Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Talabalar ligasi”ning respublika final bosqichi Samarqandda

Samarqand davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining voleybol sport turi boʻyicha qizlar oʻrtasida respublika final bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur musobaqada hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 16 ta oliy taʼlim muassasasi jamoalari ishtirok etmoqda.

#Talabalar_ligasi #Talabalar_sporti

Batafsil:
https://t.me/Talaba_sport_uz/1900

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤1🔥1
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!

❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.

📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.


📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:

➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.

☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.

🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq @debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10😁9👍2😱1🤩1
Edu.uz pinned a photo
#yoshlar_uchrashuvi #Yoshlar_kuni

Yoshlar bilan muloqot — kelajakka ishonch va yangi gʻoyalar maydoni

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida “Rahbar va yoshlar kuni” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda universitet rektori Bahodir Mirzayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda yurtimiz oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim sifati va ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion muhitni rivojlantirish hamda zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari xususida atroflicha fikr almashildi. Muloqot davomida talabalarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillarni puxta oʻrganish, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish, ilmiy faollikni oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash kabi dolzarb yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/165655

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍16❤9👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#millatlararo_totuvlik #insoniy_qadriyatlar

Doʻstlik va bagʻrikenglik tarannum etildi


Termiz davlat universitetida tashkil etilgan “Olamning jannati – Oʻzbekistonim” bayram kechasi turli millat vakillarini doʻstlik, mehr-oqibat va Vatanga muhabbat gʻoyasi atrofida birlashtirdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👏25❤14🎉6😱3👍1
Ilm va maʼrifat uygʻunlashgan ibratli oila

15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi direktorining oʻrinbosari Muzaffar Esanov hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri Faroxat Mirzayeva oilasi “Ibratli oila” deya eʼtirof etildi.

Tadbir doirasida ularga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni, mazkur eʼtirof bilan taqdirlangan oilalar xonadonlariga oʻrnatiladigan maxsus belgi tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur eʼtirof oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni maʼnaviy yetuk va barkamol etib tarbiyalash yoʻlida namuna boʻlib kelayotgan oilalarga bildirilgan yuksak ehtirom ifodasi boʻldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍25❤19👏5
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

Pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma berilishiga doir qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi


💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

🔗Qaror bilan Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.

♻️ Ushbu nizomga ko‘ra:

🔼 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari to‘lov-kontrakt summasi uchun 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.

❔ Mazkur imtiyozdan kimlar foydalanoladi?

➖ asosiy faoliyati pedagogik faoliyat bo‘lgan ota yoki onaning talaba farzandi;
➖ faqat davlat oliygohida o‘qiyotgan talabalar;
➖ faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar;
➖ faqat bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar.

❗️Magistratura, qo‘shma ta’lim dasturlari va super-kontraktda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyoz ko‘zda tutilmagan.

🔄 Noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.

📁 Talabalar o‘zlari rektor (filial direktori) nomiga to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanilishi yuzasidan kontrakt.edu.uz orqali ariza yuboradilar.

➡️Chegirma tegishli o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.

➡️Shuningdek, talabalarga 30 foiz miqdorda beriladigan chegirmani Davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar rektor (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.

✅30 foiz miqdorda beriladigan chegirma summasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) qiymatiga 30 foiz ekvivalent hisobida qoplanadi.

💳 Talabaning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤8
✴️Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagoglari uchun attestatsiya 26-may kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi


📣 Test sinovlari test.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.

⏳ Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:

1️⃣-smena — soat 08:30
2️⃣-smena — soat 10:30
3️⃣-smena — soat 12:30
4️⃣-smena — soat 14:30
5️⃣-smena — soat 16:30 boshlanadi.

📥 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur:

🟢pasport yoki ID-karta;
🟢pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi).

💠Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

❗Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.

⛳Test sinovlari oʻtkaziladigan joy 👉🏻 manzillari.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5