Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Al-Xorazmiy nomidagi III Xalqaro matematika olimpiadasi boshlandi

28-may kuni Xorazm viloyatidagi “Yoshlik” sport majmuasida III xalqaro matematika olimpiadasining birinchi kuni o‘tkazildi. Tadbirga 16 davlatdan 57 ta universitet jamoalari va 218 talaba ishtirok etmoqda.

Birinchi kun individual bellashuv, ikkinchi kun esa jamoaviy musobaqalar o‘tkaziladi. Har bir bosqichda 5 ta murakkab masalani 4 soat ichida yechish talab etiladi. Olimpiadani xalqaro darajadagi 12 ekspert baholamoqda.

Mazkur olimpiada iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5🔥1
#XalqaroForum #BirinchiKun #Memorandum

O‘zbekiston va Ozarbayjon OTMlari rektorlari I forumi doirasida 60 dan ortiq hujjat imzolandi

28-may kuni “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi ilk kuni doirasida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, tajriba almashildi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Ozarbayjon Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Forum doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida 60 dan ortiq anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi. Ushbu hujjatlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Shuningdek, anjuman dasturiga muvofiq, ikki mamlakat vakillari do‘stlik ramzi sifatida va “Yashil makon” loyihasiga hissa qo‘shish maqsadida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #XalqaroForum #BirinchiKunYakuni #Memorandum

🇺🇿🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon OTMlari rektorlari I forumida 60 dan ortiq hujjat imzolandi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏4❤3🔥1
#XalqaroForum #hamkorlik

🇺🇿🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda


29-may kuni Andijon shahrida O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev va Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari Idris Isayev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliy loyihalarni hayotga tadbiq etish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/57657

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍8