Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Yoshlar orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish: kompleks choralar va aniq natijalar

30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kino saroyida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligiga" bag‘ishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi vakillari ishtirok etdilar.


Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalari vazirlik faoliyatida doimo ustuvor yoʻnalish boʻlib kelayotganini taʼkidladi.

#matbuot_anjumani #giyohvandlik

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/126374

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HaftalikDayjest

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida hafta (26–30-yanvar kunlari) davomidagi muhim yangiliklar dayjesti

✅Toshkentda “ToshTech” texnika universiteti faoliyat boshladi.
✅Vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi oʻtkazildi.
✅Osiyo taraqqiyot banki yangi loyihasi boʻyicha muzokara uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
✅Xalqaro matematika hamda kimyo fan olimpiadalari tashkil etildi.
✅“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi.
✅Kanadaning nufuzli Guyelf universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻldi.
✅“Muhandis” maʼrifiy romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
✅Vazir Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
✅Prezident va nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi oʻtkazildi.
✅Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Vengriyaning Obuda universitetiga tashrif buyurdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍10🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_taʼlim

VET4UZ loyihasi doirasida yangi ustaxona ochildi


Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida VET4UZ loyihasi doirasida jihozlangan oshpazlik hamda restoran-bar amaliyot xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i B. Radjabov, VET4UZ loyihasi rahbari S. Strasburger, hamkor tashkilotlar vakillari, texnikum rahbariyati va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Marosim davomida yangi amaliy xonalar tanishtirilib, ramziy lenta kesish orqali rasman foydalanishga topshirildi. Shunibgdek, o‘quvchilar tomonidan yarim tayyor mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yildi.


Loyihaning ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍14❤9👏3
#ximat_safari

Vazir oʻrinbosari Jizzax politexnika instituti ilmiy salohiyati bilan tanishdi


31-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov xizmat safari bilan Jizzax politexnika institutida boʻldi.

Tashrif doirasida vazir oʻrinbosari institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tuzilmalarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan loyihalarning mazmun-mohiyati alohida koʻrib chiqildi.

Shuningdek, institutda olib borilayotgan startap va innovatsion tashabbuslar, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy ishlanmalar hamda ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Vazir oʻrinbosari ushbu yoʻnalishlarda amaliy natijadorlikni oshirish, ilmiy gʻoyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish masalalari boʻyicha qator taklif va muhim tavsiyalarini bildirdi.

Uchrashuv davomida mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda ustuvor hisoblangan yoʻnalishlar, xususan, muhandislik, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar hamda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va grant loyihalarida faol ishtirok etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.


Tashrif yakunida bildirilgan fikr va takliflar Jizzax politexnika institutida ilm-fan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍13😱6😁1
#xizmat_safari

INNO texnopark Jizzax yoshlari uchun innovatsion imkoniyatlar maskani boʻladi

1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov hamda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Akmal Savurbayev bilan birgalikda yangidan barpo etilgan INNO texnopark binosida boʻlib, obyektning tayyor holati bilan tanishdilar.

Sh. Rashidov tumanidagi “Oqtosh ota” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan INNO texnopark binosi toʻliq qurib bitkazilgan boʻlib, u zamonaviy innovatsion infratuzilma sifatida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga xizmat qiladi. Texnopark hududida startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda yosh tadqiqotchi va muhandislar uchun qulay ish muhitini yaratish imkoniyatlari mujassam etilgan.

Tashrif davomida INNO texnopark binosining arxitektura yechimi, ichki bezak ishlari, devorlarida aks ettirilgan suratlar hamda zarur mebel jihozlari bilan taʼminlangani qayd etildi. Shu bilan birga, vazir o‘rinbosari texnopark faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish maqsadida uni ilmiy va innovatsion uskunalar bilan jihozlash, laboratoriya va ishchi zonalarni bosqichma-bosqich shakllantirish ishlarini olib borish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.


INNO texnopark faoliyati hududda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish hamda yoshlarni ilmiy-texnik ijodkorlikka keng jalb etishda muhim maydon boʻlishi taʼkidlandi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤11🤔2😱1