Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident islohotlari amalda: Vazir xalqaro kasblar chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan texnikum o‘quvchilarini taqdirladi

29-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand temiryoʻl texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashdi. Ular jahon miqyosidagi nufuzli tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, “WorldSkills Shanxay 2026” xalqaro kasblar chempionatida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Uchrashuv davomida vazir o‘quvchilarni samimiy tabriklab, ushbu yutuqni O‘zbekiston kasbiy ta’limi tizimining rivojlanishida muhim tarixiy bosqich sifatida e’tirof etdi.

“Bularning barchasi, avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish hamda unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan islohotlarning amaliy samarasi hisoblanadi”, — dedi vazir Q.Sharipov


Tadbir yakunida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

#Eʼtibor #YoshlarSiyosati #KasbiyTaʼlim #Vazir

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi boshlandi

Uchinchi marotaba tashkil etilayotgan ilmiy haftalik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti, Integral universiteti (Hindiston), Janubiy Qozog‘iston Muxtar Auezov nomidagi ilmiy universiteti hamda “O‘zkimyosanoat” AJ va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi kabi yirik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.

Mazkur nufuzli tadbirda akademik doiralar, sanoat vakillari va hukumat tashkilotlari vakillaridan iborat 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.

#XalqaroAnjuman #Kim #Texnologiya #IlmFan

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥2👏2👍1
#Xushxabar #XalqaroMusobaqa #IT

TATU talabalari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition 2024–2025 xalqaro musobaqasining global finalida ishtirok etib, Innovatsion trek yo‘nalishida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va 4 ta medal bilan taqdirlandi.

Musobaqa 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalarni qamrab olib, 2000 dan ziyod kollej va universitetlardan 210 mingdan ortiq talabalar va o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazildi. Yakuniy bosqichda 48 mamlakat va mintaqadan 179 ta eng kuchli jamoalar bellashdi.

TATU jamoasi global finalda eshitish qobiliyati cheklangan foydalanuvchilar uchun sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan “Sahiya” nomli innovatsion ilova bilan ishtirok etdi. Ilova ijtimoiy ahamiyati va texnologik yechimi bilan e’tirof etilib, hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

Mazkur yutuq mamlakatimizda AKT sohasi bo‘yicha yoshlargav ta’lim berish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlarning samarasidir.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍9🎉4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan mamlakatimizda bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonining rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim voqea bo‘ldi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov mazkur tashrif yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi (video)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4🔥3👏2
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi👈

📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥2
“Universiada” sport musobaqalari g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” tantanali topshirildi

30-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindori bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Odamlarni dori bilan emas, jismoniy faollik bilan davolash kerak” degan tamoyil “Universiada” sport musobaqalarida ham o‘z ifodasini topdi.” — dedi vazir Q.Sharipov o‘z nutqida.


Musobaqalar 17 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda 43 470 nafar, final bosqichlarda esa 3 052 nafar talaba, shundan 1 027 nafari qizlar ishtirok etdi.

Yakunda umumjamoa hisobida
🥇-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasiga,
🥈-o‘rin – Buxoro viloyati jamoasiga,
🥉-o‘rin – Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamoalar tantanali marosimda “Prezident sovg‘asi” bilan taqdirlandi.

#Taqdirlash #Universiada #PrezidentSovgʻasi #SportOyligi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍8🤔3🔥1😱1