#qabul2025 #grant #nodavlat
❗️Abituriyentlar uchun eslatma!
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
📝 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tahrirlandi. Ilova (rasm)da keltirilgan nodavlat OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar:
➖ davlat OTMlariga hujjat topshirmagan va bevosita nodavlat OTM imtihoni asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi (majburiy);
➖ nodavlat OTMdan tashqari davlat OTMlariga ham hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin davlat OTMlariga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirishi shart emas. Shuningdek, to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etishni istamasa, ularga qayta test topshirish imkoniyati beriladi.
🗓 Muhim sanalar:
Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
Test sinovlari: 12-oktyabrgacha oʻtkaziladi
Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq boʻladi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.
Batafsil: https://t.me/eduuz/38258
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤34👍7🔥1
Forwarded from Innovatsion rivojlaniş agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025
“InnoWeek–2025”da ilm, g‘oya va innovatsiyalar bir maydonda!
Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!➡️ www.innoweek.uz
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
“InnoWeek–2025”da ilm, g‘oya va innovatsiyalar bir maydonda!
Ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🔥5👍4🤩2
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏃♂️ “Talaba — yugur” sport musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasining bahorgi mavsum final bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda 5 mingdan ortiq talaba hamda 248 dan ortiq professor-o‘qituvchi va xodimlar ishtirok etdi.
Mazkur musobaqa Vazirlik hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida, “Ommaviy yugurish tadbirlarini 2025-yilda o‘tkazish bo‘yicha yagona grafik” asosida tashkil etildi.
Natijalar “Yugur” platformasi (yugur.uz) orqali qayd etib boriladi.

❤17👏15👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak muhandislarini tayyorlaydigan universitet
Toshkent davlat texnika universiteti 2026-yilda QS World University Rankings roʻyxatida Top-1000 talikka kirdi va QS Stars reytingi boʻyicha 4 yulduz bilan baholandi. Ushbu ko‘rsatkichlar universitetning ta’lim sifati, ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorliklari va infratuzilmasi xalqaro standartlarga muvofiq rivojlanayotganligini tasdiqlaydi.
📹 Videolavha orqali universitetda amalga oshirilayotgan asosiy loyihalar, laboratoriyalar faoliyati va xalqaro hamkorliklar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat texnika universiteti 2026-yilda QS World University Rankings roʻyxatida Top-1000 talikka kirdi va QS Stars reytingi boʻyicha 4 yulduz bilan baholandi. Ushbu ko‘rsatkichlar universitetning ta’lim sifati, ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorliklari va infratuzilmasi xalqaro standartlarga muvofiq rivojlanayotganligini tasdiqlaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤5🤔2
Kelajak – zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir!
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini yo‘lladi.
Unda kuni kecha BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ta’lim sohasidagi islohotlar natijalari jahon hamjamiyatida katta e’tibor va qiziqish uyg‘otgani ta’kidlandi.
Xususan, keyingi yillarda oliy va kasbiy ta’lim masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani qayd etildi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida o‘tgan sakkiz yil ichida oliygohlarimiz soni 77 tadan 202 taga, talabalar soni esa 250 mingdan 1,5 millionga yetdi. Yoshlar uchun oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati ko‘paytirildi. O‘qituvchilarning oyligi sezilarli darajada oshirildi.
— deyiladi tabriknomada.
Shu maqsadda bir yil ichida 100 ta texnikumda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tashkilotlarining ilg‘or o‘quv dasturlari joriy etiladi.
Mamlakatimizda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Texnikumlardagi xorijiy til soatlari to‘rt karra ko‘paytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi, raqamli ochiq platforma ishga tushirilib, unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahalliy va xorijiy ish beruvchilar uchun e’lon qilinadi.

“Kelajak – zamonaviy bilim bilan qurollangan kasb-hunar egalarinikidir. Biz bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim.”
— deyiladi tabriknomada.
Shu maqsadda bir yil ichida 100 ta texnikumda rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tashkilotlarining ilg‘or o‘quv dasturlari joriy etiladi.
Mamlakatimizda dual ta’lim bilan qamrov 5 barobar oshiriladi. Texnikumlardagi xorijiy til soatlari to‘rt karra ko‘paytiriladi.
Umuman, kelgusi yildan yangi, raqamli ochiq platforma ishga tushirilib, unda texnikum bitiruvchilarining kasbiy ko‘nikmalari haqidagi ma’lumotlar mahalliy va xorijiy ish beruvchilar uchun e’lon qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤36👍15
🎉 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni!
Aziz ustoz va murabbiylar!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori – bilimli va salohiyatli avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatingiz yurtimiz kelajagi uchun beqiyos hissadir.
Sizlarga sogʻlik-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda katta yutuqlar tilaymiz. Shogirdlaringiz muvaffaqiyatlari har doim sizning faxringiz va quvonchingiz boʻlsin.

1❤74👍18🔥7🎉5👏1
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekistonning oliy ta’lim va fan sohasidagi islohotlari Sukuba konferensiyasida taqdim etildi
Yaponiyaning Sukuba shahrida “Yangi cho‘qqilar sari jamiyat bilan hamkorlikda” shiori ostida o‘tkazilayotgan To‘rtinchi Sukuba konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
1-oktabr kuni Sukuba xalqaro kongress markazida start olgan nufuzli anjumanda sanoat, davlat boshqaruvi va akademik doiralari vakillari jahonning dolzarb muammolarini muhokama qilish, fan va texnologiya orqali yechim topish hamda tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida samarali aloqalar o‘rnatish maqsadida to‘planishdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90057

❤35👍9🔥6
Vazir Yaponiyada yoshlar bilan uchrashdi
Yaponiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhsinxoʻja Abdurahmonov bilan birgalikda Yaponiyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar, mamlakatimizga qiziqish bildirgan yapon talabalari, Oʻzbekiston haqida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yapon tadqiqotchilari, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan magistr va doktorantlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Yoshlar vazirga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Oʻzbekistondagi taʼlim islohotlari, ilmiy grantlar, stajirovkalar, akademik almashinuv dasturlari, hamda startaplarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari haqida maʼlumot oldilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/90111

❤37👍16🔥2🤔2🎉2