Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Prezident tashabbusi bilan turkiy davlatlar yoshlari uchun grant dasturi yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi nutqida ilm-fan, taʼlim, sunʼiy intellekt, innovatsiya va yoshlar masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Davlat rahbari turkiy dunyoning yangi raqamli taraqqiyot davrini barpo etishda ilm-fan va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, sunʼiy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmogʻini shakllantirish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, Toshkent shahrida aʼzo davlatlar ishtirokida Texnologiyalar forumini oʻtkazish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz oʻz nutqida ilm-fan, taʼlim va yoshlar masalalarida hamkorlikni chuqurlashtirish umumiy maqsad ekanini alohida urgʻulab, Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun mintaqaviy yirik ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanib borayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, tarixiy-madaniy manbalarni yagona “katta maʼlumotlar” platformasiga jamlash tashabbusi ham ilgari surildi.

Nutqda yoshlarni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlash masalasiga ham katta eʼtibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida hozirga qadar 1 milliondan ortiq yoshlar boshlangʻich koʻnikmalarga ega boʻlgani qayd etildi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshma venchur jamgʻarmalarini tashkil etish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar muhim ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.


Shuningdek, Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida Turkiy davlatlar yoshlari uchun 2026–2027 oʻquv yilida 50 ta grant ajratilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi sifatida eʼtirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3🎉1
#tayinlov

Bahodir Ahmedov “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmedov Bahodir Bobomurodovich “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Ahmedov, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan, keyinchalik Ispaniyaning "Granada" universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan hamda Germaniyaning "Axen texnika universiteti"da doktoranturani yakunlagan.

Mehnat faoliyati davomida Bahodir Ahmedov Toshkentdagi INHA universitetida professor, 2021-yildan buyon esa “Yangi O‘zbekiston” universitetida professor va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor sifatida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤9👏1🤔1
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➖ Qarshi davlat texnika universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ Andijon davlat universiteti;

➖ O‘zMU Jizzax filiali;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖ TITU Namangan manzili;

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖ Namangan davlat pedagogika instituti;

➖ Turan xalqaro universiteti;

➖ TDTU Termiz filiali;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ Qoʻqon davlat universiteti;

➖ Fargʻona davlat texnika universiteti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖ Olmaliq davlat texnika instituti;

➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➖ Navoiy davlat universiteti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;

➖ SamDU Urgut filiali;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Fargʻona davlat universiteti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Jamoat xavfsizligi universiteti;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ Jizzax politexnika instituti;


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1
#Xalqaro_anjuman

Xalqaro konferensiyada biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot hamda ekologik muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi


Navoiy davlat universitetida “Biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot, ekologik muvozanat muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Belarus, Nepal kabi davlatlardan olimlar va ekologlar ishtirok etdi.


Batafsil: https://sdg.nsuni.uz/

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🔥3
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi


15-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʼngʼirotboy Sharipov Pokistonning nufuzli olimlari — akademik Mushtoq Ahmad hamda professor Shaziya Sultona bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida, biotexnologiya, biologik xilma-xillik, ekologiya va bioenergetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166181

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🥰1👏1