#xizmat_safari #Andijon
Oliy taʼlim sifatini oshirish masalalari Andijonda muhokama qilindi
16-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov xizmat safari doirasida Andijon viloyatida boʻlib, Andijon davlat universiteti faoliyati bilan tanishdi.
S. Rajabov viloyatdagi davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan uchrashib, 2025-yilda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, 2026-yil uchun belgilangan ustuvor yoʻnalishlar ijrosi yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy boʻlimi uchun qurilayotgan bino koʻzdan kechirilib, obyektni zamonaviy talablar asosida jihozlash boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
S.Rajabov Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurib, xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida o‘quv jarayonlari va zamonaviy metodlar ko‘zdan kechirildi hamda yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/120845
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤12👍10
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤7🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
12 ta xorijiy tilda kontentlar yaratiladigan media markaz ishga tushdi
Samarqand davlat chet tillar institutida zamonaviy texnika, foto-video va ovoz yozish uskunalari, maxsus dasturlar hamda professional ovoz yozish studiyasi bilan jihozlangan media markaz tashkil etildi.
Markazda professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan hamda sunʼiy intellekt yordamida taʼlim muassasasida oʻrgatilayotgan 12 ta xorijiy tilda axborot mahsulotlari, podkastlar va turli media kontentlar yaratiladi.
Shuningdek, talabalar ishtirokida “Yangi Renessans” gazetasi, institut radiosi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, turli tillarda audio kitoblar va lavhalar tayyorlanadi.

👍27❤21🔥7👏3🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga kafolatlangan ish — yangi imkoniyat!
“Sayilgoh” podkastining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Dilshod Temirov mazkur tizim yuzasidan eng dolzarb savollarga javob berdi.
Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Talabalarning kontrakt to‘lovlari qoplab berilib, ular o‘qishni tamomlagach, kafolatlangan ish bilan ta’minlanadi. Ushbu mexanizm qanday ishlaydi? Talaba bundan foydalanish uchun nimalarni bilishi va qanday qadamlar qo‘yishi kerak?
“Sayilgoh” podkastining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Dilshod Temirov mazkur tizim yuzasidan eng dolzarb savollarga javob berdi.
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍14🤔6🔥2
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
#tayinlov
Kasbiy ta’lim agentligiga matbuot kotibi tayinlandi
Samandarova Sadoqat Sohibjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Sadoqat Samandarova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). U turli yillarda “O‘zbekiston” telekanalida muharrir, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida mutaxassis lavozimida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali 1-toifali muxbiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Telegram | Instagram

👍51❤32🥰4👏2🤔2
❗️DIQQAT, E’LON!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
🎓 Prezident davlat stipendiyasi uchun:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabgor nomzodlar “O‘zbekiston tarixi”, “Axborot texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” fanlaridan test sinovlarida ishtirok etadilar.
🗓 Test sinovlari sanasi: 2026-yil 27-yanvar
📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy (Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi).
⏰ Test sinovlariga talabgorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari qat’iy so‘raladi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: 2025/2026-oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovini oʻtkazish REJAsiga koʻra, nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan talabgorlarning ilmiy ishlari va erishgan yutuqlari ekspertlar tomonidan baholanadi.
Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.

❤61👍17
#seminar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026-yil 22–23-yanvar kunlari soat 10:00 da oliy taʼlim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari uchun seminar oʻtkaziladi.
Seminarda 100 dan ortiq davlat, 70 dan ziyod nodavlat va xorijiy taʼlim tashkilotlarining sohaga masʼul rahbar xodimlari ishtirok etadi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 7-uy.
Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.

