Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan va har payshanba kuni nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ O‘zbekiston Milliy universiteti;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti;

➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

➖ O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

➖ SamDU Urgut filiali;

➖ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖ Nukus davlat pedagogika instituti;

➖ Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖ Toshkent gumanitar fanlar universiteti;

➖ TATU Samarqand filiali;

➖ O‘zMU Jizzax filiali;

➖ Andijon davlat texnika instituti;

➖ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

➖ Farg‘ona davlat universiteti;

➖ Andijon davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖ Andijon davlat pedagogika instituti;

➖ Turan xalqaro universiteti;

➖ Qo‘qon universiteti Andijon filiali;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

➖ Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti;

➖ TKTI Yangiyer filiali;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Jizzax politexnika instituti;

➖ Samarqand davlat chet tillar instituti;

➖ TITU Namangan filiali;

➖ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;

➖ Navoiy davlat universiteti;

➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;

➖ Namangan davlat pedagogika instituti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖ O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖ Toshkent davlat texnika universiteti;

➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

➖ Qarshi davlat texnika universiteti;

➖ Qoraqalpoq davlat universiteti;

➖ Termiz davlat pedagogika instituti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Andijon davlat tibbiyot instituti

➖ SamDVMChBU Nukus filiali;

➖ Geologiya fanlari universiteti;

➖ Qo‘qon davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

➖ Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖ Alfraganus universiteti;

➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti;

➖ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti;

➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➖ О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

➖ О‘zDSMI Nukus filiali;

➖ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Toshkent davlat agrar universiteti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖ Toshkent davlat yuridik universiteti;

➖ Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti;

➖ O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

➖ О‘zDJTSU Nukus filiali;

➖ Toshkent davlat transport universiteti;

➖ Yangi O‘zbekiston universiteti;

➖ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

➖ Qo‘qon universiteti;

➖ Olmaliq davlat texnika instituti;

➖ “University of Business and Science”ning Toshkent filiali;

➖ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19👍3😁1
#hemis #yangi_versiyasi

❗️HEMIS tizimining yangi versiyasida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar


Tizimning 2026-yil 12-martdagi yangilanishida quyidagi funksiyalar va texnik tuzatishlar foydalanishga topshirildi:

1️⃣ O‘quv rejasidan tashqari fanlar davomati:

“Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasiga kirmaydigan mashg‘ulotlarni dars jadvaliga kiritish va ular bo‘yicha alohida davomat yuritish imkoniyati qo‘shildi.

2️⃣ QR-davomat funksionali:

Dars vaqtida real vaqt rejimida dinamik QR-kodni o‘qitish orqali talabalar davomatini avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildi.

3️⃣ Kursdan kursga o‘tkazish:

Ta’lim buyruqlari menyusi orqali talabalarni yuqori bosqichga (kursga) o‘tkazish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish funksiyasi qo‘shildi.

4️⃣ O‘qishni ko‘chirish:

Tizimga boshqa OTMlardan o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va tegishli ta’lim buyruqlarini shakllantirish imkoniyati yaratildi.

5️⃣ Bitirish buyrug‘i:

Bitiruvchi kurs talabalari uchun ta’lim buyruqlari funksionali orqali o‘qishni tamomlash (bitirish) buyrug‘ini rasmiylashtirish funksiyasi qo‘shildi.

6️⃣ Semestrdan semestrga o‘tkazish:

Talabalarni bir o‘quv yili doirasidagi navbatdagi semestrlarga o‘tkazish jarayonini boshqarish funksionali ishlab chiqildi.

7️⃣ Ijtimoiy faollik indeksi:

Talabalarning grant taqsimoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy faollik ballarini hisoblash, arizalar yuborish va ularni tasdiqlash moduli qo‘shildi.

8️⃣ Akademik yozuvlar importi:

OTMlarning boshqa axborot tizimlaridan akademik ma’lumotlarni (baholarni) integratsiya orqali HEMIS tizimiga ko‘chirish (import qilish) imkoniyati yaratildi.

9️⃣ O‘quv reja filtrlari:

O‘quv rejalar ro‘yxati sahifasida qidiruv tizimi takomillashtirilib, unga “Ta’lim turi” va “Ta’lim shakli” bo‘yicha saralash filtrlari qo‘shildi.

🔟 Fanga biriktirish va baholash turi:

Talabalarni fanga biriktirish jarayonida fanning yakuniy nazorat turi (imtihon)ni tanlash va ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi.

