Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Talabalar_ligasi

Farg‘onada “Talabalar ligasi” respublika finali boshlandi

20–25-may kunlari Farg‘ona davlat universiteti mezbonligida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Musobaqalar FarDU hamda ixtisoslashtirilgan sport majmualarida yuqori saviyada tashkil etilib, futzal 5x5, basketbol, badminton va stol tennisi sport turlari bo‘yicha qizg‘in bahslar davom etmoqda.

Respublika final bosqichida mamlakatimizning 14 ta hududidan jami 900 nafarga yaqin talaba-sportchilar va murabbiylar ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/168346

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6
Qonunchilik palatasida vazirlik hisoboti eshitildi
 
2026-yil 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining navbatdagi majlisida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hisobot eshituvi boʻlib oʻtdi.

Majlisda vazirlik vakillari tomonidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari bajarilishi toʻgʻrisida axborot berildi.

#QonunchilikPalatasi #Hisobot

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/168448

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5🎉1
Italiyada “yashil transport” boʻyicha xalqaro loyiha yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 20–21-may kunlari Italiyadagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ “SPHERE – Sustainable Transportation within the Framework of Green Deal” xalqaro loyihasi doirasida navbatdagi ishchi yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.


Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishlar davomida “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida transport sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish, akademik mobillikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168728

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OʻzbekistonTurkiya #RektorForum #Buxoro2026

🇺🇿🇹🇷 Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya rektorlarining IV forumi birinchi kun tafsilotlaridan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4🔥2👏1
🇺🇿 Oʻzbekiston SHHT doirasida ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish tashabbuslarini ilgari surdi

2026-yil 22-may kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar fan va texnika vazirliklari hamda idoralari rahbarlarining 10-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, mamlakatimizda ilm-fan, innovatsiyalar va texnologik rivojlanish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda SHHT doirasidagi hamkorlik istiqbollari haqida maʼruza qildi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion faoliyat va startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yilda 824 ta ilmiy loyiha moliyalashtirilib, 320 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirildi, 252 ta yangi texnologiya yaratildi hamda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli oshdi.


Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/168816

#xalqaro_hamkorlik #mintaqaviy_ta’lim

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤5