Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi
 
Magistraturaga kirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Bunda:
✅ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasiga OneID orqali kirgan holda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
✅ro‘yxatdan o‘tgan arizalarning asossiz rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Vazirlik bu borada abituriyentlarning hech bir xavotirlanishiga asos yo‘qligini hamda tanlovlar adolat, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍47❤28🤔6🔥4😱3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zJOKUda “BITIRUVCHI –2025” bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 2024/2025-o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilarning tantanali Bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchi talabalar, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Ushbu o‘quv yilida O‘zJOKUni jami 632 nafar talaba, shundan 594 nafar bakalavriatning 10 ta yo‘nalishi hamda 38 nafar talaba magistratura bosqichining 10 ta mutaxassisligi bo‘yicha tahsilni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Bu kechada yoshlarning 58 nafari imtiyozli diplomni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, bu o‘quv yili bitiruvchilarining 74 foizi to‘liq ish bilan ta’minlangan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍12🔥3
Oliy taʼlim muassasalarida ichki moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslar koʻrib chiqildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida joriy yilning oʻtgan davrida byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli hamda samarali foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va ichki audit xizmatini yanada samarali tashkil etish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74972

#yigʻilish #vazir #markaziy_apparat #takliflar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍3🔥3😱1
JIDU litsey o‘quvchilari Viadrina universitetida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari Germaniyaning Viadrina universitetida yozgi til kurslarida qatnashmoqda.

Tashrif davomida ular universitet ta’lim tizimi, sharoitlari va xalqaro dasturlari bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini oshirish va xalqaro tajriba orttirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤29👍12🔥5🤔4😱2
#Dayjest #Qabul2025 #Abituriyent

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yo‘nalish tanlash bosqichi davom
etmoqda

Eslatib o‘tamiz, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 8-avgustga qadar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin.

➖ O‘zbekiston milliy universiteti;

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖ O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;

➖ Toshkent davlat agrar universiteti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali;

➖ Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti;

➖ O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖ Qarshi davlat universiteti;

➖ Qo‘qon davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖Toshkent shahridagi “MEI” Milliy tadqiqot universiteti Federal davlat oliy ta’lim muassasasi filiali;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Osiyo xalqaro universiteti;

➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖ Farg‘ona davlat universiteti;

➖ Andijon davlat texnika instituti;

➖ Namangan davlat chet tillari instituti;

➖ Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ TDTU Olmaliq filiali;

➖ Jizzax politexnika instituti;

➖ Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Amiti universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ Geologiya fanlar universiteti;

➖ International Qualifications and Assessment Centre;

➖ Toshkent Farmatsevtika instituti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Buxoro davlat texnika universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤8😁4🤩3🔥1
Oliy taʼlim tizimida taʼlim sifati va ilm-fanni takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida taʼlim sifati va ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda davlat, nodavlat hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, taʼlim jarayonlarini baholash va boshqarish tizimini zamonaviylashtirish, xususan, KPI  tizimini joriy etish masalalari koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, ularni amaldagi talablar va xalqaro tajriba asosida qayta koʻrib chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/74980

#yigʻilish #vazir #ilmfan #takliflar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤51👍16😁10🔥1🤔1