#Talabalar_ligasi #Kurash
“Talabalar ligasi”: Termizda kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda
Termiz davlat universitetida 12 ta sport turini qamrab olgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqalarda mamlakatimizning 14 ta hududidan jami 260 nafar talaba-sportchi hamda murabbiylar ishtirok etmoqda. Bahslarda yurtimizning saralangan kuchli talaba polvonlari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.
Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz/1952
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤9👍1🔥1
#xalqaro_hamkorlik
Londonda British Council bilan hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi
Ayni kunlarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi delegatsiya London shahrida boʻlayotgan Jahon taʼlim forumida (World Education Forum 2026) ishtirok etib, uning doirasida qator uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Xususan, S. Rajabov British Council bosh ijrochi direktori Scott McDonald bilan muzokara oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida oliy taʼlim, ingliz tili taʼlimi, akademik mobillik hamda universitetlar xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167512

👍15❤8
#xalqaro_anjuman
“Madaniyatlararo integratsiyani kuchaytirishda ijodkorlik va ijrochilik masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida tashkil etildi.
Shuningdek, ochiq muloqot va ilmiy bahslar davomida madaniy hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy almashinuvni kuchaytirish hamda xalqaro ilmiy integratsiyani kengaytirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar, madaniyat va san’at tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon, Janubiy Koreya va Tojikiston kabi davlatlardan nufuzli professor-o‘qituvchilar, taniqli olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy maqsadi – madaniyatlararo muloqot va integratsiya jarayonlarida ijodkorlik hamda ijrochilikning o‘rni va аhamiyatini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, turli xalqlarning badiiy-estetik tajribalarini qiyosiy asosda o‘rganish hamda globallashuv sharoitida madaniy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.
Dastlab anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda institut rektori Nodirbek Sayfullayevning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrik so‘zlari o‘rin oldi.
Shuningdek, yalpi majlisda Sergey Zengin (Rossiya), Mücahit Demir (Turkiya), Wang Jianhui, Xu Ran (Xitoy), Narmin Garalova, Sevil Kerimova (Ozarbayjon), Alisher Amini (Tojikiston) hamda Jin-Hwan Ra (Janubiy Koreya) kabi xorijiy ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi.
Anjuman davomida madaniyatlararo integratsiya jarayonida ijodkorlik fenomenining ilmiy asoslari, an’anaviy va zamonaviy san’at shakllarining o‘zaro ta’siri, folklor va musiqa san’atidagi zamonaviy tendensiyalar, milliy o‘zlikni saqlash hamda madaniy xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ochiq muloqot va ilmiy bahslar davomida madaniy hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy almashinuvni kuchaytirish hamda xalqaro ilmiy integratsiyani kengaytirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7
O'zbekiston dunyoda eng tez o'sayotgan startap ekotizimiga ega davlat sifatida e'tirof etildi!
StartupBlink tomonidan chop etilgan Global Startup Ecosystem Index 2026 da O'zbekiston Yil davlati sifatida ham alohida e'tirof etildi: https://www.startupblink.com
Bu yurtimizda yoshlarimiz startap loyihalarini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va keng qamrovli tizimli harakatlar natijasidir!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
StartupBlink tomonidan chop etilgan Global Startup Ecosystem Index 2026 da O'zbekiston Yil davlati sifatida ham alohida e'tirof etildi: https://www.startupblink.com
Oʻzbekistonning startap muhiti bu yil 227,3 foizga oʻsdi — bu jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan oʻn uch baravar yuqori. Mamlakat reytingda 19 pogʻonaga koʻtarilib, 79-oʻrinni egalladi va 2022-yildagi 115-oʻrindan barqaror oʻsish orqali ilk bor kuchli 80 talikka kirdi.
Oʻsish faqat poytaxt bilan cheklanib qolmadi. Toshkent jahon reytingida 121 pogʻona yuqorilab, 229-oʻrinni egalladi va 155,7 foiz oʻsish qayd etdi. Biroq muhim jihat — jarayonning hududlarda ham faol kechayotganidir. Bu yil Oʻzbekistonning yana yettita shahri global reytingga kirdi, ulardan ikkitasi — Samarqand va Fargʻona — toʻgʻridan-toʻgʻri jahonning top-1000 shaharlari qatoriga qoʻshildi. Agar bir yil avval mamlakatdan faqat bitta shahar reytingga kirganini hisobga olsak, bu oʻsish tasodifiy emas, balki tizimli oʻzgarishlar natijasi ekanini koʻrsatadi.
Bu yurtimizda yoshlarimiz startap loyihalarini amalga oshirishi uchun yaratilayotgan sharoitlar va keng qamrovli tizimli harakatlar natijasidir!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍17❤10🤔1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PREMYERA!
Kelajak muhandislari dasturi uchun maxsus musiqiy kompozitsiya!
🎤Shoxrux - "Muhandis"
“Muhandis tarixda qoldiradi iz!”
— endi bu nafaqat naqorat, balki butun yoshlar shiori!
📌Yuklab olish uchun
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kelajak muhandislari dasturi uchun maxsus musiqiy kompozitsiya!
🎤Shoxrux - "Muhandis"
“Muhandis tarixda qoldiradi iz!”
— endi bu nafaqat naqorat, balki butun yoshlar shiori!
📌Yuklab olish uchun
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤8🔥1🤔1🤩1
Andijonda 18-19-may kunlari “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Final tanlovning amaldagi g‘olibi Andijon davlat pedagogika instituti mezbonligida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati musiqali drama teatrida tashkil etildi. Unda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 9 ta oliy ta’lim tashkilotlarining teatr studiyalari o‘zaro bellashdi.
Respublika bosqichi ishtirokchilari ADPI orkestri tomonidan anjancha musiqa sadolari ostida, yuqori kayfiyatda kutib olindi. Finalni Andijon davlat pedagogika institutining birinchi prorektori Muhammadjon Parpiyev ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Ikki kun davomida barcha jamoalar bor iqtidor va ijro mahoratini ko‘rsatib, tomoshabinlarga ham Hakamlar hay‘atiga manzur keladigan quyidagi spektakllarni ijro etib, olqishlarga sazovor bo‘lishdi.
↪️ Farg‘ona davlat universitetining “Ilhom” jamoasi “Sen yetim emassan” spektaklini;↪️ O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasining “Akademiya” jamoasi “Adashganlar” spektaklini;↪️ Samarqand davlat universitetining “Ilhom” jamoasi “Oy tutilgan oqshom” spektaklini;↪️ Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoasi “Xasis” komediyasini;↪️ Central Asian medical university'ning “CAMU” jamoasi “Qora chakmon” spektaklini;↪️ Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoasi “Adolat tizgini” spektaklini;↪️ Termiz davlat universiteti “Janub gavhari” jamoasi “Momoyer” spektaklini;↪️ Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoasi “Tebranmas yuraklar” spektaklini;↪️ Ma’mun universitetining “Ma’mun” jamoasi “Toj Mahal qo‘riqchilari” spektaklini.
Barcha jamoalarning chiqishlari yakunlangach, Hakamlar hay’ati a’zolari teatr jamolarining yutuq va kamchiliklarini izohlab, spektakllarini yanada boyitish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar.
O‘zbekiston Milliy teleradiokanali tomonidan finaldagi 9 ta spektaklning barchasi to‘liq formatda tasvirga olindi va tez kunlarda telekanallar orqali efirga uzatilishi rejalashtirilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7