Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Buxoro

🌱Buxoroda Navro‘z ayyomi ko‘tarinki ruhda, yuksak saviyada keng nishonlandi.

🌷 “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida tashkil etilgan umumxalq saylida Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalari — Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat texnika universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti hamda xususiy universitetlar jamoalari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, sahna chiqishlari va bahoriy milliy taomlar namoyish etilib, bayramga alohida fayz bag‘ishlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62❤59🔥52🤩44🥰27
#Dayjest #21mart

🌺 “Navro‘zni ulug‘lash – Insonni ulug‘lashdir!”

21-mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash – Insonni ulug‘lashdir!” bosh g‘oyasi asosida oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➖ Qoʻqon davlat universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ TDTU Termiz filiali;

➖ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

➖ Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Buxoro davlat universiteti;

➖ Jizzax politexnika instituti;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Nukus davlat pedagogika instituti;

➖ O‘zMU Jizzax filiali;

➖ Buxoro davlat texnika universiteti;

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti;

➖ Osiyo xalqaro universiteti;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖ SamDU Urgut filiali;

➖ Farg‘ona davlat universiteti;

➖ TKTI Yangiyer filiali;

➖ Qarshi davlat universiteti;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ Navoiy davlat universiteti;

➖ Andijon davlat universiteti;

➖ Andijon davlat pedagogika instituti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Alfraganus universiteti;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Toshkent davlat yuridik universiteti;

➖ Guliston davlat pedagogika instituti;

➖ Toshkent davlat agrar universiteti;

➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖ TDIU Samarqand filiali;

➖ O‘zDSMI Nukus filiali;

➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➖ Millat umidi universiteti;

➖ Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖ Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖ Urganch davlat pedagogika instituti;

➖ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖ Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti;

➖ Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

➖ Toshkent davlat texnika universiteti;

➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti ;

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti;

➖ Urganch davlat tibbiyot instituti;

➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👏3👍2
Navoiyda xorijlik talabalar Navro‘z bayram saylida faol qatnashdilar

21-mart kuni Navoiy shahridagi markaziy saylgohda Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda, keng qamrovli va fayzli tarzda nishonlandi. Erta tongdan boshlangan tantanalarda barcha tashkilot va muassasalar qatorida Navoiy davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Universitet jamoasi bayramga puxta tayyorgarlik ko‘rib, maxsus ajratilgan hududni milliy ruh va zamonaviy bezaklar uyg‘unligida jihozladi. Har bir fakultet tomonidan tashkil etilgan pavilonlar milliy an’analarni o‘zida aks ettirgan holda bezatilib, hunarmandchilik namunalari, xalq amaliy san’ati yutuqlari hamda milliy taomlar keng namoyish etildi.

Ayniqsa, Hindiston, Nepal, Bangladesh kabi davlatlaridan kelib tahsil olayotgan xorijlik talabalar bayram tadbirlarida faol ishtirok etdilar. Ular milliy liboslarda qatnashib, o‘z mamlakatlariga xos madaniy chiqishlar va an’analarni namoyish etdilar.

Xorijlik talabalar bunday keng qamrovli va fayzli bayram sayli ularda katta taassurot qoldirganini, Navro‘zning insonparvarlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari ular uchun mushtarak ekanligini alohida ta’kidladilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari #3D_Modellashtirish #innovatsiya

AutoCAD muhandislar diqqatiga!


Chizmalarning 3D modelini mukammal tarzda yarata olasizmi? Unda o‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazish vaqti keldi!

Tanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan bakalavr va magistratura talabalari yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Agar siz AutoCAD’da professional darajada ishlay olsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!


Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z iste’dodingizni ko‘rsating!

🌐 https://km.edu.uz/uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍5👏1
Respublikaning 14 ta hududida “yashil texnikumlar” tashkil etiladi!

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Unda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, shahar va hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik taʼlim va madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, choʻllanishga qarshi kurashishning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar koʻrib chiqildi.

Jumladan, poytaxtda Milliy dendrologiya bogʻini barpo etish konsepsiyasi ham taqdimot qilindi.

Ushbu bogʻi faqat koʻkalamzor hudud emas, balki ilmiy, maʼrifiy va jamoat makoni sifatida ham shakllantiriladi hamda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi universiteti (“Green University”) uchun tabiiy laboratoriya, aholi uchun esa bioturizm va ekotaʼlim markaziga aylanadi.


Shuningdek, “Ekomadaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni bir-biriga bogʻlagan holda yangi tizim yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur sohada xalqaro standartlarga mos mutaxassislar yetishmayotgani, aholi oʻrtasida ekologik ong va barqaror odatlar hali yetarli darajada shakllanmagani, innovatsiya va iqlim texnologiyalarini amaliyotga joriy qila oladigan kadrlar taqchilligi mavjudligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab 14 ta hududda “yashil texnikumlar” tashkil etilib, ular “Green University” tizimiga akademik hamkorlik asosida biriktiriladi.

Loyihaga koʻra, tayyorlanadigan oʻquvchi va talabalar soni yil sayin oshirilib, 2028-2029-oʻquv yiliga borib, 10 ming nafarga yetkaziladi. Bakalavriat va magistraturada atrof-muhit va barqaror boshqaruv, yashil iqtisodiyot, atrof-muhit muhandisligi, iqlim oʻzgarishi, choʻllanishga qarshi kurashish, barqaror shaharsozlik, barqaror energiya almashinuvi kabi yangi yoʻnalishlar ochiladi.

Taʼlim jarayonida dual tizim joriy qilinib, nazariy bilim bilan amaliyot uygʻunlashtiriladi. Universitet taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion loyihalar va targʻibot ishlari uchun katta miqdorda mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.


“Green University” huzurida mintaqaviy qoʻshma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilindi. Ushbu markaz choʻllanishni boshqarish boʻyicha Markaziy Osiyodagi birinchi ilmiy xabga aylanishi koʻzda tutilmoqda.

Markaz tarkibida 15 ta ixtisoslashgan laboratoriya faoliyat yuritadi, sputnik maʼlumotlari, GIS va masofadan zondlash texnologiyalari asosida yerlar holatini raqamli monitoring qilish yoʻlga qoʻyiladi, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklar boʻyicha genetik bank shakllantiriladi, tuproqning kimyoviy va fizik tahlil tizimi takomillashtiriladi.

Buning natijasida choʻllanishni prognoz qilish va xaritalash milliy tizimi yaratiladi, Orolboʻyi va qurgʻoq hududlarda yashil qoplama kengaytiriladi, yaylovlardan barqaror foydalanish hamda choʻl iqtisodiyoti modellari joriy etiladi.


Davlatimiz rahbari taqdimot qilingan loyihalarning ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, shahar va qishloq muhitini yanada qulaylashtirish, shuningdek, ushbu sohada ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdagi muhim ahamiyatini qayd etib, ularni maʼqulladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍57❤39🔥20👏2😱1