Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tashrif

Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari doirasida Termiz davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u institutda talabalarni turar joylarga joylashtirish maqsadida tashkil etilgan maxsus markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institut rahbariyati va faol volontyor-talabalar tomonidan markazda amalga oshirilayotgan ishlar, xizmat ko‘rsatish tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Yakunda vazir o‘rinbosari yangi o‘quv yilida talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, joylashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, markaz faoliyati monitoringini olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤20🔥5👍3👏2🤔1
“TalabaExpo-2025” Namanganda!

Ertaga, 7-avgust kuni Namanganda keng miqyosdagi kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

“Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” doirasida oʻtkazilayotgan “TalabaExpo-2025” koʻrgazmasi bitiruvchi talabalar ishga joylashishi uchun qulay imkoniyatlar taqdim etadi!

Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
✔️“Talaba – kelajak” muloqotlari;
✔️Seminar va treninglar;
✔️Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
✔️Imtiyozli kreditlar boʻyicha maslahatlar;
✔️Madaniy shou va musiqiy dasturlar.


Tashkilotchilar:
↪️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
↪️Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
↪️“Oʻzmilliybank” AJ;
↪️Savdo-sanoat palatasi;
↪️Namangan viloyati hokimligi.

Namangan viloyatidagi oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari, boshqa hududlarda tahsil olayotgan namanganlik yoshlar, shuningdek, talabalar, abituriyentlar, barchangizni ushbu koʻrgazmaga taklif etamiz!

📍Manzil: Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi.
➡️Ko‘rgazma soat 8:00 dan boshlanib 19:00 gacha davom etadi.

Koʻrgazmaga marhamat!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥2👍1👏1🤔1
#Tayyorgarlik #Mustaqillik_kuni

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bayram dasturiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Mazkur tayyorgarlik jarayonlariga taniqli baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi professori Qodir Mo‘minov rahbarlik qilmoqda. Ustoz san’atkor tomonidan olib borilayotgan mahorat darslari akademiya talabalari uchun ilhom manbai va amaliy tajriba maktabiga aylangan.

Bayram dasturini yanada boyitish maqsadida tayyorgarlik jarayonlariga Musiqa va san'at texnikumlari o‘quvchilari, “Lazgi” ashula va raqs ansambli, shuningdek, Qodir Mo‘minov rahbarligidagi O‘zbekiston davlat “Shodlik” ashula va raqs ansambli tarkibida faoliyat yuritayotgan akademiya talabalari ham jalb etilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤17😁13🔥4👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Namanganda “TalabaExpo — 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir orqali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsad qilingan.

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2025 #Namangan #Bandlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤9🔥3😁2🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyada amaliyot, diplom va ish – endi Marg‘ilonda!

Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi va Germaniyaning Saksoniya iqtisodiyot ta’lim markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik doirasida texnikum o‘quvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Endilikda texnikumda tahsil olayotgan yoshlar:
🔹Yozgi ta’til davrida Germaniyada amaliyot o‘tashlari,
🔹Texnikumni tamomlaganlaridan so‘ng esa Germaniyada tan olinadigan diplomga ega bo‘lishlari mumkin.


📌Bundan tashqari, Germaniyada ular bilan shartnoma asosida kafolatlangan ish o‘rinlari ta’minlanadi.

Til o‘rganish va Germaniyaga borish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamkor tashkilot tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

Bu esa yoshlarimizga xalqaro tajriba orttirish va kelajakda xorijda ishlash imkonini beradi.

Murojaat uchun: +998916790639

#Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍13🔥1
🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo–2025” Namanganda: 11 ming nafarga yaqin bitiruvchini jamlagan yirik ko‘rgazma boshlandi

Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bugun o‘z ishini boshladi.

“Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 10 867 nafar bitiruvchi talabalari qatnashmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga 240 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 1500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar va institutlar taqdimotlari taklif etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/76212

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2025 #Namangan #Bandlik

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍8🔥3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Clean Water” ekspeditsiyasi doirasida Paxtakor muzligiga ilk ilmiy ekspeditsiya amalga oshirildi

O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Germaniya ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan uyushtirilgan “Clean Water“ ekspeditsiyasi ishtirokchilari O‘zbekistondagi eng katta Paxtakor muzligiga ilmiy ekspeditsiyani amalga oshirdilar.

Joriy yilning 27-iyuldan 1-avgustiga qadar davom etgan ekspeditsiya davomida olimlar ilk bor muzlikning akkumulyatsiya, ya’ni qor to‘planish zonasiga yetib bordilar. Hali hech bir inson qadami yetmagan mazkur manzilda qorning zichligi va qalinligi o‘rganildi. Natijada butun dunyo ilmiy hamjamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur ilmiy ekspeditsiya O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarining 2024-yil 22-noyabrdagi “Markaziy Osiyo mintaqasi tog‘ tizmalaridagi muzliklar holatini o‘rganishga qaratilgan Harakatlar rejasi“ning tegishli bandlari asosida qo‘shma fundamental loyihalar doirasida 2025-2026-yillar uchun Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari hududidagi tog‘ muzliklariga glyatsiologik ekspeditsiyalarni muntazam tashkil etish vazifasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍6👏2