Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#muhokama_2030

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasi regulation.adliya.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

❗️Ushbu muhokamada faol ishtirok etishingizni so'rab qolamiz.


Havola orqali o'tib, Farmon loyihasi matni bilan tanishishingiz mumkin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil davomida ta’lim sohasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

2025-yilda oliy, o‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Ta’lim jarayonlari raqamlashtirildi, qabul jarayonlari yagona platformada yo'lga qo'yildi, stipendiya va ijara to'lovini qoplab berish hamda grantlarni qayta taqsimlash jarayonlari elektron shaklga o‘tkazildi.

Shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarni joriy etish, tizimlararo integratsiyalarni kengaytirish va yangi ta'lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Mazkur ishlar ta’lim sohasida shaffoflikni ta’minlash, ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish hamda ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍5🔥2👏2
#Sarhisob2025 #eduuz

🧑‍🎓 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining @eduuz kanalidagi postlar yil davomida 79.7 mln martadan ko‘p ko‘rildi

Vazirlik kanalining TGStat platformasidagi statistikasiga ko‘ra:

➖ yil davomida 3.3 mingdan ortiq post joylangan (repostlar bilan birga);

➖ yil davomida kanaldagi postlar jami 79.7 mln marta koʻrildi;

➖ kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va oʻzaro bir-biriga 438.7 ming martadan ko‘p ulashgan (forvard qilgan);

➖ kanaldagi eng mashhur post jami 930.6 mingdan ko‘p ko‘rilib, 22.4 mindan ortiq ulashilgan;

➖ 3 064 ta kanal bizdan iqtibos olgan, 33.9 ming marta boshqa kanallar eslagan, 56.2 ming marta repost qilishgan;

➖ yil davomida joylangan postlarga 96.3 mingdan ortiq reaksiya bildirilgan bo‘lsa, izohlarda 7 mingga yaqin sharhlar qoldirildi.

Kanalimiz TGStat platformasidagi “Taʼlim” reytingida iqtibos indeksi bo‘yicha 1- va obunachilari soni bo‘yicha 20-oʻrinda qayd etildi.

Bizni kuzatib borayotgan barcha obunachilarimizga minnatdorlik bildiramiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤35👍23🎉7🔥6👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob

📹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yilgi faoliyati sarhisobi bilan tanishing (video).

Batafsil.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥18❤14👏5🎉3😁2
#IELTS

IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi


O‘zbekistonda IELTS imtihonining yangi formatiga moslashishda yordam berish maqsadida Examy.uz platformasidan qisqa muddatli bepul foydalanish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur imkoniyat doirasida foydalanuvchilar:
-Listening,
-Reading,
-Writing,
-Speaking.
bo‘limlari bo‘yicha cheklovsiz testlar ishlab, real imtihon muhitida mashq qilishlari mumkin.


⏳ Foydalanish muddati: 2-yanvardan 7-yanvargacha
Platforma: https://examy.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4❤48🔥12👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasining mazmun-mohiyati hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu yo‘ldagi jo‘shqin va serqirra faoliyati – “Yil va yo‘l” hujjatli filmida.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤26👍5🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari muhim tadbir o‘tkaziladi.

✅ Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich 15–31-yanvar

17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.

2-bosqich 4–28-fevral

“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.

❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.


Savolnoma tarkibi
:

Jami savollar soni: 71 ta;
Aholiga oid: 54 ta;
Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta.

❗️Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.


✅ Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KorrupsiyasizSoha

Korrupsiya – ko‘rinmas virus


Korrupsiya jamiyat ildiziga urilgan bolta, yoshlarning orzularini so‘ndiradigan jinoyat, halol mehnat qilgan insonning haqqini tortib oladigan adolatsizlikdir. U nafaqat bugunimizni, balki kelajagimizni ham o‘g‘irlaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurash – qonun talabi hamda har birimizning vijdon va fuqarolik burchimizdir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤7🔥6🤔1
#diqqat

✔️ 2026-yil 15-yanvardan mustaqil izlanuvchilikka arizalar qabuli boshlanadi.

Jarayon Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

🔴Mustaqil izlanuvchilik — bu falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.


❗️ Eslatma, mustaqil izlanuvchilikka ariza topshirishda xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥16👍5👏1
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosarlari tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

- Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

- Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤10🥰1🤔1
💨 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda

⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidladi.

🇺🇿 So‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.

⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.

❗️Shunga ko‘ra, Strategiya loyihasi uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Marhamat, muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🗣Strategiya loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha savol va takliflaringizni
📞 (71) 239-49-38,
📞 (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga
✉️ info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborish mumkin.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍4🔥2
#qabul2026
#akademik_litsey

⚡️2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2❤86🔥21👏12👍5🎉4
Yangi Oʻzbekiston va oliy taʼlim: xalqaro nigoh

The International Asia Today xalqaro axborot-tahliliy onlayn nashrida “Oʻzbekistonda oliy taʼlimni transformatsiya qilish: kuchli jihatlar, imkoniyatlar va Yangi Oʻzbekiston sari yoʻl” nomli tahliliy maqola chop etildi.

