Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimidagi yangilanishlar jarayoni jamoatchilik e’tiborida!
Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda 30 dan ortiq OAV hamda jamoatchilik vakillari, shuningdek, soha mutaxassislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazirning birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, shuningdek, tizim rahbar-xodimlari tomonidan mazkur hujjatda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, 2026-yilning 1-choragi davomida Prezident hamda hukumat hujjatlarida belgilangan topshiriqlarning vazirlik va tizim tashkilotlari tomonidan ijro etilish holati haqida ham hisobot berildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153818
#matbuot_anjumani #OAV_jamoatchilik
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Xitoy ilmiy-texnik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 16-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Xitoy Hukumatlararo ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha quyi komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari Chuntsin universiteti bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida arxitektura va muhandislik sohalarida ilg‘or ishlanmalarni joriy etish hamda texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/153851

❤9👍4