Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Eʼtirof

Butunjahon yozgi universiadasida yana bir g‘alaba: O‘zDJTSU talabasi Marat Mavlonov – kumush medalni qo‘lga kiritdi!


Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada-2025 sport o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda.

Musobaqaning beshinchi kuni Taekvondo WT yo‘nalishida milliy terma jamoamiz a’zosi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Marat Mavlonov +87 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu yutuq mamlakatimiz sporti va yoshlari uchun muhim natija bo‘lib, xalqaro maydondagi raqobatbardoshligimizni yana bir bor namoyon etdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi Marat Mavlonovni ushbu g‘alaba bilan tabriklaydi va unga kelgusi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤27👍12🔥1😁1😱1
✅#Olimlar_minbari
#14-20.07.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

«Узбекистан-Азербайджан: сотрудничество, основанное на просвещении» — Конгратбай ШАРИПОВ, министр высшего образования, науки и инноваций;

“Taraqqiyot mahalladan boshlanadi, qachonki odamlarda mehnatsevarlik, intilish va ishtiyoq bo‘lsa” — Otabek MAHKAMOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari;

«Узбекистан в цифровом мире» — Бахтиёр МАХКАМОВ, ректор Ташкентского университета информационных технологий, профессор;

«Ташкентский химико-технологический институт: теория и практика, наука и инновации» — Ботир УСМОНОВ, ректор Ташкентского химико-технологического института, профессор;

“Istiqbol aks etar mamnun yuzlarda” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Sun’iy intellekt oliy ta’lim rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?” — Botir USMONOV, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori;

“Yoshlar bandligi – izchil rivojlanish omili” — Sadoqat SIDDIQOVA, Buxoro davlat texnika universiteti rektori;

“Abituriyentlarda tanlov imkoniyati ijobiy xodisalar” — Abdivahob BO‘RIYEV, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bo‘lim boshlig‘i;

«Новая парадигма в высшем образовании» — Нозлия НОРМУРОДОВА, проректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы;

“O‘zaro ishonchga asoslangan muhim tashabbuslar O‘zbekistonning xalqaro sahnadagi mavqeini yanada mustahkamlaydi” — Sherzod SINDOROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

«Высшее образование XXI века: социальная справедливость и экономический рост» — Отабек ЮСУПОВ, проректор по научной работе и инновациям Узбекского государственного университета мировых языков;

“Xalqning haqiqiy “ovozi”ga aylanayotgan mahalliy kengashlar” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, Alisher NAZAROV, Oliy Majlis senatining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi bo‘lim mudiri;

«Труд, знание и развитие - формула современного прогресса» — Фирюза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ;

«В один клик: как нас обманывают мошенники нового поколения» — Рустам ЗУФАРОВ, профессор ТГЮУ;

«Гражданское право в условиях Нового Узбекистана ­
— основа современного общества»
- Нурилло ИМОМОВ, заведующий кафедрой ТГЮУ, профессор, Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор кафедры ТГЮУ;

«Молодежь в науке: драйвер инноваций и экономического роста» — Шахноза ИСМАТОВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам, доцент УзГУМЯ;

«Инклюзивное общество: курс на гуманизм и равные возможности» — Азизахон УСМАНОВА, заведующая кафедрой филиала РГУ нефти и газа (НИУ) имени И. М. Губкина в городе Ташкенте, доцент;

«Профессиональный рост и вдохновение» — Анора ШАРАХМАТОВА, преподаватель Чирчикского государственного педагогического университета;

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤15🔥4👏1
“Yosh qutqaruvchilar” xalqaro maydonda ham o‘zlarini ko‘rsatmoqda

Joriy yilning 8-16 iyul kunlari Belarus Respublikasida o‘tkazilgan yosh qutqaruvchilarning XVIII xalqaro musobaqasida O‘zbekiston politexnikumlari jamoalari ham faol ishtirok etdi.

Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekistonning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan bellashuvlarda Nukus shahri 1-sonli politexnikumining “Jayhun“ jamoasi ham munosib qatnashib, yuqori natijani qayd etdi.

Batafsil

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍8🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

🏛 Ginnes rekordini o‘rnatishda TATU yoshlariga qo‘shiling!

🛠 Biz robot yasash va o‘z nomini tarixga muhrlashga tayyor 2 000 nafar ixtirochini izlayapmiz!

📌 Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor robot yig‘iladi.
🎯 Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

📣 Yoshlar, sizni yirik muhandislik missiyasi kutmoqda!

Agar siz:
✔️Texnologiyaga qiziqsangiz
✔️ Yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz — bu imkoniyat aynan Siz uchun!

➡️Ro‘yxatdan o‘ting: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 25-iyulgacha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍9❤7🎉3🤔1
Vazir Nukus shahridagi test sinovlari jarayoni va politexnikum faoliyati bilan yaqindan tanishdi

22-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Nukus shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkazilayotgan binoga tashrif buyurib, imtihon jarayoni, texnik va tashkiliy shart-sharoitlar bilan tanishdi. U abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, ta’lim tizimida shaffoflik va imkoniyatlar tengligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, vazir Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumda bo‘lib, u yerda Buyuk Britaniyaning BTEC ta’lim dasturi asosida xalqaro o‘quv kurslarini joriy etish masalalari, shuningdek muassasadagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Vazir qurilish ishlarida ishtirok etayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashib, aniq tavsiyalarini berdi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍18🤔4🔥3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2025

Nukusda bitiruv marosimi o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2024/2025-o‘quv yili yakuni munosabati bilan “Oq yo‘l, aziz bitiruvchi!” shiori ostida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Joriy o‘quv yili davomida filialni jami 306 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lib, ulardan 297 nafari kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 9 nafari esa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilardir.

Tadbir doirasida bitiruvchilar tomonidan “Veterinarlik qasamyodi”ni tantanali qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha filial bitiruvchilarining bandlik darajasi 70 foizni tashkil etib, 214 nafar bitiruvchi ish bilan ta’minlangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤31👍8🔥3👏3🥰2
🟦🟦🟦

📢 SAT imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda "College Board" tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari tashkil etilmoqda.

🗓 Imtihon sanalari:
🗓 2025-yil 23-avgust
🗓 2025-yil 13-sentyabr
🗓 2025-yil 4-oktyabr
🗓 2025-yil 8-noyabr
🗓 2025-yil 6-dekabr
🗓 2026-yil 14-mart
🗓 2026-yil 2-may
🗓 2026-yil 6-iyun

🗺 Imtihon quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
1.  Farg‘ona
2.  Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil: USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

☎️ (95) 515-68-68

📨 @IlmiyMarkazUz

✍️ SAT imtihonida omad tilaymiz!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤45👍15🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikTanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti boshlanishiga oz fursat qoldi. Unda “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

🏆 G‘oliblar:
9 ta elektromobil,
xorijiy stajirovka,
va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Birgalikda innovatsion g‘oyalar va ilmiy-amaliy ishlanmalar gʻalabasi guvohi bo‘lamiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍12🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YangiOʻzbekiston #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi #chellenj

Fargʻona davlat texnika universiteti talabalari Ginnes rekordlari tarixida yangi sahifa ochishga bel bog‘laganlar!


⚡️Yangi O‘zbekiston yoshlari muhandislik missiyasini birgalikda amalga oshiramiz, rekord o‘rnatib tarix yaratamiz, bu biz uchun katta imkoniyat!


✅ Reja: 25 daqiqada 2 000 ta konstruktor-robot yig‘iladi!

⚙️ Maqsad: Ginnes rekordini o‘rnatish!

🔰 Agar siz:
✔️robototexnikaga qiziqsangiz,
✔️ yoshingiz 15–20 oralig‘ida bo‘lsa,
✔️ Vatan nomidan tarixga kirishni xohlasangiz,

BIZ BILAN BIR SAFDA BO‘LING!

📱 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: missiya.edu.uz
🗓 Muddat: 2025-yil 25-iyulgacha!

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20👍4😱3🔥1
🟦🟦
#Muhandisliktanlovi

Ayni damda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan Muhandislik sohasidagi respublika tanlovining loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:

➡️ https://youtube.com/live/th_l40oIEII?feature=share

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🔥2
🎓 Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURIga start berilmoqda!

🎯 Dastur maqsadi:
Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;
Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish;
Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish
.

❇️Dastur bosqichlari:
- dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini saralash;
- “Yosh gidlarni tayyorlash” bo'yicha qisqa muddatli kursda o'qish (4 hafta);
- oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali 15 kunlik stajirovka tashkil etish.

✅ Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
▪️Tajribali gidlar bilan stajirovka (15 kun);
▪️Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m) uchun moliyaviy ko‘mak;
▪️30% chegirma bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo'yicha 6 oylik to'liq kursda o‘qish huquqi.

🗓 Arizalar qabul qilinadi:
📅 22–26 iyul, 2025-yil
📧 Ariza va 200–300 so‘zli motivatsiya xatlarini quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring.

❗️Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur.

🏫 Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:1️⃣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (info@tsuos.uz);
2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (uzdjtu@uzswlu.uz)
3️⃣“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (info@univ-silkroad.uz)
4️⃣Urganch davlat universiteti (info@urdu.uz)
5️⃣Samarqand davlat chet tillari instituti (info@samdchti.uz)
6️⃣Andijon davlat chet tillari instituti (asifl@edu.uz)
7️⃣Buxoro davlat universiteti (buxdu_rektor@buxdu.uz)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤34👍10🔥2🤔2
Vazir muhandislik tanlovi doirasidagi loyihalar bilan tanishdi

2025-yil 23-iyul kunidan boshlab “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlari bo‘yicha muhandislik sohasidagi respublika ko’rik tanlovining yakuniy (respublika) bosqichi o‘z ishini boshladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tanlovda ishtirok etayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etmoqda. Ular alohida 3 toifada baholanadi.

Joriy yilda tanlovga muhandis.edu.uz platformasi orqali 1262 ta ariza qabul qilindi. Saralash bosqichda 1055 ta ariza texnik ekspertizadan o‘tdi va 135 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.


Yakuniy bosqich “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini Tashkiliy qo‘mita a’zolari va soha mutaxassislaridan iborat komissiya oldida himoya qilmoqda.

Tanlovning barcha jarayonlari shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Bizni
kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤12🔥1🤔1