Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🎬 “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

✔️Ushbu tanlov 150 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilib, 2500 nafar yoshlarni qamrab oldi hamda munosib deb topilgan 80 ga yaqin ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar Respublika tashkiliy ishchi guruhga taqdim etildi.

🏛 Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tanlovning final bosqichiga tavsiya etilgan videoroliklar soha mutaxassislari bo‘lgan hamkor tashkilot vakillaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:

🥇1-o‘rin: O‘zXIA Ijodiy jamoasi;
🥇1-o‘rin: Progress jamoasi – NavDKTU talabalari;
🥈2-o‘rin: Munojat Po‘latova – UrDU talabasi;
🥈2-o‘rin: Lawers jamoasi – “Cyber University” talabalari;
🥉3-o‘rin: Stomatologiya jamoasi – BuxDTI talabalari;
🥉3-o‘rin: Iqbola Jahongirova – O‘zMU talabasi;
🔹4-o‘rin: Feruza Baltabayeva – NamDU talabasi;
🔹4-o‘rin: Diana Kabilova – UrDTI talabasi;
🔹5-o‘rin: Shaxriyor Ramazanov – SamDTU talabasi;
🔹5-o‘rin: Firdavs Dilmurodov – TDIU talabasi.

🏆 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda 1-o‘rin 15 million so‘m, 2-o‘rin 12 million so‘m, 3-o‘rin 10 million so‘m, 4-o‘rin 8 million so‘m va 5-o‘rin 5 million so‘m miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Pul mukofotlari o‘rin olgan ishtirokchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarning ijodiy ishlari ertaga @yoshlareduuz Telegram kanaliga joylanadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3
#qonunchilik_yangiliklari

5-may – “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–316-son qarori (23.10.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi, jumladan:

➖ xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;
➖ 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;
➖ kasbiy ta’lim tizimida dual ta’lim ulushini amaldagi 9 foizdan 40 foizga yetkazish;
➖kasbiy sertifikatga ega ishlab chiqarish ta’limi ustalari ulushini 30 foizga yetkazish;
➖ xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafargacha oshirish.

Endilikda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

📝 2026-yildan boshlab 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi. Uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍4😁1
#sharh

Kasbga o‘qitishning uzliksiz tizimi joriy qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh
____

Внедряется непрерывная система профессионального обучения

Комментарий к УП «О мерах по повышению эффективности управления в системе профессионального образования» и ПП «О мерах по реализации реформ в системе профессионального образования»

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍6
#vazir_maqola

Oʻzbekistonning YUNESKO bilan taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi keng koʻlamli hamkorligi Xitoy ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida


Xitoyning yetakchi turizm nashri “VICTWO” Oʻzbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Oʻzbekiston va YUNESKO: Taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi” sarlavhali maqolasini chop etdi.

Nashrda bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro miqyosda taʼlim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirayotgani va bu jarayonda YUNESKO bilan munosabatlar alohida oʻrin tutishi taʼkidlangan.

👉 Xitoy tilida o‘qish
👉 Ingliz tilida o‘qish
👉O‘zbek tilida o‘qish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26❤16👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥2🥰1
Qonunchilik palatasi Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani ratifikatsiya qilishni ma’qulladi

28-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish global konvensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy ta’lim bo‘yicha global shartnomasi hisoblanadi.

Shartnoma muqaddima, 6 bo‘lim va 25 moddadan iborat bo‘lib, talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning malakalarini tan olish va ularning erkin harakatlanishiga ko‘maklashish, oliy ta’limga oid hujjatlarni tan olishda barcha mintaqalar uchun umumiy va kelishilgan tamoyillarni ishlab chiqish uning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

Ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilish oliy ta’lim sohasidagi malakalarni adolatli, shaffof va kamsitmasdan tan olish uchun asos yaratadi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/96641

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7
#Tayinlov

Prezidentning tegishli qarori bilan Husanov Azimjon Nozimjonovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤21👏9🤔4😁2