#Xalqaro_forum #Samarqand
Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumida U2U formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida U2U (University to University) formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
U2U formatidagi bunday uchrashuvlar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida samarali akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Mazkur uchrashuvlar oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, akademik almashinuvlarni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qildi.
Muloqotlar davomida Oʻzbekiston va Vengriyaning yetakchi universitetlari rektorlari hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari — muhandislik, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, tibbiyot va boshqa sohalarda qoʻshma dasturlarni tashkil etish, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvini faollashtirish, qoʻshma ilmiy markazlar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
U2U formatidagi bunday uchrashuvlar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida samarali akademik hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12❤4👏4👍3🤩1
#Xizmat_safari
MISIS universitetining Olmaliq filialida talabalar bilan muloqot oʻtkazildi
5-mart kuni Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISISning Olmaliq shahridagi filialiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Oʻktam Salomov tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad — Prezident Shavkat Mirziyoyevning 24-fevral kuni yoshlar bilan oʻtkazgan muloqoti davomida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va talabalari uchun belgilangan imkoniyatlar, imtiyozlar va shart-sharoitlarning mazmun-mohiyatini talabalarga bevosita yetkazishdan iborat boʻldi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139624
👉 На русском
👉 In English

❤13👍3🔥1
#Xalqaro_forum #Samarqand #O'zbekiston_Vengriya
Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari almashildi
Forum dasturining yakuniy qismida O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hujjatlar ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Shundan so‘ng forum doirasida tashkil etilgan sho‘ba yig‘ilishlari moderatorlari tomonidan olib borilgan muhokamalar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi. Unda sessiyalar davomida bildirilgan takliflar, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

👍15❤6🔥1