Olimlar va tadbirkorlar bilan muloqot: suv xo‘jaligida 200ga yaqin innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi namoyish etildi
28-avgust kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida suv xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlar bilan ilmiy va ta’lim muassasalari olimlari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir davlatimiz rahbarining joriy yil 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, universitet rektori Bahodir Mirzayev so‘zga chiqib, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr bildirdilar.
Tadbirda yangi qurilmalar va ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yosh mutaxassislarni ishga jalb qilish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81746
#Vazir #ochiq_muloqot #ilmfan
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤22👏3😁3👍2🔥1
⚡️Texnikumlarda yangi o‘quv yili 3-sentabrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, respublika kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2025/2026-o‘quv yili boshlanish sanasi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf negizida shakllantirilgan guruhlarda hamda oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha 2- va 3-kurs oʻquvchilari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentabrdan boshlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍18🤔9🎉6🔥2
#TalabaExpo_2025 #Jizzax
“TalabaExpo-2025”: Bitiruvchilar 917 ta bo‘sh ish o‘rinlariga tavsiya etildi
28-avgust kuni Jizzax shahridagi Jizzax davlat pedagogika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yirik “TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazilib, unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining qariyb 6 ming nafarga yaqin bitiruvchi talaba ishtirok etdi. 130 dan ortiq ish beruvchi korxona tomonidan 917 ta bo‘sh ish o‘rinlariga bituvchilar tavsiya etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81876

❤27👍9😁4👏3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etadi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yadi.
Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤29👍4🔥3😱2
Oliy ta’lim tizimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
28-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.
Dastlab yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot tinglandi. Ta’kidlanishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab 1–3-kurslar ta’lim dasturlari xalqaro TOP-300 reytingli universitetlar dasturlari asosida takomillashtiriladi.
Shuningdek, bakalavriatning 18 yo‘nalishi va magistraturaning 14 mutaxassisligi bo‘yicha yagona o‘quv-me’yoriy hujjatlar joriy etiladi. Kredit ta’limi tizimida esa “Kredit haftasi” amaliyoti joriy qilinib, talabalarning bilim olish jarayoni xalqaro tajriba asosida tashkil etiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/81877
#yigʻilish #hayʼat #vazir #ustuvor_vazifalar

❤20👍9🔥1