Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_konferensiya #Turk_tajribasi

Xorazmda 10-Xalqaro turklar dunyosi ijtimoiy fanlar simpoziumi o‘tkazildi

Urganch davlat pedagogika instituti hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida 10-Xalqaro turklar dunyosi ijtimoiy fanlar simpoziumi doirasida “Boshlang‘ich ta’limda raqamli ta’lim muhitini yaratishning nazariy asoslari va amaliy yechimlari — turk davlatlari tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova, Al-Xorazmiy universitetining faxriy prezidenti Islam El Hadariy, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligining “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik jurnali bosh muharriri Beyukaga Mikaili hamda bir qator xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.


Anjumanda Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Sloveniya, Indoneziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlardan 20 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar qatnashdi.

Batafsil: https://www.urspi.uz/uz/news/1305

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤12👍2
Iqtisodiy huquq masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Renessans universitetida “Iqtisodiyot va iqtisodiy huquq sоhasining dolzarb muammolari: yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Nufuzli konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Renessans universiteti, Turkiyaning nufuzli Balikesir universiteti, Anqara universiteti, Istanbul universiteti, Bahçeşehir universiteti, Bandirma Onyedi Eylul universiteti, Boğaziçi universiteti, METU universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Unda mamlakatimizdagi mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan birgalikda, dunyoning turli nuqtalaridan 40 nafardan ziyod nufuzli professor-o‘qituvchilar, taniqli olimlar, ekspertlar, xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi
– iqtisodiyot va iqtisodiy huquq sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy muloqot maydonini yaratish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashdan iborat.

Anjuman davomida iqtisodiy islohotlar, investitsion muhit, raqamli iqtisodiyot, xalqaro huquqiy mexanizmlar, zamonaviy ta’lim yondashuvlari hamda iqtisodiy xavfsizlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglanib, yosh olimlarning izlanishlari taqdim etildi. Ochiq muloqotlar davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur
xalqaro konferensiya iqtisodiyot va iqtisodiy huquq yo‘nalishida ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim ilmiy platformaga aylandi.


Shuningdek, konferensiya doirasida Balıkesir texnokentining Renessans universiteti filiali hamda Turkiy tillar markazining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi.

Batafsil: https://renessans-edu.uz/uz/news/827

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥1👏1🤩1