Maqola Malayziya xalqaro islomshunoslik universiteti professori Shukran Abd Rahman, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Shahzod Islomov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi Fazliddin Muminov hammuallifligida tayyorlangan.

Unda global geosiyosiy va texnologik oʻzgarishlar sharoitida inson kapitaliga sarmoya kiritish zarurati, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan yangi konseptual yondashuvlar hamda oliy taʼlim tizimining barqaror iqtisodiy oʻsish va innovatsion taraqqiyotdagi oʻrni tahlil qilingan.


Maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining kuchli jihatlari, mavjud imkoniyatlari va Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga mos keluvchi istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari asoslab berilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍5👏5
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori etib tayinlandi.

B. Jollibekov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏36❤23👍8🔥4🎉1
#soʻragan_edingiz

❓Savol: Qizim maktab bitiruvchisi, bu yil OTMga hujjat topshirmoqchi. Rus maktabda o‘qiydi. Tarix fanidan rus tilida o‘qituvchi topilmagani sababli, hozir o‘zbek tilidagi o‘qituvchiga qatnashyapti. Agar tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olsa, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi? Yoki milliy sertifikat faqat topshirilgan til bo‘yicha (o‘zbek — o‘zbekka, rus — rusga) amal qiladimi?

✅ Javob: Ha, mumkin. Tarix fanidan milliy sertifikat qaysi tilda olinganidan qat’i nazar, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishga to‘sqinlik qilmaydi. Milliy sertifikatda asosiy mezon — fan natijasi, uning topshirilgan tili emas. Shuning uchun tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olgan holda ham rus guruhga hujjat topshirish mumkin.

ℹ️ Muhim izoh:
Milliy sertifikatda til masalasida istisno faqat “Ona tili va adabiyot” faniga taalluqli.
Ona tili va adabiyot bo‘yicha:
— o‘zbek tili va adabiyoti,
— rus tili va adabiyoti,
— qoraqalpoq tili va adabiyoti
alohida fanlar hisoblanadi.


Shuning uchun ona tili va adabiyot fanidan olingan sertifikat faqat shu til bo‘yicha mos guruhda inobatga olinadi.

Boshqa fanlarda — tarix, matematika, fizika va shu kabi fanlarda — sertifikat tilga bog‘lanmaydi. Ya’ni, bu fanlardan sertifikatni qaysi tilda topshirilgani guruh tanloviga ta’sir qilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Akkreditatsiya

📣Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi


⚡️Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan ta’lim tashkilotlari kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

🏛Bitiruvchisi bo‘lgan yoki akkreditatsiya muddati tugagan ta'lim tashkilotlari kompleks davlat akkreditatsiyasidan;

📁Yangi tashkil etilayotgan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

📥Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish uchun arizalar accreditation.nqaae.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

✅Ariza topshirish boʻyicha batafsil ma’lumot video yoʻriqnomada keltirilgan.

☑️Oliy ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayoni bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍3🔥2👏1
#Olimlar_minbari
#30.12.2025-04.01.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Yurtimiz taraqqiyotining “Yo‘l xaritasi” yoxud davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasidan keyingi o‘ylar” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;

“
Sun’iy intellekt asosida diagnostika. Yurtimiz tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalar izchil qo‘llanilmoqda” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Xalqaro munosabatlar tarixida muhim voqea” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

«Когда патриотизм становится делом» — Мавлюда АБДУЛЛАЕВА, профессор Университета общественной безопасности Республики Узбекистан;

«Юридическое образование Узбекистана: новый этап развития» — Робия ТОШБОЕВА, профессора ТГЮУ;

“Ta’limga kiritilgan sarmoya – kelajak kafolati” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

“Oliy ta’lim islohotlari ishonch va institutsional barqarorlikda yaqqol namoyon” — Aziza BOZORBOYEVA, Farg‘ona davlat universiteti prorektori;

“
O‘zbekiston koinot sari: kelajakka qaratilgan strategik tanlov” — Sunnatilla G‘OYIBNAZAROV, Toshkent davlat texnika universiteti dekani;

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9🔥2
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Xoliqulov O‘tkir Mirzakamolovich Olmaliq davlat texnika instituti rektori etib tayinlandi.

O‘. Xoliqulov tayinlovga qadar Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍53❤14👏13🎉9🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yangi tahrirda tayyorlandi

Muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.

🌐 uzbekistan2030.uz
🌐 regulation.gov.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2
“Zakovat” intellektual o‘yinida talaba yuborgan savoli uchun avtomobil bilan taqdirlandi

“Zakovat” intellektual o‘yinining 25 yillik yubiley mavsumi doirasida o‘tgan yilgi final bahsida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Muhammadjon Maxadaliyev tomonidan yuborilgan savol eng yaxshi savol sifatida e’tirof etildi va u elektromobil krossover bilan taqdirlandi.

Final bahsi uchun Muhammadjon Maxadaliyev Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid mazmunan chuqur va mantiqan puxta savol taqdim etdi. Ushbu savol dolzarbligi, tuzilishi va intellektual darajasi bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Ta’kidlash joizki, talaba javobi uchun emas, aynan savol yuborgani uchun mukofotga loyiq ko‘rildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34👏13❤7😱1