Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tanlov_taqdirlash

Muhandislik tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi


Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov 2025-yilning may–iyul oylarida uch bosqichda tashkil etilib, unda 40 yoshgacha bo‘lgan 1262 nafar iqtidorli yosh muhandis o‘z intellektual salohiyati va yangicha qarashlarini namoyon qildi. Ularning loyihalari innovatsionlik, samaradorlik, amaliy qo‘llash imkoniyati hamda barqaror rivojlanish mezonlari asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra jami 28 nafar g‘olib aniqlandi. Ular quyidagi mukofotlarga sazovor bo‘ldilar:
✔️9 nafar birinchi o‘rin sohibi zamonaviy BYD Chazor elektromobillari bilan taqdirlandi;
✔️ ikkinchi o‘rin egalari va “Barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi g‘olibi xorijiy davlatlarda barcha xarajatlari qoplanadigan stajirovka yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdilar;
✔️ uchinchi o‘rin sohiblari esa 37,5 million so‘mlik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


G‘oliblarga mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda topshirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/85275

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤23🔥7
#tanlov_taqdirlash

Muhandislik tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimidan


Tadbir davomida xalqimiz ardoqlagan san’atkorlarimizning kuy-qo‘shiqlari jarang sochib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👏14🔥5👍3🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_taqdirlash #videorolik

Innovatsiyalar sari dadil qadam – yosh muhandislar g‘alabasi


Muhandislik tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimidan videorolik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥14👍8🎉2😁1
#Qonunchilik_yangiliklari

Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi


📃 Ushbu oliygoh faoliyati Prezidentning “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 11-sentyabrdagi PQ–274-son qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi.

📌 Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.

➖2025/2026-o‘quv yilidan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan bir yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.

➖2026/2027-o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

➖2027/2028-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi.

✔️Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.

➖2029/2030-o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤17😁4👏3🔥1