Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston–Italiya akademik forumi doirasida ikki sessiyali akademik muloqotlar o‘tkazildi


2026 yil 18 fevral kuni Roma Tre universitetida O‘zbekiston va Italiya oliygohlari rektorlari forumi doirasida "Qo‘shma akademik hamkorlikka innovatsion yondashuvlar" hamda "Ilmiy hamkorlikning yangi chegaralari: ustuvor yo‘nalishlar va umumiy maqsadlar" mavzularida sessiyalar tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134470

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍6
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Italiyaning Roma Tre universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi


2026-yil 18-fevral kuni Italiya poytaxti Rim shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Italiyaning Roma Tre universiteti rektori, professor Massimiliano Fioruchchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda gumanitar fanlar, huquq, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, tabiiy fanlar va madaniyatlararo tadqiqotlar kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134544

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida davra suhbati va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3👏1
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik #vazirlar_muloqoti

Italiyaning Pemont mintaqasi sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashuv o‘tkazildi


Rim shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Italiya Respublikasining Pemont mintaqasi sog‘liqni saqlash vaziri Federiko Riboldi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni, ayniqsa, tibbiyot, farmatsevtika va parameditsina sohalarida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134435

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍7👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro davlat pedagogika institutida “Qoraqalpoq madaniyat kuni” tadbiri o‘tkazildi

“Do‘stlik” shiori ostida o‘tgan tadbirda Nukus davlat pedagogika instituti hamda Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari qoraqalpoq milliy liboslarida folklor chiqishlari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Har bir chiqish orqali Qoraqalpoq xalqining tarixiy qadriyatlari, urf-odatlari va madaniyatining o‘ziga xos jihatlari keng auditoriyaga yetkazildi.

O‘zaro hurmat va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash imkonini bergan tadbir doirasida “Milliy taomlar” festivali ham alohida e’tiborga molik bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston milliy oshxonasining betakror namunalaridan sanalgan “Besh barmoq”, “Mayek borek”, “Juguri kurtik”, “Tuxum barak” kabi an’anaviy taomlar ayol professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda tayyorlandi.

#Qoraqalpoq_madaniyati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍26❤10🥰8👏6
#Onlayn_olimpiada

📣 15-mart – Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTEʼMOLCHI” IV onlayn olimpiadasi oʻtkazilmoqda!

⭐️ Tanlov ikki bosqichda boʻlib oʻtadi:

1️⃣-BOSQICH – 2026-yil 2-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida roʻyxatdan oʻtgan talabalar uchun test sinovlari oʻtkaziladi.

2️⃣-BOSQICH – 2026-yil 5-mart kuni 1-bosqich test natijalariga koʻra, saralangan 16 nafar talaba bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

🏆 Gʻoliblarni esdalik sovgʻalari kutmoqda! 🏆

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: olimpiada.edu.uz.
2026-yil 12-fevraldan 27-fevralga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot:
raqobat.gov.uz
+99871 207-47-00 (321)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3😁3🔥1🤔1
Edu.uz pinned a photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Italiya #Rektorlar_forumi

Rim shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston va Italiya oliygohlari rektorlarining Ikkinchi forumi video lavhada

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤8🎉3👏2🔥1
🛜“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha savollaringiz bormi? Matbuot anjumaniga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

Uni aholiga keng yetkazish maqsadida 20 fevral kuni soat 11:00 da matbuot anjumani o‘tkaziladi. Tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.

📍 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.

Maʼlumot uchun:
+998712030308
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥2👏1
#Italiya #Rektorlar_forumi #xalqaro_hamkorlik

Marangoni instituti bilan moda va dizayn sohasida taʼlim hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi


19-fevral kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiyaning nufuzli taʼlim muassasalaridan biri — Marangoni instituti bosh menejeri Stefaniya Valenti xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida tomonlar moda va dizayn, sanʼat va vizual kommunikatsiya, ijodiy tadbirkorlik hamda brendlarni boshqarish sohalarida taʼlim boʻyicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/134900

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍6👏2🎉2