❤13👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar shaharchasi — ta’lim, sport va yangi imkoniyatlar maskani
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasida yoshlar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2 va 3-talabalar turar joylari to‘liq joriy ta’mirdan chiqarilib, xonalar yangi, zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlandi. Talabalar uchun zamonaviy kir yuvish xonalari va kompyuter xonalari tashkil etildi, qizlar uchun karaoke va kino zallari yaratildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Talabalar shaharchasi hududi obodonlashtirilib, manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.
Shuningdek, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy workout zonasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan Talabalar shaharchasida Ma’naviyat va yoshlar markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Unda fitnes, media, zakovat va dars tayyorlash xonalari hamda zamonaviy kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6🎉1
O‘zbekiston-Italiya: Xalqaro ilmiy-amaliy seminar
Joriy yilning 2–3-fevral kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston va Italiya mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.
🎓 Seminarda Italiya oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, muhandislik kompaniyalari vakillari, xalqaro darajadagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etadi.
📍 Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU yangi o‘quv binosi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📞 +998939960004
📥 samdaqu@samdaqu.edu.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Joriy yilning 2–3-fevral kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston va Italiya mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.
✅ 2-fevral
Mavzu: Yangi urbanizatsiya konsepsiyasi: urbanizatsiya, san’at va madaniyat, muhandislik va arxitektura, ekobarqarorlik. Italiya va O‘zbekiston tajribasi
Seminar doirasida:🟣 Yangi urbanizatsiya yondashuvlari;🟣 San’at va madaniyatning shahar rivojidagi o‘rni;🟣 Ekologik barqaror arxitektura;🟣 Universitetlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolash marosimi;🟣 Davra suhbatlari va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.✅ 3-fevral
Mavzu: Inshootlarni seysmik himoyalash: Italiya va O‘zbekiston tajribasi
Kun tartibi:🟣 Seysmik izolyatsiya texnologiyalari;🟣 Zamonaviy muhandislik yechimlari;🟣 3D bosma inshootlarda seysmik sinovlar;🟣 Amaliy taqdimotlar va ekspertlar bilan savol-javoblar;🟣 Xalqaro hamkorlik doirasida anglashuv memorandumi imzolash.
🎓 Seminarda Italiya oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, muhandislik kompaniyalari vakillari, xalqaro darajadagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍6🔥2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_uchun
Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍24❤11🔥7🤩2🎉1
#Olimlar_minbari
#12-18.01.2026
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Ilm-fan – taraqqiyot kaliti” — Fazliddin MO‘MINOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
“Har birimiz yurt posbonimiz” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“Ilmiy salohiyat va taraqqiyotga undovchi da’vat” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori;
“Do‘stona munosabatlarga asoslangan hamkorlik” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor;
“Hamkorlik va halollik – iqtisodiyotning asosiy omili” — Nizomiddin HAYDAROV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
“Yurt himoyasi – eng oliy sharaf” — G‘aybulla ALIMOV, Jamoat xavfsizligi universiteti professori;
“Qoida yaratuvchi va bozor o‘rtasidagi muvozanat” — Sohibjon TOPILDIYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;
“Raqamli yuridik ta’lim ijtimoiy davlatning muhim yo‘nalishi” — Shuhrat RO‘ZINAZAROV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
“Giyohvandlik – illat. Uni yo‘qotish esa o‘zimizga bog‘liq” — Murodbek O‘ROZALIYEV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
“Sun’iy aql: jadid qalbidan chiqqan ilk hayqiriq” — Halim SAIDOV, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori;
«Махалля - центр формирования прогрессивного и инклюзивного общества» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;
«Сердце родины бьется в ритме единства и солидарности» — Абдурахмон НОРИНБОЕВ, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.

❤22👍5👏5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz
Biz hayotni tanlaymiz!
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik kabi zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali talabalari “Biz hayotni tanlaymiz” shiori ostida giyohvandlikka qarshi yo‘naltirilgan obrazli raqs etyudi namoyish etishdi.
Mazkur sahna asari orqali giyohvandlikning inson hayotiga salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari hamda sog‘lom hayotni tanlashning muhimligi badiiy ifoda vositalari orqali yoritib berilgan.

❤11👍2🔥2👏1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
#tayinlov
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutiga direktor tayinlandi
Kazakova Saxiba Abdurayimovna Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Saxiba Kazakova Navoiy davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.
Faoliyati davomida umumta’lim maktabida o‘qituvchi, Navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limida metodist, Respublika ta’lim markazida bo‘lim boshlig‘i, Osiyo taraqqiyot bankining STEM ta’limi bo‘yicha milliy konsultanti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bo‘lim boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

👍54❤23🤔8🔥5👏1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INNO Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki
Aziz talabalar, oʻquvchi-yoshlar siz poytaxtimizning talabalar shaharchasida texnopark borligini bilasizmi? U yerdagi imkoniyatlardan xabardormisiz?
Texnoparkadagi barcha imkoniyatlar siz yoshlar uchun, gʻoyalaringizni sinovdan oʻtkazish, amaliyotga joriy etishga koʻmaklashish uchun yaratilgan.
Video “Kelajak soati”ning navbatdagi darsi uchun tayyorlandi. Men darslarimiz oʻquvchi-talabalarga mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot beradigan mana shunday kontentlar bilan boyitilayotganidan xursandman.
Yana qanday mazmundagi ma’lumotlar sizlar uchun qiziq? Takliflaringizni, albatta, yozing, yuboring, jamoa a’zolari har bir fikrni oʻqib, loyihani rivojlantirib borishga tayyor!
@hilola_umarova

❤29👍18🔥12😁5🤔3