Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jarayon #SportOyligi

“Talaba – yugur” sport musobaqasi: sog‘lom turmush tarziga yo‘l

11–13-may kunlari Nukus va Urganch shaharlarida “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish hamda ijtimoiy faollikni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari faol ishtirok etishdi.

Talabalar musobaqa davomida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sportga bo‘lgan ishtiyoqi va g‘alabaga intilishini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘oliblar hamda eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤3😁3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SportOyligi #JismoniyTayyorgarlik

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari har bir oliygohda ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda

13-may kuni Toshkent davlat texnika universitetida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sport oyligi davomida universitetda 10 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar, jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovlari hamda "Talaba — yugur" musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥2❤1
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Salihov Omonulla Rahmatullayevich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.

O. Salihov tayinlovga qadar Madaniyat vazirligining “Taʼlim sohasini muvofiqlashtirish” bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍40😁4🎉4🔥1👏1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston delegatsiyasi ShHT davlatlari taʼlim vazirlarining toʻqqizinchi yigʻilishida faol ishtirok etdi

2025-yil 13-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlarining toʻqqizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Anjumanda SHHTga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlari va rahbar delegatsiyalari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaviy strategiyalar, hamkorlik istiqbollari hamda raqamli taʼlimni rivojlantirishga masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov SHHT vazirlar yigʻilishida soʻzga chiqib, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida taʼlim sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Vazir SHHT doirasida quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi:
✅ taʼlimni raqamli transformatsiya qilish va yangi formatda tashkil etish,
✅ barqaror rivojlanish va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish,
✅ universitetlarni innovatsiya va iqtisodiyot rivoji markazlariga aylantirish,
✅ akademik mobillikni kengaytirish va oʻzaro kvalifikatsiyalarni tan olish mexanizmlarini yaratish.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/53875

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🔥2