#dayjest #seminar
#20.05.2025–28.05.2025
➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
➖ Qarshi davlat texnika universiteti;
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;
➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
➖ Namangan davlat chet tillari instituti;
➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;
➖ Namangan davlat pedagogika instituti;
➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti;
➖ SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
➖ Buxoro davlat universiteti;
➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;
➖ Guliston davlat universiteti;
➖ Toshkent xalqaro universiteti;
➖ TDIU Samarqand filiali;
➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;
➖ Andijon davlat universiteti;
➖ Toshkent davlat texnika universiteti;
➖ Navoiy davlat universiteti;
➖ Namangan davlat universiteti;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
➖ Andijon davlat chet tillari instituti;
➖ Toshkent farmatsevtika instituti;
➖ Osiyo xalqaro universiteti.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#20.05.2025–28.05.2025
Oliy ta’lim muassasalarida respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy seminar va treninglar tashkil etilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤2🔥1
#Live #XalqaroForum
Andijonda O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi boshlandi
Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi birinchi forum o‘z ishini boshladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev, Andijon viloyati hokimligi, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda ikki davlatning 50 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatnashmoqda.
Forum doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi, qo‘shma fakultetlar va ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, rektorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, mavjud yutuq va muammolar yuzasidan ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Mazkur forum O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

👍17❤3🔥1
#RasmiyBayonot
“Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ faoliyati bo’yicha rasmiy bayonot
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Sino tibbiyot bilim yurti” yoki “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasalari haqida turli xabarlar e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Eslatma: Fuqarolar litsenziyaga ega nodavlat texnikumlar ro‘yxatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sayti yoki Adliya vazirligining sayti orqali tekshirib ko‘rishlari mumkin.

“Sino tibbiyot texnikumi” MCHJ professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun 217206-sonli litsenziyaga ega bo‘lib, mazkur litsenziyaga asosan Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Shodiyona MFY, Sohibqiron Temur koʻchasi, 245-uyda faoliyat yuritmoqda hamda “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ da professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyasi mavjud emas.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Koʻhna qalʼa MFY, Tinchlik koʻchasi 29-uy manzilida faoliyat yuritayotgan tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ kasbiy ta’lim berish va tahsil olgan o‘quvchilarga diplom taqdim etish huquqiga ega emas.
Eslatma: Fuqarolar litsenziyaga ega nodavlat texnikumlar ro‘yxatini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sayti yoki Adliya vazirligining sayti orqali tekshirib ko‘rishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8👏4😱3❤2🔥1
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 107-sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevning “Shaxsiy mas’uliyat va qat’iy ijro intizomi — oliy ta’lim sohasidagi islohotlar muvaffaqiyatining mustahkam poydevori” sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉Maqolani o‘qish
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👉Maqolani o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KasbBilanTanishuv
Dizaynerlik yo‘li – bu tinimsiz o‘rganish, sinov va izlanishlar yo‘lidir!
Bugungi kunda tikuvchilik mahsulotlari dizaynerligi – ijodiy tafakkur, texnik bilim va nafislikni birlashtirgan zamonaviy kasb sifatida yuksalmoqda. O‘z uslubini yaratishni istaydigan, moda orqali o‘z fikrini ifoda etishni xohlovchi yoshlar uchun bu yo‘nalish eng to‘g‘ri tanlovdir.
Ana shu yo‘lda ilk qadamlarini qo‘yganlardan biri — Dizayner va texnologiyalarni tayyorlash texnikumi bitiruvchisi Dilafruz Hojakbarova. Qahramonimiz modelyer-dizayner sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. (video)

Unutmang, to‘g‘ri tanlangan kasb – bu muvaffaqiyatli kelajak asosi! Siz ham o‘zingizga mos, qiziqarli va istiqbolli kasbni tanlang.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaMinbari #XotinQizlarTaʼlimi
Bilim — ularning eng kuchli quroli!
Qo‘qon davlat universitetining ilm, sport va san’atda porlayotgan talaba qizlari (video).
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bilim — ularning eng kuchli quroli!
Qo‘qon davlat universitetining ilm, sport va san’atda porlayotgan talaba qizlari (video).
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤1🔥1
#Kasbiy_taʼlim #MetodikQoʻllanma
Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 8 ta metodik qo‘llanma ishlab chiqildi
O‘quvchilarni texnikumlarda ta’lim olishga keng jalb etish, ularning kasb tanlashdagi qarorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 8 ta metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Jumladan, (yuklash uchun matn ustiga bosing👇)
👉 “Biznes ichra – korxonaga ekskursiya”
👉 “Karyeraga yo‘l”
👉 “Yoshlar yoshlarga murabbiy”
👉 “Karyera muxbiri”
👉 “O‘zbekiston bo‘lajak menejerlari”
👉 “Mening 3 kunlik tajribam”
👉 “To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? Keling, kasblarni tadqiq qilaylik”
👉 “Mening karyeram”
Mazkur qo‘llanmalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanmalar kasbiy ta’lim tashkilotlari, rahbar va pedagog kadrlar, soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish, o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va mehnat bozoridagi real ehtiyojlar asosida kasb tanlashiga ko‘maklashish vazifasini bajaradi.
📌 Eslatma: 2025-yilda texnikumlarga 9-sinf bitiruvchilari orasidan 139 245 nafar, 11-sinf bitiruvchilari orasidan esa 171 764 nafar o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 8 ta metodik qo‘llanma ishlab chiqildi
O‘quvchilarni texnikumlarda ta’lim olishga keng jalb etish, ularning kasb tanlashdagi qarorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 8 ta metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. Jumladan, (yuklash uchun matn ustiga bosing👇)
👉 “Biznes ichra – korxonaga ekskursiya”
👉 “Karyeraga yo‘l”
👉 “Yoshlar yoshlarga murabbiy”
👉 “Karyera muxbiri”
👉 “O‘zbekiston bo‘lajak menejerlari”
👉 “Mening 3 kunlik tajribam”
👉 “To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? Keling, kasblarni tadqiq qilaylik”
👉 “Mening karyeram”
Mazkur qo‘llanmalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanmalar kasbiy ta’lim tashkilotlari, rahbar va pedagog kadrlar, soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish, o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va mehnat bozoridagi real ehtiyojlar asosida kasb tanlashiga ko‘maklashish vazifasini bajaradi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥3❤1
#Integratsiya #FanTaʼlimIshlabChiqarish
Magistrantlarning dissertatsiya himoyalari ish beruvchi tashkilotlarda o‘tkazilmoqda
Nazariya va amaliyotning integratsiyasini ta’minlash maqsadida imzolangan hamkorlik memorandumiga ko‘ra Turizm qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Turizm va mehmonxona biznesi” kafedrasining filiali tashkil etilgan bo‘lib, hozirda mazkur filialda turizm yo‘nalishi magistrantlarining dissertatsiya ishlarini himoya qilish jarayonlari olib borilmoqda.
Dissertatsiyalarni baholash jarayoniga amaliyot xodimlari jalb qilinib, bu orqali nazariya va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash, sohadagi normativ-huquqiy o‘zgarishlarni hisobga olish, xalqaro turizm bozoridagi tendensiyalarni tahlil qilish va tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

👍16❤5🔥2