1️⃣1️⃣ Resurslar katalogi filtrlari:

Fan resurslari bo‘limidagi resurslar katalogi sahifasida qidiruv imkoniyatlari kengaytirildi va yangi filtrlar qo‘shildi.

1️⃣2️⃣ Baholarni tuzatishdagi texnik kamchilik:

Kurs ishi va amaliyot qaydnomalarida so‘rov orqali o‘zgartirilgan baholarning akademik yozuvlarda (transkript) ko‘rinmaslik xatoligi to‘liq bartaraf etildi.

✅ Barcha yangi funksiyalar hozirda tizimda faol holatda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20👏5🔥4👍3😱2
🚀 O‘z g‘oyangizni startapga aylantirmoqchimisiz?

“Parvoz”
— bu Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan maxsus loyiha bo‘lib, sohadagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlarni yoritib boriladi.

Loyiha orqali siz O‘zbekistonda startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

🔗 Qo‘shilish uchun: https://t.me/parvoz_project

Startap loyihalaringizni biz bilan birga Parvoz ettiring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍1🥰1🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
murojaatlarning 64 foiziga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi 58 foiziga yechim berish o‘rniga yuzaki javob berish bilan cheklangani, umuman, bunday misollar barcha vazirliklarda borligi qayd etildi.

Xalq qabulxonalari yangi ochilganida murojaatlarning 90-95 foizi shikoyat shaklida bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib, 60-65 foizga tushdi.

“Bugun odamlarning dunyoqarashi o‘zgarib, shaxsiy masalada emas, mahallasidagi sharoitni yaxshilash yuzasidan taklif berishni afzal ko‘ryapti. Lekin muammosi hal bo‘lmagan odamlar rahbarlar qabulini tashkil qilib berishni Prezidentdan so‘rayapti.

Endi bu tizim o‘zgaradi. Hokimlar arizada ko‘tarilgan masalani hal qilishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Aksincha, muammoning kelib chiqish sababi bilan ishlashi kerak”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, sohada yangi tizim joriy qilinib, Xalq qabulxonalari faqatgina ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘lishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7👍3❤2🤔1😱1
🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢

🇺🇿 Ona (qoraqalpoq) tilini bilish darajasining yozish ko‘nikmasini baholash va test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Открыта регистрация на курс повышения квалификации!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1
#Forum #xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi oʻtkazildi


Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 13-mart kuni Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi rahbarlari, ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ergash Shoismatov ishtirok etdilar. Forum doirasida ikki davlat oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqotlar hamda innovatsion rivojlanish masalalari muhokama qilindi.

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov oʻz nutqida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida oliy taʼlim hamkorligi soʻnggi yillarda izchil rivojlanib borayotganini taʼkidlab, 2018-yilda ikki davlat hukumatlari oʻrtasida oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolanishi ushbu yoʻnalishdagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/142404

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤6🔥1👏1
#hemis

❗️HEMIS tizimida QR-kod orqali davomat qilish imkoniyati yaratildi

Endilikda dars jarayonida talabalar davomatini belgilash yanada tez va qulay bo‘ldi. HEMIS tizimiga QR-kod orqali avtomatik davomat qilish funksiyasi qo‘shildi.

Bu qanday amalga oshiriladi:

1️⃣ Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasida:

QR davomat ustunidagi maxsus belgi ustiga bosiladi.

2️⃣ QR davomat sahifasida:

QR-kod talabalarga ko‘rinarli holatda ekranda katta qilib ochiladi.

3️⃣ Talabalar tomonidan:

Mobil telefonlari orqali HEMIS mobil ilovasidan foydalangan holda ekrandagi QR-kod o‘qitiladi.

4️⃣ Tizim tomonidan:

QR-kodni o‘qitgan talabalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va “kelganlar” soniga qo‘shiladi. Ro‘yxatda faqat kelmagan talabalar qoladi.

5️⃣ Yakunlash bosqichida:

Auditoriyadagi barcha talabalar QR-kodni o‘qitib bo‘lgach, o‘qituvchi dars mavzusini tanlaydi va kelmagan talabalar davomatini saqlaydi.

❕Muhim eslatma!

🔹Talabalar bir-biriga rasm yubormasligi uchun QR-kod har 8 soniyada yangilanadi.
🔹Ma’ruza mashg‘ulotlarida ro‘yxatda butun potokdagi barcha talabalar ko‘rsatiladi.
♦️QR-davomat bilan bir qatorda an’anaviy (qo‘lda belgilash) davomat funksiyasi ham o‘z kuchida qoladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁10❤9😱6🔥2