Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.76K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🌟🌟🌟🌟🌟

Tadbirkorlik g‘oyalariga ega bitiruvchilar orasidan istiqbolli deya topilgan loyihalar mualliflariga ularni yanada rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi

Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining 2 mingdan ziyod bitiruvchi talabalari qatnashib, tadbirkolar tomonidan 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.

Tadbir doirasida bitiruvchi talabalar uchun ishga joylashgach, ularning kasbiy rivoji, shaxsiy brendi, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish kabi muhim yo‘nalishlarga bag‘ishlangan seminar-treninglar tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/80148

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍3🔥3😱1🎉1
#umumxalq_hashari
#34yillik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida umumxalq hashari o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni obodonlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ham hasharlik ishlari bo‘lib o‘tdi. Hashar davomida vazirlik markaziy apparati xodimlari tomonidan bino atrofi tartibga keltirildi, daraxtlar oqlanib, sug‘orildi, hududda obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤26😁8👍5🎉3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#umumxalq_hashari
#34yillik #videolavha

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida umumxalq hashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍9👏3😁3🔥1