Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oxford University Press bilan akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi


15-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Oksford universitetining nufuzli ilmiy nashriyoti – Oxford University Press (OUP)ning Polsha, Turkiya, Boltiqboʻyi davlatlari va MDH mamlakatlari boʻyicha vakili Marsin Dembovski bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan akademik hamkorlikni kengaytirish, xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166197

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4😁2🤔1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Bitiruvchilar uchun unutilmas sovg‘a!

🇺🇿 Toshkent shahar hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda siz bitiruvchilarni yilning eng yorqin va eng katta bitiruv shou-kechasiga taklif etadi! 🎉

🙂 25-may
🕓 18:00
📍 Olimpiya shaharchasi
🎟 Kirish mutlaqo bepul

Bu oqshomda sizni:
⭐yulduzli sahna;
🎤20 dan ortiq sevimli san’atkorlar;
🎧trenddagi hitlar;
💜cheksiz energiya;
🔡mega vibe;
🎼unutilmas atmosfera kutmoqda.

Do‘stlaringiz bilan keling va bu oqshomni bir umr esda qoladigan lahzalarga aylantiring! 🚀

📍25-may kuni soat 18:00 da Olimpiya shaharchasida ko‘rishamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👍11🎉5
#SportsFest #xalqaro_festival
#Talabalar_sporti

O‘zbekistonlik sportchi talabalar xalqaro Sports Fest festivalida ishtirok etmoqda

2026-yil 14–17-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Boğaziçi University tashabbusi bilan tashkil etilayotgan nufuzli 45-Xalqaro Sports Fest sport festivalida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Mazkur festivalda dunyoning 25 dan ortiq davlatidan 70 dan ziyod yetakchi universitet jamoalari qatnashmoqda.

Festivalda mamlakatimiz nomidan Guliston davlat universiteti, Urganch davlat universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi delegatsiyasi tarkibida qatnashmoqda.

Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz/1918

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3
🔹⭕️⭕️⭕️⭕️#live

Ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universiteti sport majmuasida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

🔻Talaba-qizlar sportning yengil atletika, kamondan o‘q otish, velosport hamda estafetali yugurish turlari bo‘yicha bellashmoqdalar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sabr-matonat ortidagi iste’dod

Qarshi davlat universiteti talabasi Sevinch Narziyeva qalbidagi ishtiyoq va quvonchni chizayotgan rasmlarida ifodalamoqda. U oyoqlari yordamida qalam va mo‘yqalamni mohirona boshqarib, betakror suratlar yaratadi.

“Sevimli” telekanali hamda “Darakchi” gazetasining viloyatdagi maxsus muxbiri Shavkat Aminov Sevinch bilan suhbatlashib, uning orzu-intilishlari va hayotga bo‘lgan qat’iyatiga yaqindan guvoh bo‘ldi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6