Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🇺🇿OMOUS-2026: O‘zbekistonlik talabalar xalqaro matematika olimpiadasida yuqori natijalarni qayd etdi

💠2026-yilning 23–28-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi (OMOUS-2026) bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli ilmiy bellashuv dunyoning turli chekkalaridan kelgan 600 nafardan ortiq eng iqtidorli talabalarni o‘z atrofida birlashtirdi.

📍 Olimpiadada O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, BAA, Eron, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Gretsiya va mezbon Turkmanistondan jami 87 ta jamoa ishtirok etib, matematika bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

⚡️Ushbu nufuzli xalqaro maydonda respublikamizdagi 26 ta oliy ta’lim tashkilotidan 151 nafar iqtidorli talabamiz vatanimiz sharafini himoya qildi. Shuningdek, 8 nafar tajribali professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat yuritdi.


🏆O‘zbekiston yoshlari bu yilgi olimpiadada chinakamiga yuksak natijalarni qayd etishdi. Ular yakka tartibdagi bahslarda jami 103 ta, jamoaviy bellashuvlarda esa 57 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar!

👤 Yakka tartibdagi bahslar:

➡️A kategoriya (mutaxassislik bo‘yicha): talabalarimiz jami 51 ta medalni qo‘lga kiritib, ushbu toifadagi umumiy medallarning qariyb 33 foiziga egalik qilishdi.

🥇 Oltin: 3 ta
🥈 Kumush: 7 ta
🥉 Bronza: 41 ta

➡️B kategoriya (nomutaxassislik bo'yicha): bu yo‘nalishda ham yoshlarimiz 52 ta medalni qo‘lga kiritib, yuqori natija ko‘rsatishdi.

🥇 Oltin: 10 ta
🥈 Kumush: 9 ta
🥉 Bronza: 33 ta

👥 Jamoaviy bahslar:

Jamoaviy bellashuvlarda qatnashgan O‘zbekistonning 21 ta jamoasidan 12 tasi sovrindorlar qatoridan munosib joy oldi:

🥈 Kumush: 20 ta
🥉 Bronza: 27 ta

🎉Xalqaro maydonda Oʻzbekiston ilm-fani salohiyatini namoyon etib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan barcha talabalarimizni va ularning ustozlarini chin dildan qutlaymiz!

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤12
#xalqaro_hamkorlik

JICA bilan uchrashuv: ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi

1-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Sharqiy, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari departamenti Bosh direktori Tanaka Fusato boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Alohida taʼkidlanganidek, JICA bilan hamkorlik doirasida koʻp yillardan buyon kadrlar tayyorlash, jumladan Yaponiya hukumati grantlari (JDS) orqali oʻzbekistonlik mutaxassislarni Yaponiya oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish tizimi samarali yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunga qadar yuzlab yosh mutaxassislar Yaponiyada magistr va doktor darajalarini qoʻlga kiritib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/148566

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍6
Talabalar mikrokoʻkatlar va manzarali oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar olib bormoqda

Buxoro davlat pedagogika instituti va “Greenis” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan innovatsion agrolaboratoriyada mikrokoʻkatlar va manzarali oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Laboratoriya sharoitida ozuqaviy qiymati yuqori boʻlgan mikrokoʻkatlarning yangi turlari parvarishlanib, ular asosida biologik faol ozuqaviy qoʻshimchalar ishlab chiqish imkoniyatlari oʻrganilmoqda. Barcha jarayonlar zamonaviy agrotexnologik uskunalar asosida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Xitoydan olib kelingan atirgul navlarini mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish va ularni koʻpaytirish boʻyicha seleksiya ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa manzarali oʻsimliklar bozorini sifatli koʻchatlar bilan taʼminlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Laboratoriyada veshenka zamburugʻini mitseliy asosida yetishtirish texnologiyasi ham amaliyotga joriy etilgan boʻlib, yil davomida barqaror hosil olish imkoniyati yaratilgan.


Mazkur tadqiqotlarda institut professor-oʻqituvchilari bilan birga talabalar ham faol ishtirok etmoqda. Bu ularga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish va zamonaviy agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.

Batafsil: https://buxdpi.uz/

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤9🔥3👏2😁1
Eximbank bilan kasbiy taʼlimni modernizatsiya qilish boʻyicha qoʻshma loyiha amalga oshiriladi


2026-yil 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Koreya Eksport-Import banki (Eximbank)ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sangjing Kang ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Muloqot markazida kasbiy taʼlim muassasalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan qoʻshma loyihaning amalga oshirilishi, uning amaliy bosqichlarini jadallashtirish masalalari turdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/148553

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5👏2