Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik

Vazir Turkiya elchisi bilan ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

29-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Ufuk Ulutash boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi taʼlim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Turkiya universitetlarining yurtimizdagi filiallari faoliyati, O‘zbekiston–Turkiya taʼlim forumlari natijalari, qo‘shma loyihalar – Yunus Emre markazi, texnoparklar, dron tayyorlash kurslari, ilmiy grantlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mavjud salohiyatni to‘liq safarbar etgan holda, ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va yangi tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv do‘stona ruhda va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan konstruktiv muloqot shaklida o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_bilan_1kun

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida “Talabalar bilan 1 kun” shiori ostida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥6👍2❤1👏1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya: oliy ta’lim va ilmiy hamkorlik yo'lida yangi tashabbuslar


29 aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng'irotboy Sharipov Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar muhandislik va texnika sohalarida ilmiy-texnologik hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish, O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish, 11 ta yo‘nalishni o'z ichiga olgan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tanlovini e’lon qilish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50100

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤3
#toʻxta_korrupsiya

S.Buzrukxonov: “Nol toqat” tamoyili asosida har bir rahbar va pedagog shaxsiy mas’uliyatni chuqur anglashi lozim”


Joriy yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlarga barham berish, halol va shaffof muhitni ta’minlash bo‘zicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Inatillo Ne'matov, Bosh prokuratura mas’ul vakili Izzat Ochilov, Toshkent davlat yuridik universiteti professorlari Salomat Niyozova va Abrorjon Otajonovlar ishtirok etishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50135

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🤔1
#huquqbuzarlik #yigʻilish

Hamkorlikdagi yondashuv — huquqbuzarlikka qarshi samarali vosita


29-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalasiga bagʻishlangan qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldoshev, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Durdona Rahimova, shuningdek, barcha oliygoh rektorlari hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50140

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3