“Rektorlar maktabi” dasturi ijrosi muhokama qilindi
2-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi” dasturini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda mazkur qaror asosida “Yangi Oʻzbekiston” universitetida joriy etilayotgan “Rektorlar maktabi” dasturining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalar atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/160843
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤16👍7👏4😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
58 yoshli talabaning ilmga bo‘lgan intilishi – ibrat maktabi!
Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan Erkin Madrahimovning hikoyasi bugun ko‘pchilik uchun haqiqiy ibrat maktabiga aylandi. Xorazmlik 58 yoshli otaxon ayni paytda institutning “Xalq tabobati” yo‘nalishida nafaqat talaba, balki o‘z nevarasining kursdoshi sifatida bilim olmoqda.
To‘rt nafar nevaraning bobosi bo‘lishiga qaramay, Erkin akaning qalbidagi ilmga bo‘lgan ishtiyoqi uni talabalik baxtiga yetakladi. U hozirda yoshlar bilan til topishib, talabalar turar joyida oddiy talabalardek istiqomat qilmoqda..
Erkin Madrahimovning ushbu jasorati – “ilm olishning chegarasi va yoshi bo‘lmaydi” degan qadimiy haqiqatning zamonaviy ifodasidir. Uning intilishi bugungi yoshlar uchun eng katta motivatsiya va mas’uliyat namunasidir.
Batafsil videoda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍12😁9🔥5👏2
#Moliyaviy_savodxonlik #Olimpiada
Xabar qilganimizdek, 2–3-may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha respublika turkum fan olimpiadalari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar va mehmonlar uchun maxsus konsert dasturi tashkil etilib, bayramona kayfiyat ulashildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xabar qilganimizdek, 2–3-may kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Moliyaviy savodxonlik” bo‘yicha respublika turkum fan olimpiadalari o‘tkazildi.
Talabalarning iqtisodiy va moliyaviy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ushbu olimpiadada munosib qatnashib, yuqori natijalar qayd etgan iqtidorli talaba-yoshlar tantanali ravishda I, II va III darajali diplomlar, noutbuk, planshet hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar va mehmonlar uchun maxsus konsert dasturi tashkil etilib, bayramona kayfiyat ulashildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤17👍11👏3🤔2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali – innovatsion fikrlaydigan yangi avlod maydoni
28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 13 mingdan ortiq yoshlarni birlashtirib, ularning muhandislik va innovatsion salohiyatini namoyon etish uchun yirik platformaga aylandi.
#Kelajak_muhandislari
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali 13 mingdan ortiq yoshlarni birlashtirib, ularning muhandislik va innovatsion salohiyatini namoyon etish uchun yirik platformaga aylandi.
#Kelajak_muhandislari
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤9🥰1👏1🤩1
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yigʻilishida nutq soʻzlamoqda.
Davlatimiz rahbari tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi:
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Davlatimiz rahbari tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi:
“Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda oʻtkazilayotgani bizga albatta gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.
Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlovchi markaz boʻlib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yoʻllari tutashgan.
Buyuk tarix va yorqin kelajakni oʻzida mujassam etgan Yangi Oʻzbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda.
Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilgʻor fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Yangi Oʻzbekistonga xush kelibsiz!”.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍1
Bugun raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda. Jahon savdo tashkiloti prognozlariga koʻra, 2040-yilga borib, sunʼiy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qoʻshimcha 40 foizga oshadi.
Oʻzbekistonda ham axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishildi. Innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sunʼiy intellekt xabini tashkil qilish boshlandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalari ustida ishlanmoqda.
Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sunʼiy intellekt laboratoriyalarini koʻpaytirish, “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash boʻyicha dasturlar amalga oshirilmoqda.
– dedi Prezidentimiz.
Albatta, taʼlim, tibbiyot, suv xoʻjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ham ochiq sunʼiy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.
Buning uchun Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishini maʼlum qildi hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.

“Bu yoʻnalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman”,
– dedi Prezidentimiz.
Albatta, taʼlim, tibbiyot, suv xoʻjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ham ochiq sunʼiy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.
Buning uchun Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishini maʼlum qildi hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍1
Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
#Kasblarfestivali
#Dastur
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan 5-may — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan “Kasblar festivali”ning batafsil dasturi bilan tanishing
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun turli yo‘nalishlarda amaliy va interaktiv jarayonlar tashkil etiladi.
📍 Tadbirlar “Alpomish” muz saroyida o‘tkaziladi.
🕙Ochilish marosimi: 10:00
Batafsil dastur bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.
Barchangizni ushbu keng qamrovli va foydali tadbirda kutib qolamiz!
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

❤8