#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi
Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli yoshlari Yangi O‘zbekiston bog‘iga katta maqsad bilan yo‘l oldi!
Bu safar nafaqat Ginnes rekordlar kitobiga kirish yo‘lida qo‘yilgan dadil qadam, balki Yangi O‘zbekiston yoshlarining ilmga, texnika va innovatsiyaga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi, yuksak intilishlari va mustahkam irodasining yorqin ramzidir.
Bir maqsad, bir ruh va bir g‘oya atrofida birlashgan yoshlarimiz o‘zining qat’iyati, ijodiy salohiyati va kuch-qudrati bilan Vatanimiz nomini jahon sahnasida baland ko‘tarishga bel bog‘lagan.
Shu bois 18-avgust sanasi nafaqat rekord o‘rnatish kuni, balki yurtimiz yoshlari tarix sahifasiga oltin harflar bilan yoziladigan unutilmas kun sifatida muhrlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤24🔥10🥰1😁1🤔1
#Prezident_topshirig‘i_ijrosi
#OTM_hamkorligi
Mazkur hamkorlik Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Har ikki oliygoh rahbarlari ishtirokida imzolangan hamkorlik shartnomasi professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini joriy etish, ilmiy tadqiqot faoliyatda qoʻshma ishlanmalarni amalga oshirish kabi qator dolzarb masalalarni oʻz ichiga oladi. Bu kelishuv nafaqat kadrlar salohiyatini oshirish, balki oliy taʼlim muassasalarining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Qarshi davlat texnika universiteti vakillari Yangi Oʻzbekiston universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishib, taʼlim jarayonini tashkil etish, ilmiy-innovatsion ishlarni rivojlantirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#OTM_hamkorligi
Qarshi davlat texnika universiteti va Yangi Oʻzbekiston universiteti oʻrtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Mazkur hamkorlik Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Har ikki oliygoh rahbarlari ishtirokida imzolangan hamkorlik shartnomasi professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini joriy etish, ilmiy tadqiqot faoliyatda qoʻshma ishlanmalarni amalga oshirish kabi qator dolzarb masalalarni oʻz ichiga oladi. Bu kelishuv nafaqat kadrlar salohiyatini oshirish, balki oliy taʼlim muassasalarining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Qarshi davlat texnika universiteti vakillari Yangi Oʻzbekiston universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishib, taʼlim jarayonini tashkil etish, ilmiy-innovatsion ishlarni rivojlantirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤18🔥2👏2
#Live #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi
Ginnes rekordiga yo‘l!
Birozdan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta kichik robot yig‘ib, “Guinness rekordlar kitobi”da O‘zbekiston nomini qayd etishi kutilyapti.
Ushbu tarixiy lahzalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali jonli yoritib boriladi. Siz ham guvoh bo‘ling!
Quyidagi havola orqali jonli efirni tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/live/4Fky81QUys8?si=Iaup6EAHDn_FtKE3

❤26👍14🔥2👏1🎉1
#Live #MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi
Ayni paytda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta kichik robot yig‘ib, “Guinness rekordlar kitobi”da kirish bo‘yicha ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy SHARIPOV ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

👍31❤15🔥4🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi
#sharhsiz
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 ming nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 mingta kichik robot yig‘ib, “Ginnes rekordlar kitobi”ga kirish tadbiridan
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#sharhsiz
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 ming nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 mingta kichik robot yig‘ib, “Ginnes rekordlar kitobi”ga kirish tadbiridan
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥35👍21❤17😁6😱2
✅#Olimlar_minbari
#11-16.08.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Yoshlar bandligini taʼminlash – oliy taʼlimning ustuvor vazifasi” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;
“Yorugʻ istiqbolning tafakkur tamali” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;
“Raqobatli mehnat bozori salohiyatli kadrlar hisobiga yanada mustahkamlanadi” — Bahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;
“Tibbiyotdagi oʻzgarishlar yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashning ishonchli poydevori” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“Raqobatga mos kadrlar. Berilayotgan bilim qanchalik sifatli boʻlishiga bogʻliq” — Abdugʻaffor QIRGʻIZBOYEV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;
“Yangi tarix yaratayotgan avlod – faxrimiz” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;
“Oʻzbekiston global taʼlimning faol ishtirokchisiga aylanmoqda” — Muhsin HOJIYEV, Guliston davlat universiteti rektori, professor;
“Avaza siyosiy deklaratsiyasi: iqtisodiy integratsiya sari dadil qadam” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro nordik universiteti rektori, professor;
«Высшее образование и рынок труда. Взаимосвязь между ними определяет эффективность решения вопросов занятости выпускников» — Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик, профессор;
“Yengil sanoatning muhim tarmogʻi yanada qoʻllab-quvvatlanadi” — Baxtiyor NASIMOV, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori;
«Инициативы, основанные на взаимном доверии» — Шерзод СИНДАРОВ, проректор Ташкентского государственного экономического университета, профессор;
“Xoʻjalik yuritishning halollik mexanizmlari” — Nuriddin YOʻLDOSHEV, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti professori;
“Yoʻl harakati va ilm-fan integratsiyasi” — Muhammadjon DADAMIRZAYEV, Namangan davlat texnika universiteti professori;
«Конституционные императивы и стратегические горизонты: в чем феномен нового Узбекистана» — Гузалхон АХМЕДОВА, доцент кафедры Ташкентский государственный юридический университет.

❤20👍6🔥2👏1🤩1
#MuhandislikMissiyasi #GinnesRekordi
Yoshlarimiz uddaladi — O‘zbekiston Ginnes rekordini yangiladi!
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.
Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini ham yorqin ko‘rsatdi. Rekord o‘rnatish tadbiri katta bayramona ruhda o‘tdi hamda O‘zbekiston yoshlari uchun texnologiya va innovatsiyalar sohasida yangi marralarga yo‘l ochdi.

2👍129❤37🎉30👏8🔥7
#fotolavha #GinnesRekordi
Ginnes rekordi yangilangan jarayondan fotolavha
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ginnes rekordi yangilangan jarayondan fotolavha
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤103👍63🔥22😁13😱5