bronza medal;

Jamoaviy bahslarda (har qanday yoʻnalishdagi eng koʻpi bilan 4 talabadan iborat jamoalar) jami 4 ta kumush, 7 ta bronza medallar qoʻlga kiritildi. Jumladan:
➖ 🥈kumush medal: Urganch davlat universitetining 2 ta jamoasi, 1-Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Qoraqalpoq davlat universiteti jamoalari;
➖ 🥉bronza medal: TATU Urganch filiali, Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti, TIQXMMI MTU, 2-Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti jamoalari.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28🔥4🎉2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifat – zulmatga qarshi yoqilgan chiroqdir

Namangan davlat chet tillari institutining talaba yoshlari ta’kidlaganidek, jaholat – yo‘qsillikning ildizi, ma’rifat esa taraqqiyotning kalitidir.

Keling, har kuni oz bo‘lsa ham o‘qiylik, o‘rganaylik va o‘rgataylik. Zero, bir xalqning ertangi kuni uning bugungi ma’rifatiga bog‘liqdir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥3🤩1
#Vazir_yoshlar_uchrashuvi

Yoshlarga eʼtibor – kelajak sari ishonchli qadam


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlarning muammolari o'rganilib, ularni qiynayotgan masalalarni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, yoshlarning qobiliyat va salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy kasb-hunar hamda chet tillariga oʻqitish, bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48162

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23👏2🔥1😁1😱1