Edu.uz
✔
144K subscribers
40.5K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
✅✅✅✅

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, mas’ullar bilan uchrashdi.

Xususan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari rektorlari va texnikumlar direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida so‘z yuritildi hamda yig‘ilganlarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.

Hilola Umarova shu kuni “Mono” markazi hamda 2-sonli tibbiyot texnikumida ham bo‘lib, mas’ullar bilan fikr almashdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31👍17🤔3😁2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

🌐 “InnoWeek”da ishtirok eting va sertifikatga ega bo‘ling!

Eslatib o‘tamiz, buning uchun dastavval www.innoweek.uz sayti orqali umumiy, shundan so‘ng alohida tadbirlar uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Misol uchun, “O‘zbekiston ilm-fan forumi”da ishtirok etib, sertifikatini olishni istasangiz, rasmiy sayt orqali tadbirga avvaldan yozilasiz.

Tadbirda ishtirok etganingizdan so‘ng shaxsiy kabinetingizdagi “Sertifikatlar” bo‘limidan tasdiqlovchi hujjatni yuklab olishingiz mumkin.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍6
#talaba_yugur

“Talaba — yugur” Surxondaryoda: yoshlar sogʻlom hayot yoʻlida!

Yurtimizda soʻnggi yillarda talabalarni sogʻlom turmush tarziga oshno etish, ularni muntazam sport bilan shugʻullanishga ragʻbatlantirish maqsadida “Talaba — yugur” ixtiyoriy yugurish musobaqasi anʼanaga aylangan.

4-oktyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligidagi Тermiz shahri markazida “Talaba — yugur” ixtiyoriy yugurish musobaqasi oʻtkazildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍8😁2🎉2🥰1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash_marosimi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida bo‘lib o‘tgan, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025-yil davomida tashkil etilgan tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan videolavha!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥10👍4🎉1
#Sahro_sadosi #TDIU

Sahro Sadosi” – Ellikqal’ada an’anaga aylangan xalqaro festival boshlandi!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi va Ellikqal’a tumani hokimligi hamkorligida “Sahro Sadosi” III xalqaro festivali o‘z ishini boshladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani turizm salohiyatini rivojlantirish, mintaqaning boy tarixiy va tabiiy merosini keng jahon hamjamiyatiga targ‘ib qilishni ko‘zda tutadigan mazkur festivalda 100 dan ortiq xorijiy mehmonlar, mingdan ortiq talaba-yoshlar, mahalliy aholi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Festival doirasida Ellikqal’a tumanidagi 61-sonli informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakatimizda turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar, ochiq muloqotlar va taqdimotlar tashkil etildi.

Shuningdek, tumandagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib, unda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Festivalning asosiy tadbirlaridan biri Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l turistik majmuasida o‘tkazilgani alohida ahamiyat kasb etdi. Xorijiy mehmonlar, jurnalistlar va sayyohlar ishtirokida o‘tayotgan bayramona dasturlar — milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari, an’anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmalari — mintaqaning madaniy boyligini namoyon etmoqda.

Festival doirasida Aqchako‘l sohillarida talaba-yoshlar o‘rtasida bir qator sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar Tuproqqal’a yodgorliklarini bevosita borib tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ellikqal’a tumani markazida joylashgan amfiteatrda o‘tkazilgan konsert-shou dasturi hamda badiiy-musiqiy chiqishlar tomoshabinlarda katta hayajon va unutilmas taassurotlar uyg‘otdi.

TDIU tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” xalqaro festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasining turistik brendini shakllantirishda, hududning iqtisodiy va madaniy imkoniyatlarini xalqaro miqyosda tanitishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Shu bilan birga, festivalning ilmiy-ma’rifiy qismi turizm sohasi mutaxassislari, yosh olimlar va talaba-yoshlar uchun tajriba almashish, yangi g‘oya va yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini bermoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍8🤩3😱2😁1
✍️ “E voh” respublika olimpiadasi – ustozlarni ijod va tafakkur maydoniga chorlaydi!

O‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandi bo‘lgan barcha pedagoglar uchun katta imkoniyat!

21-oktyabr – "O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi “E voh” respublika ona tili va adabiyoti olimpiadasiga start berildi!

👉 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍15😁9😱1
Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat grantiga roʻyxatdan oʻtish muddati bugun yakunlanadi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat granti asosidagi o‘rinlar ajratilgan edi.

📅 Bugun — 5-oktyabr, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish uchun so‘nggi kun!

📝 Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar uchun test sinovlari 12-oktabrgacha o‘tkaziladi, natijalar esa 17-oktabrgacha e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍3🔥1