Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Talabalar_ligasi #Futzal #Basketbol #Stol_tennisi #Badminton

Farg‘onada “Talabalar ligasi” final ishtirokchilari kutib olindi

Farg‘ona davlat universiteti oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Joriy yilning 20–25-may kunlari o‘tkaziladigan sport musobaqalarida mamlakatimizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 900 nafarga yaqin talaba-sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etmoqda.

Respublika final bosqichi Futzal 5x5, basketbol, badminton va stol tennisi sport turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167711

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍1
O‘zbekiston va Germaniya: oliy ta’lim, til sertifikatlash va kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi maqsadlar belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Germaniyaning BILDUNG & BERUF hamda TELC kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki davlat o‘rtasida ta’lim, til sertifikatlash, kasbiy tayyorgarlik va malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari Germaniyaning 55 dan ziyod universitet va ilmiy-ta’lim tashkilotlari bilan 110 dan ortiq hamkorlik shartnomalari va memorandumlari asosida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

#Xalqaro_hamkorlik

Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/167746

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3👏1
#Fan_olimpiadasi #Fizika

Fizika bo‘yicha fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi


Namangan davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida fizika fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasi yakunlandi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari ham ishtirok etib, mazkur respublika olimpiadasi yoshlarning bilim va iqtidorini namoyon etishi uchun muhim maydon ekanini alohida ta’kidladi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1 - o‘rin: Tillaev Umidjon Xolmat o‘g‘li — O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi;
🥈2 - o‘rin: G‘ofurjonov Xurshidbek Nasimjon o‘g‘li —
Namangan davlat universiteti talabasi;
🥉3 - o‘rin: Madaminjonov Jamshidbek Saidqosim o‘g‘li
— Andijon davlat universiteti talabasi.


G‘olib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5🎉3
Londonda pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

London shahrida oʻtayotgan World Education Forum 2026 doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov qator xalqaro taʼlim muassasalari va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlari davom etyapti.

Xususan, Buyuk Britaniyaning Roehampton universiteti (University of Roehampton) prorektori Leigh Robinson bilan uchrashuv davomida pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy hamkorlik yoʻnalishlaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Roehampton universitetining oʻqituvchilar tayyorlash sohasidagi koʻp yillik tajribasi va amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim modeli alohida eʼtirof etildi. Universitetning maktablar bilan yaqin hamkorlik asosidagi tizimi Oʻzbekiston uchun ham dolzarb ekani taʼkidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/167724

👉 На русском
👉 In English

#Xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7😱1
#Talaba_Fest2026

Iste’dod, bilim va tashabbuslar anjumani “Talaba Fest” ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan “Talaba Fest” yoshlar festivali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik vakillarini bir platformada jamladi.

Mazkur festival yoshlarning ijodiy, intellektual va sportga oid ko‘nikmalarini namoyon etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/608/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🎉2👏1