Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabalarTeatrStudiyalari #Final #Tadqirlash

🗣“Talabalar teatr studiyalari” festivali hamda “Ilhom” mukofoti g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Andijon viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali hamda “Ilhom” mukofotining g‘olib va sovrindorlari e’tirof etildi.

🏛 Marosimni Markaz direktori Abdumalik Akramov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, teatrning yoshlar ma’naviyatini oshirishdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi.

🎭“Talabalar teatr studiyalari” festivali g‘oliblari bilan tanishing:

🥇1-o‘rinlar: Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoalari;
🥈2-o‘rinlar: Farg‘ona davlat universitetining “Ilhom” va Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoalari;
🥉3-o‘rinlar: Central Asian medical university'ning “CAMU” va Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoalari.
↪️“Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi – Ma’mun universiteti;
↪️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi Oybek Mahsudov – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
↪️“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi Iroda Toirova – Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Marjona Ochilova – Termiz davlat universiteti va Dilafruz Sotiboldiyeva – Farg‘ona davlat universiteti talabalari;
↪️“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Alisher Soatov – Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Avazxonov Ismoilxon – Central Asian medical university talabalari.


👏 Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari; 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek taqdirlash davomida, finalni yuqori saviyada tashkil qilgan mezbonlar, Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati va Hakamlar hay’ati a’zolariga ham tashakkurnomalar topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
#seminar

Yosh oilalarni mustahkamlashga qaratilgan respublika seminar-treningi oʻtkazildi


20-may kuni Termiz davlat universitetida “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida “Yosh oilalarda ajrim: sabablar, miflar va real omillar” mavzusidagi respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-trening yosh oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4
Orolga safar: yoshlar ma’rifiy sayohatga yoʻl oldi

2026-yil 20-may kuni “Orol dengiziga poyezd” yoshlar aksiyasi ishtirokchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yoʻl oldilar.

Sayohat dasturidan yoshlarni Orolboʻyi hududining turizm salohiyati, tarixiy-madaniy merosi hamda Orol dengizi ekologik muammolari bilan tanishtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy, ekologik va turistik tadbirlar joy olgan.

Aksiya doirasida Nukus, Kegeyli, Qoraoʻzak, Chimboy va Moʻynoq tumanlari, “Chilpiq” tarixiy yodgorligi, “Dovut ota” ziyoratgohi, Moʻynoqdagi kemalar qabristoni hamda I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi kabi maskanlarga sayohatlar tashkil etiladi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168077

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🤩1
Sian shahrida “Study in Uzbekistan” milliy taʼlim koʻrgazmasiga rasman start berildi

 
Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy Sian shahrida uchinchi “Oʻzbekiston-Xitoy hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” milliy taʼlim koʻrgazmasi bugun rasman oʻz ishini boshladi.
 
Koʻrgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshchiligidagi Oʻzbekistonning 43 ta yetakchi oliy taʼlim tashkiloti oʻzining taʼlim dasturlari, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168094

#StudyInUzbekistan #UzbekistanChina #Xian2026

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7❤6👏2