Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident Ishtixondagi xalqaro kollej qurilishiga start berdi

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida ramziy tugmani bosib, Samarqand viloyatidagi yirik loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlab berdi.

Xususan, shunday loyihalardan biri Ishtixon tumanidagi Samarqand xalqaro kolleji bo‘lib, ushbu ta’lim muassasasiga Xitoy davlati tomonidan 40 mln dollar investitsiya kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Samarqandda Avstriya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Hindiston va Rossiya bilan hamkorlikda 2 milliard 400 million dollarlik 53 ta loyiha ishga tushdi.

Shuningdek, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya va Eron bilan hamkorlikda 4 milliard 600 million dollarlik 53 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 18 mingta yangi ish o‘rni yaratish, 13 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va buning natijasida 700 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

#Prezident #Samarqand #start

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
❤18👍4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kasbiy_talim #Madaniy_tadbir

Iste'dodli yoshlar — milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi!

Kasbiy ta’lim tizimidagi iqtidorli yoshlar tomonidan Toshkent Shimoliy vokzalida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Respublika musiqa va san’at texnikumi o‘quvchilari jonli chiqishlar orqali yurtimizning boy madaniy merosi, betakror urf-odatlari va milliy an’analarini namoyish etdilar. Milliy kuy-qo‘shiqlar, sahna chiqishlari hamda an’anaviy san’at namunalari yo‘lovchilar va yurtimiz mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning iste’dodini namoyon etish, qo‘llab-quvvatlash bilan birga Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Jamiyatda milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosga ehtirom ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍15❤7🔥6👏2
Vazir Samarqandda “Yoshlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi

Xizmat safari bilan Samarqand viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov hamrohligida Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda texnikum o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan tadbirida qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/144274

👉 На русском
👉 In English

#xizmat_safari #vazir #Samarqand

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍11😁1
🚆Bayram munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi

Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami davrida yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetib borishlarini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilmoqda.

19 – 25-mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rini yaratiladi:


Qo‘shimcha "Afrosiyob" reyslari:

19 – 21-mart kunlari (6 ta reys)

• Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida;

19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari

• Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, 19 – 25-mart kunlari quyidagi yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan qo‘shimcha vagonlar ulanadi:

“Toshkent – Xiva – Toshkent”
“Toshkent – Shovot – Toshkent”
“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”
“Toshkent – Termiz – Toshkent”
“Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq)

Qo‘shimcha ulanadigan vagonlar orqali 21 500 nafar yo‘lovchi tashiladi.

Chiptalarni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yo‘l kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

🚆По случаю праздника будут организованы дополнительные рейсы поездов

В период празднования Рамазан хайита и всенародного праздника Навруз организуются дополнительные рейсы поездов для обеспечения безопасной доставки пассажиров к месту назначения.

С 19 по 25 марта для удовлетворения спроса населения будет создано в общей сложности 25 000 дополнительных пассажирских мест:


Дополнительные рейсы поезда "Афросиёб":

19 – 21 марта (6 рейсов)

• по маршруту Ташкент – Самарканд – Ташкент;

19, 20, 21, 22, 23 и 25 марта

• по маршруту Ташкент – Бухара – Ташкент запущены дополнительные рейсы.

С 19 по 25 марта к следующим пассажирским поездам будут прицеплены по 4 дополнительных вагона:

"Ташкент – Хива – Ташкент"
"Ташкент – Шават – Ташкент"
"Ташкент – Кунгират – Ташкент"
"Ташкент – Термез – Ташкент"
"Ташкент – Бухара – Ташкент" ("Шарк")

Дополнительные вагоны позволят перевезти 21 500 пассажиров.

Билеты можно приобрести на официальном сайте АО "Узбекистон темир йуллари", в мобильном приложении, а также в железнодорожных кассах.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👏2🤔1🎉1
Mahalliy yo‘nalishlarda 24 ta qo‘shimcha avia reyslar tashkil etiladi

Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi.

Xususan, 19 – 24 - mart kunlari davomida Uzbekistan airways, Silk avia hamda Centrum air aviakompaniyalari Toshkentdan Buxoro, Urganch, Nukus va Termizga jami 24 ta qo‘shimcha reyslarni bajaradi.

Qolaversa, aholining avia qatnovlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Uzbekistan airways avia kompaniyasi 19 va 20-mart kungi Toshkent – Buxoro – Toshkent, Toshkent – Urganch –Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni yo‘lovchi sig‘imi katta bo‘lgan Boeing -763 havo kemasida bajaradi (Airbus A 320 o‘rniga).

Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda, “Uzbekistan airways” AJ tomonidan 2026-yil 20-martdan 23-martgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan respublika ichidagi aviaqatnovlarning ekonom va biznes-klass tariflariga 15% miqdorida chegirmalar e’lon qilindi.

Chegirmali aviachiptalar sotuvi 2026-yil 17-martdan 23-martgacha “Uzbekistan airways” AJning “Uzbekistan airways sales” filiali, uning agentlari hamda www.uzairways.com veb-saytida amalga oshiriladi.


Будет организовано 24 дополнительных авиарейса по местным направлениям

В связи с дополнительными выходными днями, объявленными по случаю праздников Рамазан хайит и Навруз, авиакомпании-резиденты будут выполнять дополнительные рейсы на внутренних маршрутах.

В частности, с 19 по 24 марта авиакомпании Uzbekistan Airways, Silk Avia и Centrum Air выполнят в общей сложности 24 дополнительных рейса из Ташкента в Бухару, Ургенч, Нукус и Термез.

Кроме того, в целях удовлетворения спроса населения на авиаперевозки, 19 и 20 марта авиакомпания Uzbekistan Airways выполнит рейсы по маршрутам Ташкент - Бухара - Ташкент и Ташкент - Ургенч - Ташкент на воздушном судне с большой пассажировместимостью Boeing-767 (вместо Airbus A320).

Напоминаем, что с учетом дополнительных выходных дней АО "Uzbekistan Airways" объявило о 15% -ной скидке на тарифы эконом- и бизнес-класса на внутриреспубликанские авиарейсы, выполняемые в период с 20 по 23 марта 2026 года.

Продажа авиабилетов со скидкой будет осуществляться с 17 по 23 марта 2026 года в филиале АО "Uzbekistan Airways" - "Uzbekistan Airways Sales," у его агентов, а также на веб-сайте www.uzairways.com.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1🎉1
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar, qadrli talabalar, ilm-fan zahmatkashlari va aziz yurtdoshlar!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarni mehr-oqibat, shukronalik va ruhiy poklanish ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

O‘zining chuqur bilimi va boy tajribasini yosh avlod kamolotiga baxshida etayotgan fidoyi ustoz-murabbiylarimizning, shuningdek, yurtimizning ertangi kuni bo‘lgan umidli talabalarimizning ilm yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli mehnatlarida zafarlar tilaymiz.

Ushbu ulug‘ ayyom kunda xonadoningizdan xotirjamlik, fayzu baraka arimasin. Yuzingiz doimo yorug‘, yo‘lingiz ravon bo‘lib, xalqimiz farovonligi va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin!

Hayit ayyomi yurtimizga, har bir xonadonga qut-baraka, tinchlik va osoyishtalik olib kelsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤28👍4🎉2
#Xushxabar #Raqamlashtirish #Reyting

⚡️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi raqamli transformatsiya bo‘yicha vazirliklar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi!

Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2025-yil yakuni bo‘yicha natijalari ma’lum qilindi. Respublika bo‘yicha jami 108 ta (60 ta davlat organi, 34 ta xo‘jalik organi va 14 ta hokimlik) tashkilot faoliyati maxsus metodika asosida baholandi.

Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yilning II yarim yilligi yakunlariga ko‘ra 97,2% ball bilan “yashil” ro‘yxatdan o‘rin oldi. Avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan +3,4 ball qo‘shib, davlat organlari o‘rtasida 2-o‘ringa ko‘tarildi, vazirliklar ichida esa 1-o‘ringa munosib ko‘rildi!


Ushbu yuqori natijaga erishishda vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining ham beqiyos hissasi bor. Markazning innovatsion loyihalari ta’lim tizimini raqamlashtirishda o‘z samarasini bermoqda.

📊 Baholash 5 ta asosiy yo‘nalishda amalga oshirildi:

☑️ Ochiqlik va elektron ishtirok – 18,7 ball (93,7%);
☑️ Elektron davlat xizmatlari – 18,5 ball (92,4%);
☑️ Axborot xavfsizligi – 19,5 ball (97,3%);
☑️ Faoliyatning raqamlashtirilganligi – 27,4 ball (105,3% – qo‘shimcha ballar evaziga);
☑️ Tashkiliy masalalar – 13,1 ball (93,6%).

Kelgusi faoliyatda ham raqamli rivojlanish sari qadam tashlashda davom etamiz!

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍36❤17👏9🔥2