Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Xitoy taʼlim vazirlari Samarqandda hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildilar

Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bilan bir vaqtda oʻtkazilayotgan xalqaro uchrashuvlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xitoy Xalq Respublikasi taʼlim vaziri Xuay Szinpin bilan muzokaralar olib bordi.

Suhbat chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, muhandislik taʼlimi, raqamli texnologiyalar, kasbiy taʼlim va pedagog kadrlar tayyorlash sohalaridagi istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/98735

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga O‘zbekiston va Xitoy ikkinchi ta’lim forumi boshlanadi

Mazkur xalqaro anjuman joriy yil 2–3-noyabr kunlari (soat 11:00) O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etiladi.

Anjumanda ikki davlatning taʼlim sohasidagi mutasaddilari, 160 dan ortiq oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rektor va direktorlari ishtirok etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍2
Namangan davlat universiteti xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirmoqda

Namangan davlat universiteti delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xorijiy ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish hamda ilm-fan sohasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytdi.

Amaliy safar davomida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ilmiy-innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, ta’lim jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan ikki tomonlama anglashuv memorandumlari imzolandi.

#NamDU #XalqaroHamkorlik #IlmFanRivoji

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏7👍1🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshlash arafasida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilayotgan mazkur xalqaro anjuman “Yangi avlod kadrlarini tayyorlash: ta’lim, fan va innovatsiyalar orqali O‘zbekiston va Xitoyning barqaror taraqqiyot sari hamkorligi” mavzusida o‘tkaziladi.
___

在塔什干 乌兹别克斯坦-中国第二届教育论坛开幕式即将开始

本次国际会议在乌兹别克斯坦国立世界语言大学举办,主题为“培养新一代人才:

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤6🔥2😱1