Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar #KorrupsiyagaQarshiKurash

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026-yil 22–23-yanvar kunlari oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirda 100 dan ortiq davlat, 70 dan ortiq nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining sohaga mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasida belgilangan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid vazifa va topshiriqlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/123019

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍4
Oʻzbekiston Prezidenti Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi.

Tinchlik kengashining tashkil etilishi Oʻzbekiston tashqi siyosatining tinchlikni taʼminlash borasidagi tashabbuslari va koʻp qirrali hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalariga mosdir. Yangi tuzilma BMTning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan qoʻllab-quvvatlangan Gʻazo sektoridagi mojaroni tugatish boʻyicha kompleks rejani amalga oshirish doirasida shakllantirilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤13🔥2🤔2
#soʻragan_edingiz

Faoliyati tugatilgan oliy harbiy ta’lim muassasasi diplomini qanday tasdiqlatish mumkin?


❓SAVOL: Men 2005-yilda harbiy bilim yurtini tugatganman. Hozirda attestatsiyadan o‘tish jarayonida diplom.edu.uz platformasi orqali ma’lumotlarimni kiritdim. Ammo men o‘qigan oliygoh faoliyati tugatilgan. Bunday holatda diplomimni kim tasdiqlaydi va qayerga murojaat qilishim kerak?

✅ JAVOB: Diplom maʼlumotlarini tasdiqlatish hamda diplom.edu.uz maʼlumotlar bazasiga joylashtirish maqsadida oliy harbiy taʼlim muassasasi bitiruvchisi oliy harbiy taʼlim muassasasiga, faoliyati tugatilgan oliy taʼlim muassasasini bitiruvchisi huquqiy voris etib belgilangan oliy taʼlim muassasasiga, butunlay tugatilgan oliy harbiy taʼlim muassasasi bitiruvchisi esa u boʻysunuvchi yuqori turuvchi tashkilotga, yaʼni tegishli vazirlikka murojaat qilishi lozim.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda diplom ma’lumotlarini raqamlashtirish maqsadida diplom.edu.uz ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda. Ushbu ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida fuqarolar imkoniyatidan ham foydalanilmoqda. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining qo‘shma qarori bilan “Oliy ta’lim olganlik haqidagi diplom ma’lumotlarini qo‘shish yoki tahrirlash uchun ariza yuborish elektron xizmatini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan. Fuqarolar ushbu Nizomga asosan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza berishlari mumkin. Ariza 15 ish kunida tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va diplom ma’lumotlari tasdiqlanadi. Ushbu Nizom harbiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4🔥1