Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Yoshlar kuni” munosabati bilan TDAUda ochiq muloqot va kasbiy-madaniy ushrashuv tashkil etildi

Toshkent davlat agrar universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov hamda Qishloq хo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Narzullo Oblomuradov kutib oldi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149068

#yoshlar_kuni

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍2
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #fan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24🔥9❤4😱2😁1
Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. #Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #fan Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Bildirilgan takliflarga ko‘ra:

➖ “U10 – O‘zbekistonning ilg‘or universitetlari” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliygohga “milliy tadqiqot universiteti” maqomi beriladi va ularda ilmiy klasterlar tashkil etiladi;

➖ Mazkur universitetlarga ilmiy klasterlar tashkil etish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi;

➖ 2027-yildan boshlab universitetlarni milliy reytingdagi natijalariga (ta’lim sifati, raqamlashtirish, bitiruvchilar bandligi) qarab moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

➖ “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi joriy etilib, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grantlar ajratiladi;

➖ “Spin-off” korxonalari tashkil etilib, “tarmoq – korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” zanjiri asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;

➖ Davlat grantlari uchun mablag‘ ajratishda endilikda ta’lim yo‘nalishining murakkabligi va mehnat bozori ehtiyojlari kabi yangi mezonlar inobatga olinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤8🔥3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍

“Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilinadi.

✍️“Ilhom” mukofoti bilan shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, kino va sahna asarlari yaratish kabi yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar taqdirlanadi.

Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari asosidagi dastlabki saralash bosqichi hamda respublika bosqichidan (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) iborat.

‼️ Muhim eslatma: shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino yoki sahna asarlari yaratgan, shuningdek, adiblar ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlar rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz tanlovda ishtirok etishlari mumkin.


✅ Tanlov g‘oliblari vazirlik tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin — BHMning 100 barobari;
🥈-o‘rin — BHMning 80 barobari;
🥉-o‘rin — BHMning 40 barobari.

📝 Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasiga qadar oliy ta’lim tashkilotidagi yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

👥Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan (30 yoshgacha bo‘lgan magistr, izlanuvchi, o‘qituvchi) yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov nizomi 👈

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🤔3🔥2
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!

24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.

Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.

👆Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing.

📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🧑‍💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.

👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2🔥2
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

“Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–122-son, 02.04.2026 y.) qabul qilindi.

📝 Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida o‘qish quyidagi shakllarda tashkil etiladi:

✔️ dual ta’lim asosida 6 oy muddatga nazariy ta’limdan ajralgan va joyiga chiqqan holda tashkil etiladigan malakaviy amaliyot;

✔️ qolgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yil davomida nazariy ta’lim bilan birga to‘liq uyg‘unlashtirgan "4+2" shakldagi amaliyot.

➡️ 2026-yil 1-maydan:

➡️ Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari hududlarga biriktiriladi. Bunda yetakchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ilmiy maslahatchisi hisoblanadi;

➡️ talabalarning sayyor darslari qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar va hududlardagi “Suvchilar maktabi” bazasida tashkil etiladi.

🏛 Universitetda Istiqbolli loyihalar ofisi tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–122-son…
#Qonunchilik_yangiliklari

♻️ Universitetda Umummuhandislik fakulteti tashkil etiladi


📁 Qarorga ko‘ra, Universitet huzurida 2026/2027 o‘quv yilidan mahalliy va xorijiy talabalar uchun akademik fanlar bo‘yicha (STEAM, til bilimlari, akademik yozish va milliy strategik mezonlar) maxsus tayyorlov kursi tashkil etiladi. Bunda:

➡️ maxsus tayyorlov kursida o‘qish bir yil muddatga xalqaro standartlarga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📑 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab maxsus tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslar (tayyorlov kursidagi o‘qish davri yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)” bo‘lgan bitiruvchilar) Universitetga imtihon asosida to‘lov-kontrakt bilan o‘qishga qabul qilinadi.

🏛 Universitetga “texnikum–oliygoh” tamoyili asosida Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi biriktiriladi. Texnikum binosida Universitet tarkibiga kiruvchi Umummuhandislik fakulteti tashkil etiladi.

🧠 Universitetdagi “Suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi “Xalqaro suv diplomatiyasi” mutaxassisligiga o‘zgartiriladi.

✔️ “Xalqaro suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi bitiruvchilariga “Xalqaro suv munosabatlari sohasida mutaxassis” kvalifikatsiyasi beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍3👏1
Ma’rifat sari bir qadam — siz izlagan manzil shu yerda!

😄 Ilm, tafakkur va ilhomni bir joyda jamlagan haqiqiy ma’naviy maskan — “Madaniyat va ma’rifat” kanali sizni chorlaydi!

Siz ilm-fanning so‘nggi kashfiyotlari, adabiyotning nodir durdonalari va tarixning sirli sahifalariga qiziqasizmi?

🔎 Unda, bu kanal aynan siz uchun! Bu kanalda sizni nimalar kutmoqda?

📚Adabiyot gulshani: Mumtoz va zamonaviy asarlar tahlili, shoir va yozuvchilar bilan bog‘liq adabiy xotiralar.

🧭 Milliylik targ‘iboti: Zamonaviy dizayn, keskin bahslar va kutilmagan fikrlar — Milliy-kod 2.0

🎭 Teatrda ko‘rishamiz: Yangi loyihada siz kutgan aktyorlar va samimiy suhbatlar.

🏛 Tarix ko‘zgusi: Ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosga nazar.

🎬 Kino san’ati: Jahon va milliy kinematografiyaning eng sara namunalari, festival sharhi, sahna orti jarayonlari.

🎥 Eksklyuziv lavhalar: ‘‘Bugun’’ informatsion dasturi va mualliflik ko‘rsatuvlaridan eng qiziqarli lavhalar.

✨ Nima uchun bu kanalga a’zo bo‘lishingiz kerak?
Chunki barcha materiallar ishonchli manbalar asosida, yuqori badiiy did va professional yondashuv bilan taqdim etiladi. Bu esa sizning dunyoqarashingizni kengaytirib, vaqtingizni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

📌Mazkur kanal oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda keng jamoatchilik uchun foydali axborot manbayi hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥5
Amity Career Fest 2026 — kelajagingizni shu yerdan boshlang!

Sizni yetakchi kompaniyalar va soha ekspertlari bilan uchrashishga talabalarni taklif etamiz. Tadbirda networking, ish imkoniyatlari va foydali master-klasslar kutmoqda.

🔺Tadbirning asosiy qismlari:
Networking: British Council, Yandex, Beeline va Huawei kabi top kompaniyalar bilan muloqot.
Career Talk: "Ermak" asoschisi Valijon Salikhovdan muvaffaqiyat sirlari.
Workshoplar: CV yozish va Startup qurish bo‘yicha amaliy darslar.
Ochiq muloqot: Alisher Tojiev bilan maxsus sessiya. $0 dan $10M gacha: Haqiqiy startap yo‘li.


Ma'lumotlar:
• 🗓 Sana: 6-aprel
• ⏰ Vaqt: 12:00 – 16:00 (Ochilish marosimi: 14:00).
• 📍 Manzil: Amity University (Labzak, 70).
• 👔 Tavsiya: Rasmiy kiyinish va o‘zingiz bilan rezyume (CV) olish.

Ro‘yxatdan o‘tish:
🔹 Nomzodlar uchun: https://forms.gle/tJEe3PGwX4zTu3av8
🔹 Kompaniyalar uchun: @amitycareer

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (30-mart — 4-aprel)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat bozori va taʼlim integratsiyasiga bagʻishlangan Xalqaro ish beruvchilar forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahrida “2026-yilda mehnat bozori: ish beruvchilar talablari va kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi” mavzusida Xalqaro ish beruvchilar forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hamda Oʻzbekiston ish beruvchilar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov ochib berib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish, taʼlim sifati va mehnat bozori talablari oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni taʼminlash bugungi kundagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri ekanini taʼkidladi.


#Forum

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/149740

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2