Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Robot-sapyor musobaqasi haqida bilasizmi?

“Kelajak muhandislari” festivali doirasida o‘tkazilayotgan Robot-sapyor musobaqasida yosh muhandislar o‘zlari yaratgan robotlarni sinovdan o‘tkazadi.

Ular murakkab to‘siqlardan o‘tib, zararli jismlarni aniqlash va zararsizlantirish vazifasini bajaradi.

Bu texnologiyalar kelajakda qutqaruv operatsiyalarida inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.


Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
🌐 https://muhandis.edu.uz

#Kelajak_muhandislari #Robototexnika #innovatsiya

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍9🔥1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj #Kelajak_muhandislari

Chellenj davom etadi!

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi kreativ video-roliklar chellenji davom etmoqda. Ushbu tashabbusga javoban Farg‘ona davlat texnika universiteti jamoasi ham chellenjni qabul qiladi hamda barcha talaba-yoshlarni ushbu nufuzli festivalda faol ishtirok etishga chorlaydi.

“Kelajak muhandislari” — bu innovatsiya, zamonaviy texnologiyalar va kreativ tafakkurni birlashtiruvchi xalqaro maydon bo‘lib, unda yoshlarning ilg‘or g‘oyalari amaliy loyihalarga, loyihalar esa real natijalarga aylanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Festival talaba-yoshlar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, yangi texnologik yechimlar ustida ishlash hamda xalqaro tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Xalqaro festival haqida batafsil ma’lumot: https://km.edu.uz/uz

Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari — kelajak muhandislari safida!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍7
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari qiymati 2 milliard 700 million dollarlik ushbu loyiha shunchaki korxona emas, balki mamlakatimiz sanoat qudratini yanada mustahkamlaydigan, tabiiy boyliklarimizni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladigan zamonaviy industrial majmua ekanini ta’kidlar ekan, tog‘-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Xorijiy hamkorlar bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani
ham eng katta yutuqlardan biri bo‘lgani qayd etildi.

Xususan, Olmaliqda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti” universiteti filiali (“MISiS”), Olmaliq texnika instituti, Toshkent shahrida Geologiya fanlari universiteti (Uxan geologiya universiteti bilan hamkorlikda) hamda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil qilindi.

Navoiy konchilik texnologiyalari universitetida ham Rossiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Chilining ilg‘or oliygohlari bilan qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu oliygohlarda yiliga 2,5 mingga yaqin tor soha mutaxassislari tayyorlanmoqda.

Natijada ilgari qimmatbaho va rangli metallar asosan xomashyo shaklida eksport qilingan bo‘lsa, bugun yiliga 100 ming tonna mis o‘zimizda qayta ishlanib, yuqori qiymatli mahsulot yaratilmoqda, qisqa muddatda zargarlik sanoatida ishlab chiqarish 3,3 karra o‘sib, 13 trillion so‘mdan oshdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍14
#AQSh_talabalar_Oʻzbekiston

AQShda tahsil olayotgan xalqaro talabalar O‘zbekistonda mehmon bo‘ldi


Mamlakatimizda xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarida tahsil olayotgan bir guruh xalqaro talabalar O‘zbekistonda mehmon bo‘ldilar.

Safar davomida yoshlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, oliy ta’lim tizimidagi qator yangilanishlar, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, muassasa faoliyati, Movarounnahr zamini kashf etgan buyuk allomalar merosi hamda islom dunyosining jahon ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Markazda hayotga tatbiq etilayotgan yirik ilmiy-ma’rifiy loyihalar xorijlik yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Ushbu muloqotlar doirasida talabalar uchun milliy madaniyatimizni bevosita his etish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ham tashkil etildi. Xususan, mehmonlar xalqimizning boy gastronomik an’analari bilan yaqindan tanishib, betakror milliy taomlarimizdan tatib ko‘rishdi. Bu jarayon ular uchun O‘zbekistonning chinakam mehmondo‘stlik ruhini va ko‘p asrlik qadriyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.

