Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Istanbul2026 #SportsFest45
#UzbekistanSport #Talabalar_sporti

O‘zbekiston talabalari Istanbuldagi xalqaro sport festivalida yuqori natijalarni qayd etdi

14–17-may kunlari Boğaziçi University tashabbusi bilan o‘tkazilgan “45-Sports Fest 2026” festivalda dunyoning 25 dan ortiq davlatidan 70 dan ziyod universitetlarning 1000 nafardan ortiq talaba-sportchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Guliston davlat universiteti, Urganch davlat universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari futzal, badminton va stol tennisi sport turlari bo‘yicha bahslarda qatnashdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, Guliston davlat universiteti futzal jamoasi “45-Sports Fest 2026” xalqaro sport festivali bosh sovrini va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Badminton bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Erkaklar juftligi bahslarida Jamshidbek Tuyiyev va Farrux Azadov barcha uchrashuvlarni 2:0 hisobida yakunlab, 1-o‘rinni egalladi.

Aralash juftlik bahslarida esa Gulnoza Jumanazarova va Jamshidbek Tuyiyev barcha bosqichlarda raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.


Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz/1942?single

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤6🎉3🔥2
#XitoyTiliKoprigi2026

O‘zDJTU talabalari “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovida yuksak natijalarni qayd etdi

2026-yil 16-may kuni TDShU huzuridagi Konfutsiy institutida o‘tkazilgan “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovining respublika final bosqichida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari GRAN-PRI, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Xususan, Xamidullayeva Nafisa GRAN-PRI sohibasi bo‘lgan bo‘lsa, Xamroeva Shaxrizoda 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, respublika bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan 6 nafar talabaning barchasi O‘zDJTU talabalari bo‘ldi.


Mazkur natijalar orqali GRAN-PRI sohibasi Xamidullayeva Nafisa hamda 1-o‘rin sohibasi Xamroyeva Shaxrizoda XXV Butunjahon “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” tanlovida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://uzswlu.uz/news/ozdjtu-talabalari-xitoy-tili-koprigi--2026-xalqaro-tanlovida-tarixiy-natija-qayd-etdi

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4🔥2🥰1
🧪 Kimyo fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi Samarqandda bo‘lib o‘tdi

2026-yilning 15–16-may kunlari Samarqand davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Ikki bosqichda tashkil etilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan quyidagi iqtidorli yoshlar g‘oliblik shohsupasini egalladi:

🥇 1-o‘rin: Azimjon Toshtemirov – Samarqand davlat universiteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Azimjon Qozoqov – Andijon davlat universiteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Bernora Rahmonberdiyeva– Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166763

#FanOlimpiadasi #Kimyo

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilish marosimida qatnashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtkazilayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bu galgi forumning mavzusi – “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar”. Unda davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏4❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (11-16-may)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5