Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Rimda Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi


18-fevral kuni Italiya poytaxti Rim shahridagi Roma Tre universitetida Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi. Ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan ushbu anjuman ikki mamlakat akademik doiralari oʻrtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish milliy agentligi direktori Baxtiyor Yoʻldashev, Roma Tre universiteti rektori professor Massimiliano Fioruchchi, Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CHRUI) prezidenti professor Laura Ramachiotti, shuningdek, ikki mamlakat oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Forumda soʻzga chiqqan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, bugungi kunda ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan, texnologiya, madaniy almashinuv, turizm va iqtisodiy hamkorlik yoʻnalishlarida keng qamrovli aloqalar rivojlanmoqda.

Vazir, shuningdek, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Piza universiteti filiallari Oʻzbekiston–Italiya taʼlim hamkorligining amaliy namunasi ekanini, soʻnggi ikki yilda 100 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar Italiya oliygohlarida stajirovka oʻtaganini, mamlakatimizda esa 750 nafardan ziyod talabalar italyan tilini oʻrganayotganini taʼkidladi.


Tadbir davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi qoʻshma ilmiy tanlov natijalari taqdim etildi. Mazkur tanlov 2025-yil yanvar oyida eʼlon qilinib, zamonaviy ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda xalqaro ilmiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan.

Tanlov doirasida 199 ta taklifdan eng yuqori ball toʻplagan 10 ta eng yaxshi qoʻshma ilmiy loyiha Oʻzbekiston–Italiya Qoʻshma boshqaruv qoʻmitasi tomonidan moliyalashtirish uchun tanlab olindi. Ushbu loyihalar ikki mamlakatning yetakchi oliygohlari va ilmiy markazlari oʻrtasida amalga oshiriladi


Shuningdek, Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari oʻrtasida yangi ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10😁2🤔2😱1
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik #vazirlar_muloqoti

Oʻzbekiston va Italiya oliy taʼlim vazirlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi


Rim shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiya Respublikasi Universitetlar va ilmiy tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi strategik muloqotlar va oʻzaro tashriflar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani qayd etildi.

Tomonlar universitetlararo aloqalarni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqot loyihalarini koʻpaytirish, akademik almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻzbekiston oliygohlari Italiyaning yetakchi universitetlari bilan keng koʻlamli hamkorlik olib borayotganini, Erasmus+ dasturi doirasida 30 ga yaqin qoʻshma loyihalar amalga oshirilganini, 300 dan ortiq oʻzbekistonlik yoshlar Italiya universitetlarida tahsil olayotganini taʼkidladi.

Uchrashuvda talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirish, qoʻshma magistratura va doktorantura dasturlarini yoʻlga qoʻyish, muhandislik, tibbiyot, sunʼiy intellekt, qishloq xoʻjaligi, turizm, moda va dizayn kabi ustuvor sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.


Tomonlar taʼlim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli va natijador hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda universitetlararo sheriklikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤11🥰1
#Italiya #vazir_va_yoshlar #ochiq_muloqot

Rimda oʻzbekistonlik talabalar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi


2026-yil 18-fevral kuni Italiyaning Rim shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiyaning turli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bir guruh oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy muloqot davomida talabalarning taʼlim jarayoni, yashash sharoitlari, ilmiy izlanishlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashildi. Vazir yoshlarning xorijda sifatli bilim olib, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan oʻqish jarayoni, grant va stipendiya imkoniyatlari, akademik almashinuv dasturlari hamda kelgusida Oʻzbekistonda oʻz bilim va tajribalarini qoʻllash masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Vazir talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini tezkor hal etish va xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan muntazam muloqotni davom ettirish vazirlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri ekanini qayd etdi.


Uchrashuv yakunida talabalarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ularni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan malakali mutaxassislar boʻlib yetishishga chaqirdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤6🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤3🔥1👏1