Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Xorazmda talaba-yoshlar o‘rtasida sport olimpiadasi bellashuvlari o‘tkazildi

Xorazm viloyatida “Yangi Oʻzbekiston talabalar olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Urganch davlat universitetida o‘tkazilgan hududiy bosqich bellashuvlarida Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirok etdi. Unda basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennis hamda futbol boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.

#TalabalarSporti
#TalabalarOlimpiadasi

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156667

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👏3🔥1🥰1
“O‘zbekiston 2030: barqaror iqtisodiy o‘sish va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakillari ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari orqali konferensiyaning amaliy ahamiyatini ochib berdilar.

Anjuman doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹 makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
🔹 investitsiyalarni kengaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish;
🔹tadbirkorlikni rivojlantirish hamda inklyuziv o‘sishni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 raqamli transformatsiyani jadallashtirish.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157248

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤2👏2
#Tayinlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘li Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi direktori etib tayinlandi.

Akbarxon Sobirxonov tayinlovga qadar vazirlik tizimida turli mas’ul va rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib, sohani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.

Maʼlumot o‘rnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoniga muvofiq Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Yangi tashkil etilgan ushbu tuzilmaning asosiy vazifasi yosh olimlar va iqtidorli talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan yutuqlarini iqtisodiyotning real sektoriga joriy etishdan iborat.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍56❤17👏14🔥5
Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi: “Art Engineering – 2026” misolida

Kimyo International University in Tashkentda o‘tkazilgan “Art Engineering – 2026” ko‘rgazmasi bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish vazifasining yaqqol misoli boʻldi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, bugungi kunda oliy ta’lim tizimida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Vazir ta’lim jarayonida talabalar tomonidan yaratilayotgan amaliy loyihalar ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish va innovatsion fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.


Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/157246

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍10👏1