Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#XalqaroHamkorlik
#MexnatYarmarkasi

“Gyeongsangbuk-do mintaqaviy vizasi bo‘yicha xorijiy kadrlarni jalb qilish yarmarkasi” INNO texnoparkda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Koreya Respublikasining Gyeongsangbuk-do viloyati hamkorligida yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion sohalarda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy kadrlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlari uchun Koreya mexnat bozoridagi ish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86767

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍6😁5🔥4🤩2
#Xalqaro_hamkorlik

“Vebster universiteti” rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


18-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Vebster universiteti” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda olib borilayotgan hamkorlik natijalari, universitet faoliyati hamda kampusni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86758

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘rg‘ontepa tumanidagi politexnikumda dual ta’lim samaradorligi oshmoqda

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 2-son politexnikumida bugungi kunda 903 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ulardan 275 nafari dual ta’lim yo‘nalishida o‘qib, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham mustahkamlab kelmoqda.

Mazkur o‘quvchilar tumandagi “Lens”, “Khantex Group”, “Tangjin uyroq”, “Xon tex” kabi yirik korxonalar va boshqa ishlab chiqarish subyektlarida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Quvonarli tomoni shundaki, dual ta’limda tahsil olayotgan yoshlar amaliyot davomida nafaqat kasbiy tajriba orttirmoqda, balki o‘z mehnatlari evaziga oylik daromad ham olmoqda. Bu esa ularning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirib, mehnat bozoriga tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍7👏3🔥1🤩1
#InnoWeek_2025

✅ “Innoweek–2025” – Innovatsiyalar “parvozi” uchun imkoniyat!

Ilmiy g‘oyalarni – real mahsulotlar, texnologiyalar, startaplar,
va nihoyat ishlab chiqarish korxonalariga aylantirish uchun imkoniyat izlayapsizmi?

⏺Bu haqda “InnoWeek – 2025” doirasida Jahon banki ekspertlari ishtirokida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi”ga bag‘ishlangan tadbir davomida so‘z yuritiladi.

❗️Muhokamalar qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda!
Bu sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

📱Ro‘yxatdan o‘ting: www.innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Navoiyda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 700 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi

18-sentyabr kuni Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida 120 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etdi, 1300 ga yaqin bo‘sh ish o‘rini taklif qilindi, seminar va treninglar, biznes uchrashuvlari hamda startap loyihalari taqdimotlari tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilar Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmada 4 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etdi. Tadbirga 6 461 nafar talaba tashrif buyurib, ulardan 2 132 nafari ish beruvchilar bilan suhbat o‘tkazdi. Natijada 765 nafar talaba uchun ish joyi aniqlandi, 37 nafar talaba esa o‘z biznes loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/86762

#TalabaExpo2025 #bitiruvchilar_bandligi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat! Ogohlik davr talabi

🖊 Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʼoyalari bilan yoʼgʼrilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish TАQIQLАNGАN MАTERIАLLАR roʼyxati e’lon qilindi.

📆 2025-yil 2-sentyabr holatiga koʼra Roʼyxat👈

Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍10🔥1👏1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari diqqatiga!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kasbiy ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflarni tezkor qabul qilish uchun maxsus aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgan.

Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘z murojaatlarini quyidagi manzillarga yuborishlari mumkin:

📞 1006 qisqa raqami (Telefon)
🤖 @EduuzuniversalBot (Telegram)

Bundan tashqari manfaatlar to‘qnashuvi, ta’magirlik hamda korrupsion holatlar yuzasidan @eduuzanticor_bot yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berish imkoniyati yaratilgan.

Bildirilgan murojaatlar vazirlik mas’ullari tomonidan qabul qilinib, bevosita nazoratga olinadi.

Ma’lumot uchun: @EduuzuniversalBot orqali o‘rta maxsus va oliy ta’lim bo‘yicha ham muammo va takliflar qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍8🔥1
Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda

Yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar estetik qarashlarini rivojlantirish hamda milliy urf-odat va qadriyatlarni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirgan milliy liboslarni targ‘ib etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2025-yil 3–17-sentyabr kunlari 100 dan ortiq davlat, nodavlat va xorijiy OTM hamda ularning filiallari tomonidan 180 dan ortiq “Milliy liboslar” sayli, “Xon atlas” kuni, “Liboslar va hunarmandchilik” ko‘rgazmalari, “Milliy o‘yinlar”, turli chorlovlar va boshqa tadbirlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda jami 29 285 nafar talaba-yoshlar, 1 076 nafar tyutor, 103 nafar tarbiyachi-pedagog, shuningdek 6 721 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur tashabbuslar talaba-yoshlar o‘rtasida amaliy madaniy merosga mehr uyg‘otish, vatanparvarlik va milliy o‘zlikni anglash, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍8🔥3😁2
Forwarded from Tashkent Tech
Yangi tashkil etilgan Tashkent Tech (ToshTech) texnika universitetiga bepul tayyorlanish imkoniyati borligini bilarmidingiz?

Ayni kunlarda Universitetga bir yillik bepul tayyorlov kursi (Foundation)ga qabul boshlandi.

Ushbu Foundation kimlar uchun?
➖Umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari
➖Akademik litsey va texnikumlarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari
➖Oliygohga kirolmagan boshqa abituriyentlar

Kurslar asosiy o‘qish joyidagi dars jarayonlaridan tashqari haftasiga 3 marta tashkil etiladi.

Tayyorlov davomida texnik bilimlarga fokus qaratiladi:
Matematika, fizika, ingliz tili va muhandislik mutaxassisliklari asoslari. Oʻqishga kirish uchun kerak boʻladigan barcha fanlar.

Foundation — bu qulay format, sifatli darslar va Tashkent Tech (ToshTech) texnika universiteti 1-kursiga kirishda real ustunlik degani.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://tashkenttech-edu.uz/

Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish yakunigacha oz vaqt qoldi!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel.: +998 77 288 82 82

➖➖➖

Знали ли вы, что есть возможность бесплатно подготовиться к поступлению в новый технический университет — Tashkent Tech (ToshTech)?


На данный момент открыт приём на бесплатный годичный подготовительный курс (Foundation).

Кому подходит программа Foundation?
➖ Ученикам 11-х классов общеобразовательных школ
➖ Выпускникам академических лицеев и техникумов
➖ Абитуриентам, которые не смогли поступить в вуз

Занятия проводятся 3 раза в неделю, помимо основного учебного процесса по месту обучения.

Во время подготовки особое внимание уделяется техническим дисциплинам:
математика, физика, английский язык и основы инженерных специальностей — все предметы, необходимые для поступления.

Foundation — это удобный формат, качественные занятия и реальное преимущество при поступлении на 1-й курс технического университета Tashkent Tech (ToshTech)

Регистрируйтесь прямо сейчас: https://tashkenttech-edu.uz/

Спешите! До окончания регистрации осталось совсем немного времени!

📞 Для дополнительной информации:
Тел.: +998 77 288 82 82
❤25👍3🔥1👏1