Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TanlovYakun #PrezidentStipendiyasi

Prezident davlat stipendiyasining respublika bosqichi yakunlandi


2025/2026-oʻquv yili uchun magistratura bosqichi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining respublika bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Mazkur bosqichda Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan respublika miqyosida belgilangan 22 ta tanlov yoʻnalishi boʻyicha nomzodlar bilan suhbatlar oʻtkazildi. Suhbatlar jarayonida oʻz bilim, salohiyat va iqtidorini namoyon etgan eng munosib nomzodlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan aniqlanib, natijada 22 nafar gʻolib tanlab olindi.

Tanlovning yakuniy natijalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov tomonidan eʼlon qilindi. U oʻz nutqida ushbu bosqichga yetib kelishning oʻzi katta yutuq ekanini taʼkidlab, gʻoliblarni samimiy tabrikladi.

“Sizlarning bugungi natijalaringiz ertangi kunimiz poydevori. Ishonchim komilki, sizlar kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti va ilm-fan ravnaqi yoʻlida munosib hissa qoʻshasiz”,

– deya eʼtirof etdi.

Prezident davlat stipendiyasi sovrindorlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarori bilan tasdiqlangach, belgilangan tartibda rasman e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤16🔥2🤩2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari gumanitar loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar

Xususan, Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Istanbulning Bekirkyoy tumanida oʻzbek maktabi qurilishini boshlab berdilar. Mazkur dargoh Oʻzbekistonning xorijdagi birinchi taʼlim muassasasi boʻladi.

Yangi oʻquv maskani Turkiyada yashovchi oʻzbek oilalarining farzandlariga oʻz ona tilida taʼlim olishi bilan birga milliy qadriyatlar, madaniyat va anʼanalarni saqlab qolish imkonini beradi.

Tomonlar ushbu maktab ikki qardosh xalq oʻrtasidagi rishtalar yanada mustahkam boʻlishiga xizmat qilishi, yosh avlod uchun muhim taʼlim va tarbiya markaziga aylanishiga ishonch bildirdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘ng‘irotboy Sharipov: qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdik

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.

Ular orasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ta’lim sohasini rivojlantirishga oid kelishuv ham bor. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tashrif doirasida muhim hujjatlar imzolangani, shuningdek, Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi bilan uchrashuvlar tashkil etilganini alohida qayd etadi.

– Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ham qator hujjatlar imzolandi. Shu jumladan, bugungi kunda eng muhim yo‘nalishlardan biri – mashinasozlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, to‘qimachilik bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Turkiyaning Ege va Istanbul texnika universtitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim bitimlarga erishildi,

– dedi vazir.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍33❤12👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢VoiceUp – 2026 loyihasiga arizalar qabul qilinishi boshlandi!

2026-yilda "VoiceUp" bolalarning buguni va kelajagini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbus va yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:

✅ bolalar kambag‘alligiga qarshi kurash va "ijtimoiy lift" mexanizmlari
✅ alohida ehtiyojli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faollikni oshirish
✅ o‘smirlar: xavflarni imkoniyatlarga aylantirish
✅ xavfsiz va baxtli bolalik, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish
✅ avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash (ota-ona va farzandlar)

👥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Loyihada ijtimoiy faol va tashabbuskor 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🤝 Tashkilotchilar va hamkorlar:

• Ijtimoiy himoya milliy agentligi
• Yoshlar ishlari agentligi
• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
• O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi
• ZiyoForum NNT

📅Arizalar voiceup.uz orqali 25-fevralgacha qabul qilinadi

Bolalar va jamiyat kelajagini o‘zgartirishga xizmat qiladigan tashabbusning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📍Ariza topshiring va o‘z g‘oyangizni taqdim eting!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍6
#DavlatDasturi2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi KO‘RSATKICHLARI

Muhokamada faol ishtirok eting!


🌐 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍2
BIMO–2026 va BICHO–2026: yuqori saviya, kuchli raqobat, munosib natijalar

Buxoro shahrida ilk bor o‘tkazilgan “Bukhara International Mathematics Olympiad” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad” xalqaro olimpiadalarida 75 ta xorijiy va respublika oliy ta’lim tashkilotlaridan jami 95 ta jamoa ishtirok etdi.

“BICHO–2026” xalqaro kimyo olimpiadasida 41 ta jamoa qatnashib, Andijon davlat texnika instituti, Buxoro davlat universiteti (O‘zbekiston), Magtymguly Turkmen State University (Turkmaniston) hamda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (Rossiya) jamoalari Super kubok sovrindorlari bo‘ldi.

“BIMO–2026” xalqaro matematika olimpiadasida esa 54 ta jamoa bellashdi. Unda Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universiteti (Turkmaniston), Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN), Andijon davlat universiteti, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (O‘zbekiston) hamda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) jamoalari Super kubok bilan taqdirlandi.

#xalqaro_olimpiada

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126165

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤5👏3🔥1
Mahalla, iqtisodiyot va ta’lim islohotlari: Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasida

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi hamkorligida Toshkent davlat yuridik universitetida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda poytaxt oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan milliy iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish va mahalla infratuzilmasini yangilashga qaratilgan ustuvor vazifalar bilan bir qatorda, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, 2026-yilda 200 mingdan ortiq o‘quvchini kasbga o‘qitish, 400 ming nafar ishsiz va kambag‘al oila a’zolariga kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini berish, shuningdek, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi.

Shuningdek, kasbiy ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov, huquqiy islohotlar bo‘yicha Adliya vazirligi vakillari hamda soha mutaxassislari ma’ruzalari tinglandi.


Tadbir yakunida Davlat dasturi loyihasini samarali amalga oshirish, oliy va kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, fan–ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan takliflar umumlashtirildi.

#DavlatDasturi2026 #muhokama

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4🔥1