Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Andijon #Pavloniya_fest_2026

Andijonda “Pavloniya Fest – 2026” keng nishonlanmoqda

O‘lkamizga bahor kirib, Andijon shahrida pavloniya daraxtlari gullab, tabiatning betakror ifori va tarovati bilan ko‘ngillarga iliqlik va zavq ulashib, yangilanish, poklanish va ezgu niyatlar sari intilish timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ayni kunlarda Andijon viloyatida pavloniyaning gullashi bahona bahorning eng go‘zal lahzalarini namoyon etib, “Pavloniya Fest – 2026” festivali yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Unda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari ham faol ishtirok etib, festivalni nishonlashda munosib hissa qo‘shmoqda.

Festival doirasida pavloniya gullagan ko‘chalarda aholi uchun ko‘ngilochar tadbirlar, xalqimiz sevgan san’atkorlarning konsert dasturlari, ommaviy yurishlar, milliy qadriyatlarni namoyon etuvchi chiqishlar va ko‘rgazmalar tashkil etilib, viloyatga tashrif buyurgan mehmonlar va aholi uchun bahoriy kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashmoqda.

Batafsil: https://adu.uz/news/tadbirlar/34

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤9🔥1
Yarimo‘tkazgichlar sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Malayziyaning “Mimos Holding Sdn Bhd” kompaniyasi bosh direktori Razman Bin Jaafar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/148643

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👏3👍1🎉1
Vazir Nukus texnoparkida yoshlar bilan uchrashdi

2026-yilning 2-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lib, “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Yoshlarning zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilgan uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari, yosh mutaxassislar hamda tashabbuskor yigit-qizlar faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida 2025-yilda vazirlik tomonidan e'lon qilingan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g'oliblari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/148831

#xizmat_safari #Yoshlar_kuni #Nukus

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍8🤔2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari #Yoshlar_kuni #Nukus

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Nukus texnoparkida!

“Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti, innovatsion startaplar namoyishi va "Bo‘lajak olim" g‘oliblarini taqdirlash marosimidan videolavha


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12🔥2👏2🤔2🤩1
#xalqaro_hamkorlik

Istanbulda “yashil” ko‘nikmalar bo‘yicha nufuzli xalqaro yig‘ilish: O‘zbekiston islohotlari taqdimot qilindi


Istanbul shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) dasturi doirasida “Yashil ko‘nikmalarni rivojlantirishni mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha Ko‘nikmalarni rivojlantirish ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kotibiyati boshlig‘i Inatillo Ne’matov hamda Kasbiy ta’lim agentligi boshqarma boshlig‘i Farrux Azimov tomonidan mamlakatimizda oliy va kasbiy ta’limda “yashil ko‘nikmalar”ga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot ma’ruzalar qilindi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/148919

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
👍8❤7