Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xaqaro_hamkorlik

Yaponiyaning Nagoya universiteti rasmiy saytida Oʻzbekiston bilan hamkorlikka bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi


Nagoya University rasmiy veb-saytida “Yuqori darajadagi uchrashuvlar Nagoyya universitetining Oʻzbekiston bilan kengayib borayotgan hamkorligini yanada mustahkamladi” sarlavhali maqola chop etildi.

Unda Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik, jumladan, Nagoya University bilan yoʻlga qoʻyilgan qoʻshma tashabbuslar, akademik almashinuv va ilmiy hamkorlik masalalari keng yoritilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤9
#Barkamol_avlod #Final

Qo‘qonda “Barkamol avlod – 2025” belbog‘li kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi


2025-yil 13–16-dekabr kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalari doirasida belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi o‘tkazildi.

Respublika final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 117 nafar akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari kuch sinashdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida:
🥇 1-o‘rin — Farg‘ona viloyati
🥈 2-o‘rin — Namangan viloyati
🥉 3-o‘rin — Qashqadaryo viloyati
jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Volontyorlik haqida gaplashamiz – Shirin Obidova

Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, 70 dan ortiq loyihalar, 250 dan ortiq volontyorlik harakatlari... Siz bu haqida eshitganmisiz?

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12🔥6👍4👏1🤩1
#xalqaro_hamkorlik

GIZ bilan yashil ko‘nikmalar bo‘yicha shartnoma imzolandi


2026-yil 16-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan "Green Skills for a Green Economy in Central Asia" loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov, GIZning O‘zbekistondagi direktori Joachim Fritz hamda loyiha maslahatchisi Jahongir Jo‘rayev ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, dual ta’limni rivojlantirish hamda "yashil iqtisodiyot" sohalari uchun zamonaviy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Mazkur hujjat loyiha doirasida amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab, kelgusida bosqichma-bosqich aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish va ajratilgan grant mablag‘laridan samarali foydalanishni nazarda tutadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/120914

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍7🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

GIZ bilan yashil ko‘nikmalar bo‘yicha shartnoma imzolash
jarayonlaridan video lavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤12🤩3🥰1