Umuman olganda, mazkur voqelik xalqaro talabalarning O‘zbekiston haqidagi bilim va tasavvurlarini tubdan boyitishga, shuningdek, ta’lim hamda madaniyat sohalaridagi o‘zaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga zamin yaratishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Dasturga muvofiq, xorijlik yoshlarning navbatdagi manzili qadimiy Samarqand hamda Buxoro shaharlari bo‘ladi. Ushbu ko‘hna kentlarda ular betakror me’moriy obidalar, tarixiy qadamjolar va xalqimizning ko‘p asrlik boy madaniy merosi bilan bevosita tanishib, Sharq sivilizatsiyasi beshigi bo‘lgan diyorimiz tarixi haqidagi taassurotlarini yanada boyitishlari rejalashtirilgan. Shuningdek, mehmonlar yurtimizda keng nishonlanadigan Navro‘z umumxalq bayrami tantanalarida ham ishtirok etib, xalqimizning bahoriy shodiyonalari va milliy urf-odatlarining bevosita guvohiga aylanadilar.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8🔥4
#Olimlar_minbari
#09-15.03.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Farovon kelajak uchun qoʻyilayotgan ulugʻvor qadamlar” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Tashabbuskor yoshlar maydoni” — Sherzod NEʼMATOV, Qarshi davlat texnika universiteti rektori;

“Oʻzbekiston va Vengriya: Taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi” — Muhsinxon XOLMUHAMMEDOV, “İpak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori v.b.;

“Qo‘shma kampus: Italiya bilan aloqalar oliy taʼlim tizimida ham mustahkamlanayotganini anglatadi” — Shavkat HASANOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor;

“Iqtidorli yoshlar – taraqqiyot tayanchi” — Sardor DONAYEV, Toshkent davlat texnika universiteti prorektori, professor;

«Наука и молодежная политика – важный фактор инновационного развития» — Дурбек САЙФУЛЛАЕВ, проректор Ташкентского государственного университета востоковедения, профессор;

“Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya: diplomatik aloqalardan strategik sheriklik darajasigacha” — Akram ABSALAMOV, Toshkent xalqaro universiteti prorektori;

«Образование в цифровую эпоху: новые возможности для молодежи» — Ортик РУЗИБОЕВ, декан факультета Ташкентского университета информационных технологий, Ойбек НАРЗУЛЛОЕВ, заведующий кафедрой университета;

“Islom moliyasi: investitsiya oqimi yanada ko‘payadi” — Xurshid ASATULLAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

“Vazifamiz – yuqori malakali muhandislar tayyorlash” — Kamolxon KARIMOV, Toshkent davlat texnika universiteti professori;

“Buxoroda mang‘itlar sulolasi” — Halim TO‘RAYEV, Buxoro davlat universiteti professori;

“Sunʼiy intellektga asoslangan dehqonchilik” — Karamatilla HAITBOYEV, Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti;

«Суд присяжных: новый шаг новый шаг судебной реформы» — Ульзана РАХИМОВА, и.о. доцента ТГЮУ;

«Махалля в многоэтажке: сохраняется ли дух соседства в новых условиях?» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, и. о. доцента Ташкентского государственного экономического университета;

“Sogʻlom oila – jamiyat ustuni yoxud ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha yangi choralar xususida” — Umid SOBIROV, Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot markazi ilmiy xodimi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2
#hemis #yangi_versiyasi

❗️O‘quv rejasiga tegishli bo‘lmagan fanlar bo‘yicha davomat qilish imkoniyati yaratildi

HEMIS tizimiga “Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasidan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotlar bo‘yicha davomatni yuritish funksiyasi qo‘shildi.

Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

1️⃣ Dars jadvalini shakllantirishda:

O‘quv rejasiga kirmaydigan fan mashg‘uloti dars jadvaliga kiritiladi. Bunda mas’ul sifatida tyutor yoki o‘qituvchi ko‘rsatilishi mumkin.

2️⃣ Tyutor (yoki o‘qituvchi) panelida:

Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasiga kiriladi va jadvaldagi tegishli mashg‘ulot sanasi tanlanadi.

3️⃣ Davomat qilish sahifasida:

Guruhdagi talabalar ro‘yxati bo‘yicha kelmagan talabalarga tegishli belgi qo‘yiladi va ma’lumotlar saqlanadi.

❕Muhim eslatma!

♦️ Ushbu davomat qilish funksiyasi hozirda tizimning Tyutor rolida ishlamoqda.
🔸 Mazkur turdagi (o‘quv rejasidan tashqari) fanlar bo‘yicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat ko‘rsatkichiga (foiziga) ta’sir qilmaydi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16🤔7👍2😁2
Forwarded from Innovatsiyalar Ofisi
〰️〰️〰️〰️〰️〰️ #Kelajak_muhandislari

“Kelajak muhandislari”
brendi ostida tashkil etilayotgan
✅ Xalqaro muhandislik festivali,
✅ Respublika ko‘rik-tanlovi,
✅ Stajirovka dasturi
bo'yicha barcha savollaringizga javob berish uchun maxsus ovozli chat tashkil etiladi.

🎙Ovozli chat davomida tadbir tashkilotchilari ushbu loyihalarning
✔️mazmuni,
✔️ ishtirok etish tartibi,
✔️ yo‘nalishlar va imkoniyatlar
haqida batafsil ma’lumot berishadi.

❓ Agar sizda ham savollar bo‘lsa — albatta ovozli chatga ulanib, barcha javoblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilotchilardan oling!

🎙Spiker:
-
Davron Nuriddinov - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

📌 Savollaringizni oldindan kommentariyada qoldirish imkoniyati ham mavjud.

🕖18-mart soat 20.00 da ovozli chatga qo'shiling va barcha savollaringizga javob oling!

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤14🤔1
#Talabaga_qulaylik #yangi_fakultet

O‘zDJTUda Angren fakulteti va xorijiy tillar markazlari ochildi – Navro‘z arafasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlar uchun yangi ta’lim tashabbuslari tantanali ravishda ishga tushirildi.

Angren fakulteti Angren shahrida tashkil etilib, 154 nafar talaba bilan ish boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Fakultetda 1500 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv binosi va 600 o‘rinli talabalar turar joyi to‘liq ta’mirlangan va eng so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan.

Ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Toʻxtasinov Angren fakulteti va yangi markazlar yoshlar uchun sifatli ta’lim olish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatlarini yaratishi ta’kidlandi.

Marosimda Angren shahar hokimi Alisher Rahimov, “Nuroniylar” jamg‘armasi rahbari E. Qoraboyev va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar. Mehmonlar fakultet binosi, auditoriyalar, sport zallari va talabalar turar joylari bilan tanishib, fakultet hududida daraxt ekish marosimida qatnashdilar.


Shuningdek, universitetda xorijga ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolarni tayyorlash va ularni xorijiy tillarga o‘qitishga qaratilgan “Migratsiya va xorijiy tillarni o‘qitish markazi” ishga tushirildi. Markazda darslar bepul tashkil etilib, ishtirokchilar til bilimini oshirish va xalqaro mehnat bozori talablariga tayyorlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Yana bir tashabbus –
2-sonli umumta’lim maktabida “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazi”
ochildi. Tadbirda universitet rahbariyati, Angren shahar hokimligi va maktab ma’muriyati vakillari ishtirok etib, markazning yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratishi va ularni kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.


Ushbu tashabbuslar Angren shahri yoshlari uchun sifatli ta’lim olish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va kelajakda muvaffaqiyatli karyera qurishlari uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍7😁1🤔1