Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #RasmiyTashrif #Turkiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.

Oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kutib oldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍8🔥6
#tanlov

“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi!


Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilinadi.

❓Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Oliy taʼlim tashkilotlarining (davlat, nodavlat hamda xorijiy) kunduzgi taʼlim shaklida statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va maʼlumotlar ilmi va tahlili (Data Schienche&Analytichs) yoʻnalishlarida tahsil olayotgan:

🔹 bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari;
🔹 magistratura bosqichi talabalari.

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

1️⃣ -bosqich – hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish (saralash bosqichi);
2️⃣ -bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);
3️⃣ -bosqich – tanlov komissiyasi aʼzolari bilan suhbat.

1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.

Hujjatlarni topshirish tartibi:

Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim:

📧 sto1@stat.uz

📋 Taqdim etiladigan hujjatlar:

➖ maʼlumotnoma (CHV, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari bilan);
➖ motivation letter;
➖ akademik reyting koʻrsatkichlari (akademik maʼlumotnoma);
➖ xorijiy tillarni bilish boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);
➖ ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);
➖ erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik boʻyicha maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa)


Tanlov natijalariga koʻra 10 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya toʻlab beriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998-71-203-80-00 (ichki raqam: 1531).

Eslatma: Tanlovning toʻliq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” nizomida batafsil keltirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston ilm-fanida tarixiy qadam!

O‘zbekiston ilm-fanida yana bir katta qadam — Ilk bor mamlakatimiz Yevropa Ittifoqining eng yirik ilmiy dasturi — Horizon Europe loyihasida qatnashmoqda.

Bu — yoshlar uchun real imkoniyat!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8👏4🔥1🥰1
Anqara shahridagi Oqsaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari shohsupaga koʻtarildi. Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

#Mirziyoyev #RasmiyTashrif #Turkiya

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍5
#vakant

“ToshTech” ishga taklif qiladi!

Toshkent shahrida xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan “ToshTech” texnika universiteti maʼmuriy-boshqaruv, akademik hamda professor-oʻqituvchilar lavozimlari boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Maʼmuriy va boshqaruv lavozimlari:
✅Akademik faoliyat departamenti boshlig‘i;
✅Energetika fakulteti dekani;
✅Akademik masalalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
✅Ta’lim sifati va akkreditatsiya masalalari bo‘yicha bosh menejer;
✅PR menejer (matbuot kotibi);
✅AT va kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i (CTO);

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
❗️Oliy maʼlumot (muhandislik yo‘nalishiga ustuvorlik beriladi);
❗️Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muhandislik sohasida magistrlik hamda PhD ilmiy darajalarini olganlarga ustuvorlik beriladi;
❗️Ta’lim tizimida kamida 3 yillik ish tajribasi;
❗️Ingliz tilini yaxshi bilishi;
❗️Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish.


Professor-oʻqituvchilar va akademik mutaxassislar uchun taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha:
✅ Elektr muhandisligi (Electrical Engineering);
✅ Sanoat mashinasozligi va avtomobilsozlik muhandisligi (Industrial Mechanical & Automotive Engineering);
✅ Materialshunoslik va muhandislik fanlari (Materials Sciyence & Engineering);
✅ Ilg‘or muhandislik va yangi texnologiyalar (Advanced Engineering & Emerging Technologiyes);

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
❗️Oliy maʼlumot (muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha);
❗️Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida muhandislik sohasida magistrlik hamda PhD ilmiy darajalarini olgan;
❗️Ingliz tilini mukammal bilishi.


Universitet quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:

🏛 Zamonaviy kampus;
💻 Xalqaro va zamonaviy ishlash tizimi;
💵 Raqobatbardosh oylik maoshi.

📨 Rezyumeni yuborish uchun:
✉️ info@tashkenttech-edu.uz,
📱 Telegram: t.me/tashtech_uni
🕒 Ish vaqti: to‘liq stavka
🌐 Batafsil ma’lumot: tashkenttech-edu.uz
📍 Ish joyi: “ToshTech” University, Toshkent shahri
📞 Tel.: +998 77 288 82 82, +998 98 001 77 08

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1