#Karyera #Mehnat_yarmarkasi
O‘zbekiston Milliy universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – universitet bitiruvchilarining mutaxassisliklariga mos ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbirda universitet rektori Inom Madjidov ishtirok etdi hamda yarmarkada qatnashayotgan tashkilot, korxona vakillari hamda bitiruvchi talabalar bilan muloqot qildi.
Yarmarkada respublika, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi 100 dan ortiq tashkilot, muassasa, korxona va yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining 10 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari va tashkilotlari haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallar bilan qatnashdi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini ham namoyish etdilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Karera kuni” mehnat yarmarkasi: bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan muhim qadam
O‘zbekiston Milliy universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – universitet bitiruvchilarining mutaxassisliklariga mos ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Tadbirda universitet rektori Inom Madjidov ishtirok etdi hamda yarmarkada qatnashayotgan tashkilot, korxona vakillari hamda bitiruvchi talabalar bilan muloqot qildi.
Yarmarkada respublika, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi 100 dan ortiq tashkilot, muassasa, korxona va yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining 10 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari va tashkilotlari haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallar bilan qatnashdi. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini ham namoyish etdilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8🔥2🤔2❤1
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Belarus ta’lim vazirlari Xitoyda uchrashdi
Xitoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Andrey Ivanes o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Suhbatda qo‘shma ta’lim muassasalari faoliyati, kasbiy malakalarni oshirish, ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan usullarini joriy etish, pedagoglar tayyorgarligi va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

👍17❤2🔥1
BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Buxoro davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Felipe Paulliye hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev Buxoro davlat universitetida bo'lib, ofis registrator markazi, “Ochiq eshiklar kuni-2025” tadbiri doirasida tashkil etilgan ko'rgazmalarni ko'zdan kechirib, ilmiy loyihalar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetda bo'lib o'tayotgan “Yangi O‘zbekiston shukuhidagi ixtisoslashgan maqom maktablarida o‘qitishning zamonaviy uslublari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazi va muzeyida bo'lib, tilaklar daftarida o'z fikrlarini bildirdi.
Tashrif so'ngida BuxDU kichik majlislar zalida Felipe Paulliye hamda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayevlarning universitet talaba-yoshlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Felipe Paulliye hamda Alisher Sadullayev xalqaro miqyosida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar, yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishlari haqida to'xtalib o'tishdi.

👍24❤8🔥2🤔2
Fargʻona davlat texnika universitetida bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda abituriyentlarni oliy ta’limga jalb qilish maqsadida “Karyera va ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdiMazkur tadbir ikki qismda tashkillandi. Birinchi qismda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab bitiruvchilari universitetda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, muhandislik ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi yuqori kurs talabalari mutaxasislik fanlaridan yakuniy nazorat ishlarini loyiha ko‘rinishida maktab bitiruvchilari va universitet mutaxasislari ishtirokida himoya qilishdi.
Tadbirning ikkinchi qismi “Karyera kuni” ga bag‘ishlanib, unda universitetning 4 ming nafardan oshiq bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi. Ishlashga ehtiyoji boʻlgan bir yarim mingdan ortiq talaba-yoshlar korxona-tashkilotlarda tashkil etiladigan suhbatda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtkazildi.
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5🔥1🤔1
#tayinlov
🇺🇿 🇭🇺 O’ZBEKISTON-VENGRIYA:
Vengriyalik professor TDAU rektorining xalqaro maslahatchisi etib tayinlandi
Toshkent davlat agrar universitetida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy agrar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Vengriyaning MATE universiteti professori Zoltan Lakner rektorning xalqaro maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov marosimida universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida professor Zoltan Lakner universitet jamoasiga tanishtirildi.
Ushbu hamkorlik doirasida Vengriya va Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Professor Zoltan Lakner TDAU jamoasi bilan birga faoliyat olib borishidan mamnun ekanligini bildirib, universitet mavqeini xalqaro darajada yanada yuksaltirishda bor bilim va tajribasini safarbar etishini ta’kidladi.
IN ENGLISH
НА РУССКОМ

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥6😱2❤1🥰1